Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2025 30.05.2018 yildagi PQ-3755-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2025
Hujjat 31.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF-95-sonli “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yoʻnaltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davr mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq va boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, yuqori malakali boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati isloh qilindi, shuningdek, Akademiya huzurida mamlakatimizning istiqbolli yosh mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va malakasini oshiradigan Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda mamlakatimizda davlat hokimiyatini yanada demokratlashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tanlab olish va tayyorlash, ularning zaxirasini shakllantirish tizimini, jumladan bu borada zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish orqali takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarining tizimli asosda tanlab olinishini taʼminlash, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) tizimida ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borishga koʻmaklashish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda tayanch oliy maʼlumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan (45 yosh ham qoʻshilgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika komissiyasi tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga vazirlik va idoralar, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini, shuningdek, yetakchi olim va mutaxassislarni, jumladan xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning xolisona va shaffof oʻtkazilishi, shuningdek, nomzodlarning sifatli va xolisona tanlab olinishi, qoʻyiladigan talablarga ularning muvofiqligi uchun javobgarlik Respublika komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti toʻlanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida oʻtkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka oʻtashni oʻz ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda oʻqiydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarni oʻtagandan keyin tegishli yoʻnalishlar boʻyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash yuzasidan chora-tadbirlarni koʻrish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat boʻyicha koʻtarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Akademiya bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ishtirokchilarning soʻrovnomalarini koʻrib chiqish, test va boshqa tanlov sinovlarini oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalarini taqdim etish imkoniyatlariga ega boʻlgan tanlovning maxsus veb-portalini yaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazishni tashkil etish qismida — Akademiyaga xarajatlar smetasi boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari uchun “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik oʻquv kurslarini oʻtkazish qismida — Akademiyaga xarajatlar smetasi boʻyicha ajratiladigan budjet mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilariga bir martalik pul mukofotini toʻlash qismida — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻoliblarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tegishli nominatsiyalar boʻyicha stajirovka oʻtashi qismida — Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovning maxsus veb-portalini yaratish, axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, shuningdek, Respublika komissiyasi ishchi organini tanlovni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash qismida — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Innovatsion rivojlanish vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Akademiya bilan birgalikda tanlovni oʻtkazish doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Taraqqiyot strategiyasi” markaziga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov oʻtkazilishi ustidan jamoatchilik monitoringini amalga oshirish va uni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov yakunlariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarning davlat, rus va ingliz tillarida tayyorlanishi va eʼlon qilinishini, shuningdek, keng tarqatilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda tanlovni oʻtkazish yakunlari yuzasidan tanlov doirasida istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish tizimini takomillashtirish, jumladan talabgorlarga qoʻyiladigan zamonaviy talablarni joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taklif kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi, Akademiya va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkilotlarida boʻsh lavozimlarni toʻldirish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini tanlovning final bosqichi ishtirokchilari orasidan shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni, shuningdek, uning natijalarini keng yoritish, jumladan mavzuga oid maqolalar, turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori R.S. Kasimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3755-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — OʻzbekistonRespublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, komissiya rahbari

2.

N.M. Rustambekov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya rahbari oʻrinbosari

3.

A.D. Daminov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya rahbari oʻrinbosari

4.

D.R. Li

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori

5.

E.M. Gʻaniyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

6.

A.A. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati raisi

7.

O.B. Murodov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

71.

A.F. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kadrlar salohiyatini rivojlantirish shuʼbasi mudiri

8.

X.B. Yodgorov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari

9.

I.Yu. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

10.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

11.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

12.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

13.

Sh.M. Sodiqov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

14.

J.I. Xidayxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining maslahatchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ijro etuvchi apparati rahbari

15.

E.S. Kanyazov

adliya vazirining oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

16.

X.T. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining birinchi prorektori

17.

E.S. Tulyakov

“Rivojlanish strategiyasi” Markazining ijrochi direktori

18.

A.B. Kalonov

Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti ekspert kengashining raisi

19.

