1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish, respublika iqtisodiyoti sohalarining xoʻjalik faoliyati jarayonida va aholining hayot faoliyati davomida hosil boʻluvchi rangli va qora metallar parchalari, chiqindilarining ikkilamchi resurslaridan keyinchalik yuqori qoʻshimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish uchun chuqur qayta ishlash jarayoniga jalb qilish yoʻli bilan ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3277-son qaroriga muvofiq — “Oʻzmetkombinat” AJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish) boʻyicha yagona vakolatli organ hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli metall parchalari va chiqindilarini toʻplash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-oktabrdagi 849-son qaroriga muvofiq — rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlashni faqat “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metallar parchalari va chiqindilari oʻgʻirlanishi hamda noqonuniy chetga olib chiqib ketilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi PF-2559-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi PF-5300-son Farmoni bilan kiritilgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda, “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy shaxslardan rangli metallarning maishiy parchalarini, shu jumladan, foydalanish uchun moʻljallangan asboblar va uskunalarni, shuningdek, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha rangli metallar parchalari va chiqindilarini maxsus qabul punktlari orqali qabul qilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli va qora metall parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslardan qabul qilishga ruxsat etilgan maishiy maqsaddagi rangli metall parchalari va chiqindilarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlari shaharlari va tuman markazlarida ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan rangli metallar parchalari va chiqindilarini jismoniy shaxslardan qabul qilish punktlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab tashkilotlarning, shaxsiy quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlardan tashqari (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), tashkilotlarning oʻz quyish va metall prokati ishlab chiqarishiga ega boʻlgan tashkilotlar bundan mustasno (bankrotlik va tugatish hollaridan tashqari), bankrotligi, tugatilishi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi tartibotlarini oʻtkazish davomida belgilangan tartibda hisobdan chiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar boʻlgan tabiiy va maʼnaviy eskirgan asbob-uskunalar “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJga erkin (shartnomaviy) narxda topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi A.S. Sultanov, “Oʻzmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi A.X. Xursanov va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bosh direktori F.R. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
425-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini, asosiy tushunchalarni, tartibotlar va talablarni, shuningdek, ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish xususiyatlarini belgilaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metall parchalari — rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari, tarkibida rangli yoki qora metallar va ularning qotishmalari mavjud boʻlgan yaroqsiz holga kelgan yoki oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan mahsulotlar, tovarlar, rangli yoki qora metallar va ularning qotishmalaridan mahsulot ishlab chiqarishda hosil boʻlgan chiqindilar, shuningdek, koʻrsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan toʻgʻrilab boʻlmas yaroqsiz mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlash — metall parchalarini sotib olish, saralash, qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
parchalarni topshiruvchilar — tayyorlovchiga metall parchalarini topshirayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlovchi — “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Metall parchalari mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida ularga egalik qiladilar, foydalanadilar va tasarruf etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kelgusi yil uchun respublika ichida metall parchalarini tayyorlash koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ bilan hamkorlikda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelgusi yil uchun takliflar har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda berilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Rangli va qora metallarning parchalari, chiqindilari bilan muomala qilish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qora metallarning parchalari, chiqindilarini tayyorlash balansi har yili belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Rangli metallarning parchalari va chiqindilarining hosil boʻlishi balansi har yili belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Parchalarni topshiruvchilar tomonidan metall parchalarining yetkazib berilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Parchalarni topshiruvchilarda hosil boʻladigan metall parchalari erkin (shartnomaviy) narxlarda ushbu Nizomda belgilangan tartibda tayyorlovchiga topshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tayyorlovchi metall parchalari muntazam asosda hosil boʻladigan parchalarni topshiruvchilarga bepul asosda, metall parchalarini yigʻish va tayyorlovchiga yetkazib berunga qadar saqlash uchun konteynerlar, urnalar, qutilar va boshqa vositalarni vaqtincha foydalanishga berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Metall parchalarining miqdori (ogʻirligi) va tavsifi tayyorlovchi tomonidan metall parchalarini qabul qilish holati boʻyicha tuziladigan qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlovchi metall parchalari har bir turkumining radiatsiya nazoratidan va kimyoviy va portlash jihatidan xavfsizlik boʻyicha kirish nazoratidan oʻtkazilishini belgilangan tartibda taʼminlashga majbur.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat tegishli tayyorgarlik va attestatsiyadan oʻtgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Radioaktiv, kimyoviy ifloslangan va portlovchan metall parchalari aniqlangan hollarda tayyorlovchi zarur choralarni koʻrish uchun zudlik bilan tegishli xizmatlarga belgilangan tartibda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yuridik shaxslardan metall parchalarini qabul qilish tuzilgan shartnomalarga asosan tayyorlovchining maxsus qabul qilish shaxobchalarida, har bir turkum boʻyicha brutto ogʻirligi va transport vositasi, idishi va ifloslanganligi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan netto ogʻirligi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tayyorlovchi va parchalarni topshiruvchi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda metall parchalarini yetkazib berish hajmlari, turlari, muddatlari, toʻlov shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlovchi yuridik shaxslar bilan, ularga metall parchalarini yigʻish, saqlash va faqat tayyorlovchiga yetkazib berish huquqini bergan holda, metall parchalarini yetkazib berishga shartnomalar tuzish yoʻli bilan metall parchalarini tayyorlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Parchalarning har bir turkumiga tayyorlovchi tomonidan belgilangan shaklda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi