21.05.2018 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-maydan boshlab ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlar to‘g‘risida barcha uchun ochiq ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda qarzdorlikni tekshirish deb ataladi) mavjudligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi, ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik mavjudligini tekshirish ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali onlayn rejimida tegishli yirik bitimlarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishdan avval amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik bitimlarni amalga oshirish va tegishli xizmatlar ko‘rsatishga qarzdorlikni tekshirish natijalari bo‘yicha mulkiy tusdagi ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarz aniqlanmagan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bu hollarda bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilot Byuro Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasidan tegishli ko‘chirmani chop etadi hamda uni tegishli bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq materiallarga biriktirib qo‘yadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar ko‘rsatayotgan tashkilotlar qarzdorga Byuro Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasidan olingan tegishli ko‘chirma nusxasini taqdim etgan holda bitimni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatishni rad etadi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davriy to‘lovlarni to‘lashni nazarda tutadigan mulkiy tusga ega ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish faqat ushbu qaror 1-ilovasining 10 — 12-bandlarida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilayotganda jismoniy shaxsga nisbatan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan maxsus dasturiy modul ishlab chiqilishini va uning faoliyatini ta’minlasin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuroning Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali mulkiy tusdagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlikni tekshirish natijasi bo‘yicha tekshirish o‘tkazilgan sana va vaqtni ko‘rsatgan hamda maxsus QR-kodni qo‘ygan holda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi ko‘chirmani chop etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byuroning Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasiga tegishli qarzdorlik to‘langanligi to‘g‘risidagi axborotni tezkor ravishda kiritish.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar Byuro bilan birgalikda ikki hafta muddatda qarzdorlikni tekshirishda dastlabki va chiqish ma’lumotlariga doir yagona texnologik va tashkiliy talablarni, Byuroning ma’lumotlar bazasiga markazlashtirilgan holda ulanishni hamda axborot xavfsizligining boshqa talablarini nazarda tutuvchi o‘zaro elektron hamkorlikning tegishli reglamentlarini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklariga jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatda nazarda tutilmagan kreditlar berishda hamda boshqa moliya-kredit xizmatlari ko‘rsatishda mijozning to‘lov qobiliyatini va bajarilmay qolgan moliyaviy majburiyati mavjudligini tekshirish maqsadida Byuro ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik tekshiruvini bank amaliyotiga joriy qilish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Byuroga jismoniy shaxslarning ijro hujjatlari bo‘yicha qarzlarni to‘lashning qo‘shimcha shakllari, fuqarolarni qarzdorlik mavjudligi va uni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, SMS xabarlar va USSD so‘rovlardan foydalangan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida xabardor qilish shakllarini joriy etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmog‘i operatorlari Byuroning so‘roviga binoan abonentlarga ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik muddati va ularni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi SMS-xabarlarning bepul tarqatilishini ta’minlasinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 21-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Yirik bitimlar va xizmatlar

Bitimlarni amalga oshiruvchi
yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

1.

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar)

Notarial idoralar
(O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi)

2.

Avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar)

3.

Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari bo‘yicha sotish.

“O‘zavtosanoat” AJ

4.

Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular bo‘yicha lizing operatsiyalari

Tijorat banklari

5.

Ijro hujjatlar bo‘yicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)

6.

Xususiylashtiriladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitani)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi)

7.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestrdan ko‘chirma berish

Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy organlari (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi) Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

8.

Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestrdan ko‘chirma berish

9.

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini (pasportini) tayyorlash

10.

Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun aviachiptalar sotish (O‘zbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)*

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari

11.

Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun temir yo‘l chiptalari sotish (O‘zbekiston Respublikasiga temir yo‘l chiptalaridan tashqari)*

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning temir yo‘l chiptalari sotish kassalari

12.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari

(O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi)

13.

Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari

(O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

14.

Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish

16.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.

O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

17.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari

(O‘zbekiston Respublikasi
Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi)

Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi)

18.

Binolar va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadni ta’mirlash) kelishish

19.

Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish

20.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish

21.

Elektron davlat xaridlarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida ishtirok etish

“O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ Davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qarzdorlikni tekshirish sud yoki davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi

1. Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi.

2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga moneliksiz kirishini ta’minlaydi.

Doimiy ravishda

2-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari ko‘rsatishda qarzdorlarning ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi.

Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari ko‘rsatishgacha

3-bosqich

Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda

4-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi.

1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda

Byuro

(ijro hujjatlari qismi bo‘yicha)

2. Qarzdor tomonidan qarz to‘langanligi haqidagi ma’lumot Byuroning ma’lumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) ta’minlaydi.

2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan so‘ng zudlik bilan

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 09/18/379/1260-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)