B.B. Alimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtgan taqdirda,uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish vazifasi yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi PQ-3755-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali kadrlarini aniqlash va ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchilik fazilatlari va boshqaruvchilik bilimlari yuqori darajada boʻlgan istiqbolli rahbarlarni tanlash va qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) uchun istiqbolli boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tanlov qonuniylik, xolislik, shaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tanlovni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan hamkorlikda tashkil qiladi va oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan nominatsiyalar boʻyicha har 3 yilda bir marta tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tanlov mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha quyidagi toʻrt bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy bosqich (1-bosqich);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn saralash (2-bosqich);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita tur (3-bosqich);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
final (4-bosqich).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tanlovning tashkiliy bosqichi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning soʻrovnomalarini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash. Ishchi guruhlari va ularning aʼzolari tarkibi hamda miqdori har bir nominatsiya boʻyicha berilgan buyurtmalar soniga bogʻliq boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onlayn saralash boshlanishidan qadar kamida bir oy oldin tanlovni oʻtkazish sanasi va shartlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, “Taraqqiyot” veb-portali (keyingi oʻrinlarda — veb-portal)da davlat tili va rus tilida eʼlon berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tanlovning onlayn saralashbosqichi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda roʻyxatga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovda ishtirok etish uchun veb-portalda tayanch oliy maʼlumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan(45 yosh ham qoʻshilgan holda) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning veb-portalda roʻyxatdan oʻtishiuning tanlovni oʻtkazish qoidalari bilan tanishganligi va ularni toʻliq maʼqullashini tasdiqlaydi. Har bir tanlov qatnashchisi faqat bir marta va bitta nominatsiya boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) roʻyxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portaldaonlayn buyurtmanoma berish va tanlovda ishtirok etish uchun soʻrovnomalarni toʻldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etiladigan buyurtmanoma qaysi nominatsiyaga taalluqli ekanligini ular mustaqil ravishda tanlaydilar. Ishchi guruh buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda ishtirokchi tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan tegishli sohadagi ish tajribasiga qarab nominatsiyani oʻzgartirishni tavsiya etishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov qatnashchilari soʻrovnomada belgilangan shaklga muvofiq haqqoniymaʼlumotlarni koʻrsatishi shart. Soʻrovnomaga bila turib yolgʻon axborotni kiritish ishtirokchini tanlovdan chetlatish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar tomonidan tanlovda qatnashishga buyurtma berish uchun soʻrovnomaning shakli Akademiya rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soʻrovnomalarni oʻrganish hamda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari uchun ishtirokchilarni saralab olish. Bunda, ishchi guruhlar aʼzolari tanlov ishtirokchilaridan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar tasdiqlanishini talab qilish huquqiga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) saralab olingan qatnashchilarning roʻyxatini veb-portalda eʼlon qilish, bunda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ishtirokchilarning intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlarini oʻtkazish. Uning yakunlari boʻyicha olingan natijalar asosidatanlov komissiyalari oʻtish ballarini belgilaydi. Oʻtish ballarini toʻplagan ishtirokchilar siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash boʻyicha testlarga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash boʻyicha testlarga qoʻyilgan ishtirokchilarning roʻyxatini va uni oʻtkazish sanasini veb-portalda eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini oʻtkazish. Uning yakunlari boʻyicha olingan natijalar asosida tanlov komissiyalari oʻtish ballarini belgilaydi. Oʻtish ballarini toʻplagan ishtirokchilar bevosita turga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) bevosita turga qoʻyilgan ishtirokchilar roʻyxatini, uni oʻtkazish sanasi va joyini veb-portalda eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishtirokchilarning intellekt darajasi (IQ-test), psixologik barqarorlik, chet tillarni bilish hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash test sinovlari respublika mintaqalarida markazlashtirilgan tartibda onlayn rejimida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha kamida V2 darajasiga, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 5,5 ballga yoki TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 72 ballga muvofiq keladigan chet tilini egallaganlikni rasmiy ravishda tasdiqlovchi amaldagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan tanlov ishtirokchilari chet tillarni bilish boʻyicha test sinovidan ozod qilinadi. Ushbu ishtirokchilar uchun maksimal ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlovning bevosita turi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishtirokchilar tomonidan nominatsiyaga qarab tanlangan mavzularning birida 5 ta masala boʻyicha yozma tahliliy maʼruza tayyorlash, unda tegishli soha (tarmoq)ning bugungi holati tahlil qilinishi va uni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyalari ishtirokchilarning tahliliy maʼruzalarini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan natijalar asosida tegishli nominatsiya uchun oʻtish ballarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnashchilardan uch yuz nafarini(har bir nominatsiya boʻyicha kamida 18 kishi) saralab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qatnashchilarning jamoada ishlash koʻnikmalarini, kasbiy malakasi va boshqaruvchilik sifatlarini aniqlash maqsadida ularning davlat tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovkadan oʻtish muddati bir oyni tashkil etadi. Bunda ishtirokchilar stajirovkaga oʻzlari xodim boʻlib ishlamaydigan davlat tashkilotlariga yuboriladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovka yakunlari boʻyicha, ishtirokchi stajirovkadan oʻtgan davlat tashkilotining rahbari tanlov komissiyasiga uning jamoada ishlash koʻnikmalari, kasbiy darajasi va boshqaruvchilik sifatlari toʻgʻrisida yozma xulosa yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Stajirovkadan