majburiy tartibda tuziladi. Dalolatnoma asosida parchalarni topshiruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar, shuningdek, olingan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi monitoringi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi qatʼiy hisobot beriladigan hujjat boʻlib, har bir shunday dalolatnoma mufassal raqamlanadi, har bir varagʻi belgilangan tartibda raqamlangan va tikilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomalari hisobga olish daftarida (keyingi oʻrinlarda hisobga olish daftari deb ataladi) qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tayyorlovchiga transport vositasida yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifati boʻyicha qabul qilinadi, natijalari boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Metall parchalarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi esa parchalarni topshiruvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Metall parchalari temir yoʻl transportida yetkazib berilganda har bir temir yoʻl vagoniga (konteynerga), vagon (konteyner) kelgan kunni hisobga olmagan holda vagon (konteyner) tayyorlovchiga kelgan paytdan boshlab ikki sutkadan koʻp boʻlmagan muddatda uch nusxada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Basharti tayyorlovchida tushgan metall parchalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar yuzaga kelsa, u ushbu metall parchalarini javobgarlik ostida saqlashga qabul qiladi va metall parchalarini qabul qilish boʻyicha kelishilgan qarorni qabul qilish uchun parchalarni topshiruvchini yoki uning vakilini chaqiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jismoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tayyorlovchining aholidan metall parchalari qabul qilinadigan maxsus shaxobchalarida hammaga koʻrinadigan joyda quyidagi axborot koʻrsatilgan eʼlon osilgan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metall parchalarini qabul qilish shartlari va narxlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslardan qabul qilinishi ruxsat etilgan metall parchalari turlari roʻyxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Metall parchalari ularning har bir turkumiga tayyorlovchi tomonidan belgilangan shaklda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi majburiy tartibda tuzilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi (bittasi metall parchalarini topshirayotgan shaxsga beriladi, ikkinchisi tayyorlovchida qoladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hisob-kitoblar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Har marotaba metall parchalari qabul qilinganda hisobga olish daftariga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qabul qilish-topshirish dalolatnomasining roʻyxat raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) metall parchalarini qabul qilish sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) parcha va chiqindilarni topshirayotgan shaxs haqidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qabul qilingan metall parchalarining GOSTga muvofiq turi, rusumi va qisqacha tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) metall parchalarining portlash xavfsizligi va radiatsiya nazoratlari maʼlumotlari, nazoratni amalga oshirgan shaxslarning imzosi ostida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qabul qilingan metall parchalarining ifloslanganligi foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) qabul qilingan metall parchalarining ogʻirligi va qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) daftarga yozuv kiritgan shaxs haqidagi maʼlumotlar va imzosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hisobga olish daftari va qabul qilish-topshirish dalolatnomalari metall parchalarining qabul qilinganligi toʻgʻrisida oxirgi yozuv kiritilgan sanadan boshlab kamida 5 yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qabul qilish-topshirish dalolatnomalarining oʻz vaqtida va toʻgʻri tuzilishi, hisobga olish daftariga kiritilganligi, ulardagi maʼlumotlarning aniqligi va haqqoniyligi uchun tayyorlovchining metall parchalarini qabul qilish uchun masʼul boʻlgan vakolatli shaxsi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jismoniy shaxslardan rangli va qora metallarning elektr texnikasi (kuchlanish kabellari, elektr uzatish va aloqa tarmoqlarining havo liniyalari), sanoat (qirindi, shlak, katalizatorlar), harbiy ahamiyatga ega boʻlgan parcha va chiqindilarini, shuningdek, temir yoʻl, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. 16 yoshga toʻlmagan shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. 14 yoshdan 16 yoshgacha jismoniy shaxslardan metall parchalarini qabul qilishga ularning qonuniy vakillarining ularning pasportiga oid maʼlumotlar va yashash manzillari koʻrsatilgan yozma roziligi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Metall parchalari uchun hisob-kitob qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qabul qilingan metall parchalari uchun toʻlov pul mablagʻlari bilan bozor asosida aniqlanadigan erkin (shartnomaviy) narxlar boʻyicha, yuridik shaxslar uchun — naqdsiz shaklda, jismoniy shaxslar uchun — naqd shaklda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq toʻlovning boshqa usullarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ metall parchalari muntazam asosda hosil boʻladigan parchalarni topshiruvchilarga metall parchalarini topshirishga fyuchers shartnomalar boʻyicha oldindan toʻlov yoʻli bilan belgilangan tartibda pul oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ushbu Nizom talablarini buzganlik, shu jumladan, metall parchalarini yoʻq qilganlik va buzganlik, axlatxonaga va parchalarni topshiruvchiga biriktirilmagan hududga tashlaganlik, noqonuniy sotganlik uchun parchalarni topshiruvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Sanksiyalarning qoʻllanilishi metall parchalarini topshirishdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Metall parchalarining kelib chiqishi uchun parchalarni topshiruvchi javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Parchalarning hosil boʻlishi monitoringini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Metall parchalarini tayyorlash koʻrsatkichlarining bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar metall parchalarining hosil boʻlishi va ishlatilishi prognozini belgilaydilar va har chorakda tegishli maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi olingan maʼlumotlar asosida har chorakda resurslar bazasini tahlil qiladi va metall parchalari aylanishi oralik monitoringini amalga oshiradi, soʻngra tahliliy maʼlumotlarni respublika ichida metall parchalarini tayyorlash parametrlarini shakllantirishda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub xoʻjalik subyektlari yuzasidan — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan; hududiy boʻysunishdagi xoʻjalik subyektlari yuzasidan — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻysunishdagi xoʻjalik subyektlari yuzasidan — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 49-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 8-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgarishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yigʻish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 18-iyuldagi PQ-419 son qarori)” 2006-yil 15-sentabrdagi 197-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda).