Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018 05.02.1999 yildagi 49-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.06.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORA VA RANGLI METALLAR PARChALARI VA ChIQINDILARINI TAYYORLASh, SAQLASh, EHTIYOTLASh VA TOPShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini qayta ishlash quvvatlarining ish bilan toʻliq band qilinishini taʼminlash, shuningdek respublikaning xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-yanvardagi 10-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 4-5-son, 28-modda; )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan shartnomalar tuzishda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirishning ushbu tartibiga qatʼiy amal qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boʻyicha qora va rangli metallar parchalarini va chiqindilarini tayyorlash topshiruvchi tashkilotlarni metall parchalarini va chiqindilarini topshirganlik uchun ragʻbatlantiruvchi erkin (shartnomaviy) narxda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yigʻish, saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga topshirish yuzasidan shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda qora, rangli metallar chiqindilarining hosil boʻlish manbalari hisobini takomillashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsinlar, ularni oʻgʻirlash va respublika tashqarisiga olib ketishga urinish hollarining qatʼiy oldini olsinlar.
(3–6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-fevraldagi 61-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-noyabrdagi 457-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 5-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-fevraldagi 49-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini (bundan keyin “qora va rangli metallar parchalari va chiqindilari” soʻzlari oʻrniga “metall parchalari” soʻzlari qoʻllanadi) tayyorlash, saqlash, ehtiyotlash va yetkazib berish xususiyatlarini tartibga soladi hamda uni barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, kompaniyalar, xoldinglar va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bajarish, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. TOPShIRIQLARNI TAYYORLASh, TASDIQLASh, TAQSIMLASh VA ShARTNOMALAR TUZISh
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (topshirish) boʻyicha topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va joriy yilning oktyabr oyidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tasarrufida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar (bundan keyin “mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” soʻzlari oʻrniga “metall parchalari topshiruvchi tashkilotlar” soʻzlari qoʻllanadi) boʻlgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar, xoldinglar metall parchalari tayyorlash (topshirish) boʻyicha topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin bir oy muddatda metall parchalari tayyorlash (topshirish)ning, uning turlari koʻrsatilgan holdagi, bir yil uchun belgilangan topshiriqlarini tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga yetkazadilar. Tayyorlash (topshirish) topshirigʻi boʻlmagan taqdirda har qanday yuridik shaxsda toʻplangan metall parchalarining hammasi “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati (bundan keyin “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻrniga “tayyorlovchi” qoʻllanadi) korxonalariga topshirilish majburiydir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xuddi shu muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xoldinglar, uyushmalar tasdiqlangan topshiriqlar asosida oʻz tasarruflaridagi metall parchalari topshiruvchilarga, metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshiriqlarini, ularni shaharlar, tumanlar, viloyatlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha jamlash hamda metall parchalari topshirish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun, tayyorlovchilar rekvizitlari koʻrsatilgan holda joʻnatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Metall parchalari tayyorlash (topshirish) hajmlari boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlarga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno hollarda Qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi metall parchalarini topshirish va yetkazib berish nazarda tutilgan yil choragi (oy) boshlangungacha 30 kundan kechikmay topshiriqqa tuzatish kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Metall parchalaridan oʻzining metall quyish ishlab chiqarishida foydalanish toʻgʻrisidagi takliflar metall parchalari topshiruvchilar tomonidan kiritiladi hamda Qora va rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlashga topshirishni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga binoan amalga oshiriladi. Bunda oʻzining metall quyish ishlab chiqarishi uchun foydalanilgan metall parchalari hajmlari tayyorlovchiga berilgan maʼlumotnoma asosida metall parchalari tayyorlash (topshirish) topshirigʻi bajarilishiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MIQDORI, SIFATI, TOPShIRISh VA YETKAZIB BERISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qora