13.06.2018 yildagi 451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur qaror ilovasida belgilangan homiy tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda homiy tashkilotlar deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga bir marta 500,0 mln. soʻmdan homiylik xayriyalarini ajratish va keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordamini koʻrsatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Homiy tashkilotlar va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlariga ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Doʻstlar klublari”ni tashkil etish tavsiya qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiy tashkilotlar va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va ularning samarali bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari va homiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni “Doʻstlar klublari”ning yigʻilishlarida muhokama qilish va istiqbolli vazifalarni hamkorlikda belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari tomonidan ijodkorlar va homiy tashkilotlarning xodimlari oʻrtasida ijodiy uchrashuvlar, turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, ijodkorlarning badiiy asarlari orqali homiy tashkilotlar faoliyati targʻibotini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari faoliyati Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda “Ijod” fondi deb ataladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlariga ajratiladigan homiylik xayriyalari “Ijod” fondi tomonidan ajratilayotgan maqsadli mablagʻlar oʻrniga sarflanishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari rahbarlari homiylik xayriyalaridan tushadigan mablagʻlar maqsadli sarflanishiga shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijod” fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda hududiy boʻlimlari tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijod” fondining hududiy boʻlimlari Vasiylik kengashlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi va viloyatlar hokimlari rais, hududiy universitet va institutlar rektorlari rais oʻrinbosarlari sifatida biriktirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Ijod” fondining hududiy boʻlimlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijod” fondining hududiy boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish qismida — “Ijod” fondining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlarni moliyalashtirish qismida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining va viloyatlar viloyat budjetlarining zaxira jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar mahalliy budjetlar ijrosi davomida shakllangan qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, “Ijod” fondining hududiy boʻlimlari mablagʻlari tijorat banklardagi hisob raqamlarda jamlanadi va Vasiylik kengashlarining qarorlariga asosan quyidagi tadbirlarga yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan keksa avlodga mansub Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolariga aniq yoʻnaltirilgan moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy koʻrik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlari tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy anʼana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy maʼnaviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilinishini hamda Internet jahon axborot tarmogʻida keng targʻib etilishini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyatlardagi boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz hududida yashayotgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari hamda isteʼdodli va istiqbolli yosh ijodkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, atoqli ijodkorlarga bagʻishlangan ekspozitsiyalar uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy va ijodiy faol, keng kitobxonlarning ishonchini qozongan adiblarning ijodiy kechalarini tashkil etish va oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligida nashr etiladigan “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Sharq yulduzi” — “Zvezda Vostoka”, “Jahon adabiyoti”, “Yoshlik”, “Amudaryo” jurnallari tahririyatlarining xarajatlarini (qogʻoz bilan taʼminlash, bosmaxona xarajatlarini qoplash va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda), oʻz daromadlari bilan qoplanmagan qismiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2018-yil parametrlari doirasida “Ijod” fondiga 500,0 mln. soʻm mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
451-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyundagi 451-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiylik xayriyalari koʻrsatiladigan va homiy tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Homiylik xayriyalari koʻrsatiladigan tashkilot nomi

Homiy tashkilot nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi

“Qoʻngʻirot soda zavodi” UK

2.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi

“Andijon yogʻ-moy” AJ

3.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyati boʻlimi

“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” UK

4.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati boʻlimi

“Nurli don” MChJ, “Boʻston olami” MChJ

5.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Navoiy viloyati boʻlimi

“Navbahor tekstil” MChJ, “Baxt tekstil” MChJ

6.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Namangan viloyati boʻlimi

“Namangan mintaqaviy paxta terminali” MChJ

7.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyati boʻlimi

“SamAvto” MChJ

8.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi

“Sirdaryo bozorsavdo” uyushmasi

9.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Surxondaryo viloyati boʻlimi

“Jarqoʻrgʻon meva-sabzavot eksport” MChJ

10.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ

11.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Fargʻona viloyati boʻlimi

“Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” UShK

12.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati boʻlimi

“Urganch yogʻ-moy” AJ

13.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Qashqadaryo viloyati boʻlimi

“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” UK

14.

Teatr arboblari uyushmasi

“Gʻijduvon paxta tozalash” AJ

15.

“Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasiga bir marta 20,0 mln. soʻm homiylik xayriyalari ajratiladi va keyinchalik doimiy homiylik xayriya yordami koʻrsatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/451/1358-son)