oʻtish tartibi va yozma xulosaga nisbatan talablar Akademiya tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan ishtirokchilarni yozma test sinovidan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov komissiyalari tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan yozma test sinovi natijalari boʻyicha finalchilarni aniqlaydi, ularning umumiy soni 150 kishidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tanlov finali quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlangan nominatsiya boʻyicha tanlov komissiyalari aʼzolari bilan yakkama-yakka suhbat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qatnashchilarning guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish va yakkama-yakka suhbat natijalarining yigʻindisi boʻyicha 50 nafar qatnashchi tanlov gʻolibi deb topiladi, qolgan 100 nafar finalchi esa tegishli sohada boshqaruv kadrlari zaxirasiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov komissiyalari tanlov finali yakunlarini umumlashtiradi va ularni Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tanlov gʻoliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan qolgan finalchilarga esa — eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tanlov ishtirokchilarini baholash va uning gʻoliblarini aniqlash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov ishtirokchilarining boshqaruvchilik mahorati darajasi, fikrlashning tizimliligi, yetakchilik sifatlari va oʻzgarishlarga moslashuvchanligi ularni baholash mezonlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Respublika komissiyasi tanlov yakunlari chiqarilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida uning natijalarini, shuningdek, gʻoliblar hamda finalchilarni mukofotlash joyi va vaqti toʻgʻrisidagi axborotni veb-portalda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tanlov gʻoliblari Akademiya hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi bazasida tegishli sohaga oid vazirliklar, idoralar, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy yuqori malakali mutaxassislar hamda olimlar ishtirokida oʻtkaziladigan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida tanlovning tegishli nominatsiyalari yuzasidan stajirovka oʻtashni oʻz ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda oʻqiydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar kurslardan muvaffaqiyatli oʻtishi yakunlari boʻyicha Akademiya rektori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan shakldagi sertifikat oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturi”ning oʻquv dasturlari va rejalari Akademiya tomonidan Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tanlov gʻoliblari tegishli yoʻnalishlar boʻyicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi va tanlovning tegishli nominatsiyalari boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida uch oy muddatlik stajirovkadan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi, shuningdek ish bilan taʼminlanganidan soʻng, tanlovning tegishli nominatsiyalari boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida kamida bir oy muddatlik stajirovkadan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda davlat davlat tashkilotlari oʻz mablagʻlari hisobidan tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilarini xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkaga yuborishdan avval chet tillar boʻyicha intensiv kurslardan oʻtishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻoliblarini tegishli rahbarlik lavozimlariga tayinlash, tanlov gʻoliblari va final bosqichi ishtirokchilarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishiyuzasidan chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan final bosqichi ishtirokchilarining faoliyatini keyinchalik ularni xizmat boʻyicha koʻtarish yoki rahbarlik lavozimlariga tayinlash uchun monitoring qilish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining umumiy muvofiqlashtiruvi ostida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Respublika komissiyasi tanlov komissiyalarining taqdimnomasiga koʻra har bir nominatsiya boʻyicha tanlov finali ishtirokchilari va gʻoliblari sonini, shuningdek, taqdim etilgan buyurtmanomalar soniga va tanlov qatnashchilarini saralab olish natijalariga qarab bevosita turda stajirovkadan oʻtish uchun tanlab olingan shaxslar sonini qayta koʻrib chiqishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tanlov komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Har bir nominatsiya boʻyicha tuziladigan tanlov komissiyalari tanlovni tashkillashtirish va oʻtkazish yuzasidan ishchi organlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tanlov komissiyasining tarkibi sohadagi vazirliklar, idoralarning mutaxassislaridan, shuningdek, mustaqil ekspertlardan iborat tarkibdashakllantiriladi va Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlov komissiyasi tarkibiga komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, shuningdek, uning aʼzolari kiradi. Tanlov komissiyasi aʼzolarining soni toq sondan iborat boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlov komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarning soʻrovnomalarini oʻrganish uchun tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga qoʻyish yoki qoʻymaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilar tomonidan tanlov boʻyicha sinovlar bajarilishini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarni tanlovning navbatdagi bosqichlariga qoʻyish, shuningdek, tanlov finalchilari va gʻoliblarini aniqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari tomonidan tanlovni oʻtkazish qoidalarini buzish hollari aniqlangan taqdirda, ularni tanlovdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni, shuningdek, tanlovga oid sinovlarni oʻtkazish tartib-qoidalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Respublika komissiyasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlov komissiyasining yigʻilishi uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov komissiyasining qarorlari aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tanlov komissiyasi qarorlari ikki nusxada tuziladigan va yigʻilishda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadigan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tanlov komissiyalarining faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Apellyatsiya komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish uchun Respublika komissiyasining qarori bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi va ish reglamenti Respublika komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Apellyatsiya komissiyasiga ariza har bir tanlov bosqichida nazarda tutilgan sinovlarning natijalari eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilingan arizani uch kun mobaynida koʻrib chiqishi va arizachining hozirligida asoslantirilgan qaror qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining nominatsiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nominatsiya nomi

Gʻoliblar soni

1.

Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

2.

Sud-huquq sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

3.

Moliya-kredit sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

4.

Sanoat sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

5.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

4

6.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

7.

Arxitektura va qurilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

8.

Kommunal xoʻjalik sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

9.

Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

10.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

11.

Taʼlim, fan va innovatsiyalar

3

12.

Sogʻliqni saqlash

3

13.

Madaniyat, sanʼat va sport sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

14.

Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

4

15.

Makroiqtisodiyot va hududiy rivojlanish sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

16.

Transport va logistika sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi

3

Jami:

50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish boʻyicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddat

I bosqich.

Tashkiliy bosqich

Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish respublika komissiyasi tomonidan qatnashchilarni saralab olish uchun har bir nominatsiya boʻyicha tanlov komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash

1-sentabrga qadar

Tanlov komissiyalari tomonidan qatnashchilarning soʻrovnomalarini oʻrganish uchun ishchi guruhlar tarkiblarini shakllantirish va tasdiqlash

onlayn saralash boshlanishidan qadar kamida bir oy oldin tanlovni oʻtkazish sanasi va shartlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, veb-portalda davlat tili va rus tilida eʼlon berish

II bosqich.

Onlayn saralash

Qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda roʻyxatga olish

30-oktabrga qadar

Roʻyxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portalda onlayn buyurtmanoma berish va tanlovda ishtirok etish uchun soʻrovnomalarni toʻldirish

Soʻrovnomalarni oʻrganish hamda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari uchun ishtirokchilarni saralab olish

10 — 20-noyabr

Saralab olingan qatnashchilarning roʻyxatini veb-portalda eʼlon qilish, bunda intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlari oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi

20-noyabr

Ishtirokchilarning intellekt darajasini aniqlash testi (IQ-test), psixologik barqarorlik va chet tillarni bilish darajasini aniqlash sinovlarini onlayn tarzda oʻtkazish

25 — 30-noyabr

Siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasidagi bilim darajasini aniqlash boʻyicha testlarga qoʻyilgan ishtirokchilarning roʻyxatini va uni oʻtkazish sanasini veb-portalda eʼlon qilish

30-noyabr

Siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini oʻtkazish

1 — 5-dekabr

Bevosita turga qoʻyilgan ishtirokchilar roʻyxatini, uni oʻtkazish sanasi va joyini veb-portalda eʼlon qilish

5-dekabr

III bosqich.

Bevosita tur

Ishtirokchilar tomonidan nominatsiyaga qarab tanlangan mavzularning birida 5 ta masala boʻyicha yozma tahliliy maʼruza tayyorlash. 300 ishtirokchi saralab olinadi

15 — 25-dekabr

Tashkilotchilik qobiliyatlari va boshqaruvchilik salohiyatini aniqlash yuzasidan ishtirokchilarni yozma test sinovidan oʻtkazish. 300 ishtirokchidan koʻpi bilan 150 nafar final ishtirokchisi aniqlab olinadi

25-fevral — 2-mart

IV bosqich.

Final

Final ishtirokchilari tomonidan guruhlarda vaziyatli vazifalar yechish

5 — 10-mart

Tanlangan nominatsiya boʻyicha tanlov komissiyalari aʼzolari bilan yakkama-yakka suhbat

15 — 20-mart

Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblarni aniqlash (jami 50 nafar). Respublika komissiyasi tomonidan tanlov natijalarini veb-portalda eʼlon qilish

25-martga qadar

Tanlov gʻoliblarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlarida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha rahbar lavozimlariga tayinlash

1-iyunga qadar

Tanlov gʻoliblarining dastlab chet tillar boʻyicha intensiv kurslarda oʻqishi va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishi

1-dekabrga qadar

Tanlov final bosqichi qolgan ishtirokchilarining dastlab chet tillar boʻyicha intensiv kurslarda oʻqishi va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishi

Belgilangan tartibda ishga joylashtirilgandan soʻng

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2018-y., 07/18/3755/1285-son; 21.02.2019-y., 07/19/4200/2643-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)