metall parchalari boʻyicha — “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasi, rangli metall parchalari boʻyicha — “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyati vakolatli tayyorlovchilar hisoblanadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tayyorlovchilarning vakillari hech bir istisnosiz barcha metall parchalari yigʻuvchilarni, topshiruvchilarni va ulardan foydalanuvchilarni metall parchalarini yigʻish, saqlash, ishlatish va joʻnatishning toʻgʻriligi boʻyicha, shuningdek metall parchalari hosil boʻladigan joylarni tekshirishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Metall parchalari topshiruvchilarda hosil boʻladigan metall parchalarining hammasi tayyorlovchiga topshirilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Metall parchalari topshiruvchilar metall parchalarini yigʻish, saqlash va joʻnatishni oʻz kuchi va vositalari bilan bajarishga majburdirlar. Metall parchalarini joʻnatish muddatlari har oyda, teng ulushlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Tartibning buzilishi, shuningdek metall parchalarining yoʻq qilinishi va yaroqsizlantirilishi, ularning axlatxonaga hamda ushbu korxona va tashkilotlarga biriktirilmagan hududlarga olib borib tashlanishi hollari aniqlangan taqdirda tayyorlovchining vakili metall topshiruvchining vakili bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Ushbu dalolatnoma mazkur Tartibda nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Metall parchalarining joʻnatish vaqtida aniqlanadigan miqdori (ogʻirligi) va sorti tayyorlovchi tomonidan metall parchalari qabul qilib olingandan keyin qabul qilish dalolatnomalarida aniqlashtiriladi. Qabul qilish dalolatnomalari hisob-kitob qilish va tayyorlash topshirigʻining bajarilishini hisobga olish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. QABUL QILISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Avtomobil transportida tayyorlovchiga yetkazib beriladigan metall parchalari topshirish joyida miqdori va sifatiga koʻra qabul qilinadi hamda qabul qilish natijalari topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bunda tayyorlovchiga yetkazib berilgan metall parchalari yuzasidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, ularning ikkitasi tayyorlovchida qoladi, uchinchisi esa metall parchalari topshiruvchiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Metall parchalari tayyorlovchiga temir yoʻl transporti bilan yetkazib berilgan taqdirda har bir temir yoʻl vagoni, konteyner uchun topshirish-qabul qilish dalolatnomasi vagon, konteyner oluvchiga yetib kelgan vaqtdan boshlab, vagon, konteyner yetib kelgan kunni hisobga olmasdan, koʻpi bilan ikki sutka mobaynida uch nusxada tuziladi. Tayyorlovchida olib kelingan metall parchalari sifati boʻyicha eʼtiroz paydo boʻlgan taqdirda, u ushbu metall parchalarini masʼul saqlovchida qoldiradi va metall parchalari topshiruvchining vakilini chaqirtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Metall parchalari topshiruvchi tomonidan tayyorlovchiga portlash xavfi boʻlgan, kimyoviy jihatdan toza boʻlmagan va radioaktivli metall parchalarining joʻnatilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. HISOB-KITOB QILISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Metall parchalari topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3438-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ushbu Tartibning 8, 9, 10-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzganlik uchun metall parchalari topshiruvchidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiy sanksiyalarning qoʻllanishi metall parchalarini majburiy topshirishdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Metall parchalarini yoʻq qilganlik va yaroqsizlantirganlik, axlatxonaga va metall parchalari topshiruvchiga biriktirilmagan hududga olib borib tashlaganlik uchun metall parchalari topshiruvchi korxona, tashkilot rahbariga tayyorlovchining vakolatli vakillari tomonidan metall parchalari topshiruvchining vakillari bilan birgalikda tuzilgan dalolatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan pul jarimasi solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik, shuningdek metall parchalarini qabul qilishni asossiz rad etganlik uchun tayyorlovchi metall parchalari topshiruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Metall parchalari topshiruvchilar ikki hafta muddatda tayyorlovchi vakilining iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha xatti-harakati yuzasidan “Oʻzmetkombinat” aksionerlik-ishlab chiqarish birlashmasining “Ikkilamchiqorametall” korxonalar xoʻjalik hisobidagi boshqarmasiga va “Toshkent rangli metallar parchalari, chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga, ularning qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda esa — xoʻjalik sudiga shikoyat qilishga haqlidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-sentabrdagi 197-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 37-38-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 28-modda; 37-38-son, 379-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda)