Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 03.11.2001 yildagi 438-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“CHORSU SAVDO MARKAZI” SAVDO KOMPLEKSI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo xizmati koʻrsatish sifati va madaniyatini oshirish, “Chorsu savdo markazi” savdo kompleksida isteʼmol tovarlari bilan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-iyundagi 242-son qarorini bajarish yuzasidan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Chorsu savdo markazi” (keyingi oʻrinlarda “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati deb ataladi) savdo kompleksi tashkil etilganligi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga tegishli savdo va omborxona maydonlarini isteʼmol tovarlari, birinchi navbatda, jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududiga keltiriladigan isteʼmol tovarlari bilan chakana savdoni tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish;
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda savdoning yuqori sifati va madaniyatini taʼminlovchi transport, bank xizmatlari, maishiy va boshqa xizmatlar kompleksini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga oluvchilar uchun zarur moddiy-texnik, texnologik va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, savdo kompleksi hududida sotuvchilar va xaridorlarga zarur axborot xizmatlari, shu jumladan isteʼmol tovarlariga talab va taklif konyunkturasi toʻgʻrisida axborot xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshirishni xohlovchi tadbirkorlar oʻrtasida muntazam ravishda keng reklama va zarur tushuntirish ishlarini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining eʼlon qilingan aksiyalariga ochiq obuna boʻlishdan tushadigan pul mablagʻlari jamiyat tomonidan uning balansidagi binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga va texnika bilan qayta jihozlashga yoʻnaltirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida savdo faoliyatini amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi jismoniy shaxslar faoliyati qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 35-son, 403-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi tijoat banklari “Chorsu savdo markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyati hududida valyuta almashtirish punktlari, shuningdek pul mablagʻlarini qabul qilish kassalari ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M. Z. Usmonov hamda Toshkent shahar hokimi R. M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 3-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
438-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 21-son, 150-modda; 2003-y., 20-son, 187-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)