Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025 11.06.2018 yildagi 436-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2025
Hujjat 11.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq hamda yer qaʼrining geologik oʻrganilishi, undan oqilona foydalanilishi va muhofaza etilishining tegishli nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) ikki hafta muddatda yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir barcha arxiv hujjatlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga topshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va keyingi yillar uchun Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini saqlab turishga moliyaviy mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining yuklangan vazifalarga muvofiq samarali faoliyati yuritishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
436-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-iyundagi 436-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inspeksiya Davlat geologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Davlat geologiya qoʻmitasining buyruqlariga va ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Inspeksiya yer qaʼridan barcha foydalanuvchilarning yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, suvdan foydalanish va yer osti manbalari suvini isteʼmol qilishga oid qonunchilik talablariga, bu boradagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan belgilangan normalar va qoidalarga rioya etishini, shuningdek, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalarda belgilangan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarini taʼminlash boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi oldida javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida beriladigan koʻrsatmalar davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarmagan yuqorida qayd etilgan organlarning mansabdor shaxslari va yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar qonunchilikka binoan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Inspeksiyaning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash borasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash borasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari hamda normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va muhofaza qilish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishi, koʻrib chiqilishi va belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlaydi, shuningdek, ushbu masalalarga doir qoidalar, yoʻriqnomalar va normalarni tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik oʻrganish va foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib oladigan yuridik va jismoniy shaxslarning kon-geologiya faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xom ashyoni geologik oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda, sanoat va tajriba-sanoat yoʻli bilan qazib olishga berilgan konlarda togʻ ishlarini marksheyderlik va geologik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish hamda uning muhofaza etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilarning foydali qazilmalarni qazib olish korxonalari va obyektlarini hamda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini tugatish va vaqtincha toʻxtatib qoʻyish boʻyicha belgilangan tartibga rioya etishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asoslanmagan va oʻzboshimchalik bilan qurilishlarga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish uchun yer qaʼridan foydalanish litsenziyalari, texnik loyihalar va boshqa hujjatlardagi shartlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini yanada oʻrganish, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer qaʼridan foydalanishda qoʻllanishi mumkin boʻlgan qidiruv togʻ konlari va quduqlari, geologiya va texnik hujjatlarning, maʼdanlar va togʻ jinslari namunalari, kern, foydali qazilma namunalari dublikatlarining saqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrogeologiya quduqlarini burgʻulash va ishlatishda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini taʼminlaydi, yer qaʼrining noyob obyektlari, yer osti mineral shifobaxsh va ichimlik suvlarini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan tavsiya va koʻrsatmalarni har yili tahlil qiladi hamda baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilingan qaror va xulosalari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish uchun litsenziya beriladigan yer qaʼri uchastkasida dastlabki tekshiruvlarni oʻtkazadi, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olishning kelishilgan hajmlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlashda qabul qilinadigan qarorlari hamda xulosalariga muvofiq konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydali qazilma konlariga ishlov berish uchun togʻ ajratmalarini taqdim etadi, shuningdek, yer qaʼridan foydalanuvchilar taqdim etadigan kon ishlarini rivojlantirish rejalarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini toʻliq geologik oʻrganishni, qidirilayotgan foydali qazilma konlariga, foydali qazilmalarni qazib olish, shu jumladan chiqindilarni saqlash va koʻmish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalanish uchun berilgan yer qaʼri uchastkalariga ishlov berishning togʻ-texnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlarga rioya etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy va ular bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda ularning tarkibidagi asosiy va birga uchraydigan komponentlar zaxiralarining miqdorlari va sifati, shuningdek, foydali qazilmalarni qazish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalaniladigan yer qaʼri uchastkalarining tabiiy xususiyatlari haqida dastlabki materiallarning toʻliqligi va ishonchligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlash va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻrish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili foydali qazilmani qazib olish hajmlari toʻgʻrisida belgilangan shakldagi hisobotlarni qabul qiladi va ularni Davlat geologiya qoʻmitasining Davlat geologiya fondiga qayta yuborishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan qazilmalarning qazib oluvchi korxonalar hisobidan chiqarilishini kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻ-kon va qayta ishlash korxonalarining texnik loyihalarini, mineral xom ashyoni qazib olish hamda qayta ishlashda foydali qazilmalarni yoʻqotish va ularning kamayish normativlarini kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini toʻliq va kompleks oʻrganishni, ulardan foydali qazilmalarni yanada toʻliq qazib olish, ulardan samarali foydalanish hamda va barcha komponentlar ajratib olinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konlarga foydali qazilmalarning asossiz yuqori darajada yoʻqotilishi va sifatining pasayishiga yoʻl qoʻymaydigan usul va uslublarda ishlov berilishini, shuningdek, togʻ ishlarini rivojlantirish rejalarining