O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
384-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning “V” bo‘limi 1.1-bandidan “hamda transport vositalari uchun” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini yanada rivojlantirish va turar joylarga xizmatlar ko‘rsatishning aniq bozorini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 12-apreldagi 64-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 15-son, 127-modda) 4-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamg‘armasi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamg‘armalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiya ishtirokidagi MCHJ “JV Man Auto — Uzbekistan” korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 7-avgustdagi 224-son qarorining rus tilidagi matnida 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OOO “JV MAN Auto-Uzbekistan” ot uplati naloga na pribil yuridicheskix lits, naloga na dobavlennuyu stoimost, a takje obyazatelnix platejey v Respublikanskiy dorojniy fond pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining 73-pozitsiyasi “Faoliyat turining nomi” ustunidan “(xom sut, sabzavotlar, mevalar, asal, teri va mo‘yna)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-maydagi 170-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 5-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Toshkent shahri shahar budjetining” so‘zlaridan keyin “tumanlar va shaharlar budjetlarining” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-avgustdagi 480-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 09/24/480/0580-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandining ikkinchi xatboshidan “obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi 400-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 109-modda) 13-bandining ikkinchi xatboshidan “hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘idan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 125-modda) bilan tasdiqlangan Tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-bandining uchinchi xatboshidagi “inventarizatsiya” so‘zi “kadastr” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarorining 12-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizomning 22, 24 — 27, 30 — 32-bandlari, shuningdek, qarorga 4-ilova.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son, 15.05.2019-y., 09/19/404/3135-son, 26.11.2019-y., 09/19/951/4073-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 06.08.2024-y., 09/24/480/0580-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 15.11.2024-y., 09/24/758/0926-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)