Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.06.2000 yildagi 242-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IMPORT ISTE’MOL TOVARLARI OLIB KELISH VA SOTISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import iste’mol tovarlari sotishni tartibga solish, savdoning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va mustahkamlash, aholining xarid qobiliyatini oshirish, iste’mol tovarlariga narx belgilash tizimini takomillashtirish va narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Almashtirish shoxobchalarida xorijiy valyuta xarid qilinganligi uchun 5 foiz miqdorida yig‘im undirish 2000-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 10-oktabrdagi 354-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 150-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 1-iyulgacha import qilinadigan iste’mol tovarlari narxlari ustidan monitoring olib borish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etsinlar, unga narxlar darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganib chiqish va iste’mol tovarlariga narx belgilash mexanizmini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashni yuklasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda o‘n kun muddatda Savdo korxonalarining yalpi daromad solig‘ini hisoblab chiqish va to‘lash tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirishlarni belgilangan tartibda kiritsin, bunda, shuningdek, savdo maydonlari ijaraga olinganligi uchun savdo korxonalari daromadlariga soliq solish bo‘yicha imtiyozlarni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 350-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2000-yil 1-iyuldan boshlab buyum bozorlarida savdo joyi ijaraga olinganligi uchun to‘lovning amaldagi stavkalarini 1,5 baravar oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligining jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan import iste’mol tovarlarini mayda ulgurji va chakana sotish bo‘yicha savdo markazi tashkil etish va uni “Chorsu” univermagi tomonidan foydalanilayotgan binoga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda savdo markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda turg‘un binolarda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun imtiyozlar tizimini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uyushtirilgan savdoni kengaytirish hamda tovar aylanishi hajmida uning ulushini ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, shu jumladan, quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini amalga oshirishlari uchun mavjud ombor va savdo maydonlarini, shuningdek, turar joyga mo‘ljallanmagan fonddagi bo‘sh maydonlarni ko‘plab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan iste’mol tovarlari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish turg‘un markazlari tashkil etish, shu jumladan, ularga yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslardan import tovarlar xarid qilish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo korxonalarini yer uchun ijara haqi to‘lashdan ozod qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyushtirilgan savdo tizimida ombor binolari va savdo maydonlaridan foydalanilganligi uchun ijara to‘lovining buyum bozorlariga nisbatan tadbirkorlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan foydaliroq shart-sharoitlarini ta’minlovchi imtiyozli miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar, shuningdek, turg‘un binolarda chakana savdoni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun kassa apparatlarini kreditga yoki lizing shartlarida sotib olishga ko‘maklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga 2000-yil yakunlari bo‘yicha axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 24-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 20-son, 187-modda)