bajarilishi, foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlashda ularning yoʻqotilishi va kamayishi boʻyicha belgilangan normativlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiq yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilganini aniqlaydi va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Inspeksiya oʻz vakolati doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi Ilmiy-texnik kengashining yer qaʼrini geologik oʻrganish ishlarini oʻtkazish loyiha-smeta hujjatlarini, ularning natijalari boʻyicha hisobotlarni, shuningdek, Ilmiy texnik kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan boshqa masalalarni muhokama etishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarga oid materiallarni tayyorlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasining Inspeksiya faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha buyruqlari va farmoyishlari loyihalarini tayyorlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish va yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish masalalarini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlarini) qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish hamda uni muhofaza etish masalalari boʻyicha korxona va obyektlarda tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona va tashkilotlarga foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish hamda mineral xom ashyoni qayta ishlashda yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish talablarining aniqlangan buzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-geologiya faoliyatni tekshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari, maxfiy rejimdagi obyektlar, shuningdek, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar hududlarida boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish talablarini buzgan mansabdor shaxslar va fuqarolarni oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti manbalari hisobidan suvdan foydalanuvchi obyektlarni ekspluatatsiya qiluvchi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik taʼminlash ishlarini olib boradigan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aybdor shaxslarni maʼmuriy va/yoki jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan suvdan foydalanish hamda yer osti manbalari suvini isteʼmol qilish, foydali qazilmalarni geologik oʻrganish, qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, togʻ ishlarini geologik-markshreyderlik taʼminlashda yer qaʼridan oqilona foydalanish va uni muhofaza etish masalalari haqida zarur axborotni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun Davlat geologiya qoʻmitasining va davlat boshqa organlari, shuningdek, ixtisoslashgan tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilarga kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish masalalari boʻyicha maslahat va zarur uslubiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma konlariga ishlov berish uchun belgilangan tartibda kon ajratmasiga ega boʻlgan yer qaʼridan foydalanuvchilarning maʼlumotlar bazasini har yili shakllantirish va yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilar talablariga binoan foydali qazilmalarni qazib olish va geologiya-qidiruv ishlarini nazorat qilish sohasidagi amaldagi tartib-qoidalar, talablar va boshqa masalalar toʻgʻrisida ularni bepul xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Inspeksiya xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish sohasida boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishini taʼminlash uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javob beradilar. Inspeksiya inspektorlarining javobgarlik darajasi lavozim yoʻriqnomalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat inspektorlarini lavozim yoʻriqnomalari Davlat geologiya qoʻmitasining raisi bilan kelishgan xolda Inspeksiya boshligʻi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Inspeksiyaning kon-geologiya nazorati boʻyicha faoliyatiga asossiz toʻsqinlik qilgan va ushbu nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga nisbatan jazo qoʻllash bilan tahdid qilgan yoki bosim oʻtkazishga harakat qilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Inspeksiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan Davlat geologiya qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektori (keyingi oʻrinlarda bosh davlat inspektori deb ataladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻi Davlat geologiya qoʻmitasi raisi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod etadigan ikki oʻrinbosariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon faoliyatini nazorat qilish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya faoliyatini nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inspeksiya boshqaruv apparati, hududiy davlat inspektorlari, qoʻshimcha boʻlinmalar, shuningdek, hududiy inspeksiyalardan tarkib topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Inspeksiya boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifa hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Inspeksiya tuzilmasini oʻzgartirish boʻyicha asoslangan takliflar kiritadi, belgilangan umumiy son doirasida Inspeksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy inspeksiyalar toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya xodimlarini mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etadi hamda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar nomzodini belgilangan tartibda mukofotlashga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalarida ijrosi intizomini mustahkamlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya boshligʻi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hududiy inspeksiyalar oʻz faoliyatini Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Inspeksiyaning inspektorlar tarkibiga farqlanuvchi belgilarga ega formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Inspeksiya inspektorlari oʻz vazifalarini bajarish uchun yer qaʼridan foydalanuvchilar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, avtomobil transporti, telefon aloqasi bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Inspeksiya budjet tashkiloti hisoblanadi va:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlamagan boshqa manbalar hisobidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Inspeksiya xodimlari ish haqiga Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan miqdorda uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalar va tuman (hududiy) koeffitsiyentlari olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼatining qarori bilan Inspeksiya xodimlariga boshqa ragʻbatlantiruvchi choralar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Inspeksiya qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka binoan javob beradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/436/1334-son; 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son; 15.02.2020-y., 09/20/83/166-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)