O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Kengashining faoliyati samarali va sifatli tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-may,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 380-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasini yanada rivojlantirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish to‘g‘risida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-ilovaning 15-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamg‘arma Kengashi Jamg‘armani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi”;
b) uchinchi xatboshidagi “vazirining o‘rinbosari” so‘zlari “vaziri” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-oktabrdagi 817-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)