18.05.2018 yildagi 376-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-son hamda “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi PQ-3652-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish boʻyicha davlat buyurtmasi berish tizimining aniq mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2018-yildan boshlab har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ularning adadi boʻyicha takliflarni 2018-yilda 15-iyungacha, 2019-yildan boshlab har yili 1-aprelgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida tuzilgan maxsus komissiya har yili 1-iyungacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda kelgusi yilda tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarining mazmuni va gʻoyasini oʻrganib chiqib, ularni nashr etishga tavsiya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi asosida jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantiradi hamda har yili 1-iyulgacha tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish boʻyicha davlat buyurtmasi berish sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan davlat buyurtmasi quyidagi mezonlarga asosan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual saviyasini oʻstirishga xizmat qiladigan, yuksak insoniy fazilatlarni ulugʻlaydigan, odob-axloqqa chaqiradigan jahon adabiyotining badiiy jihatdan yetuk eng sara namunalariga boʻlgan talabni oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviyati yuksalishi, milliy tafakkuri rivojlanishi uchun maʼnaviy muhit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar nashriyotlari, tahririyatlari, taniqli chet el adabiyoti namoyandalari bilan ijodiy aloqalar oʻrnatish, oʻquvchilarni xorij adabiyotining yorqin namunalari bilan yaqindan tanishtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon adabiyotidagi jarayonlarni xolis va haqqoniy tahlil qilish orqali oʻzbek adabiyotini yangi ijodiy tajribalar bilan boyitib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek va jahon adabiyoti namoyandalarining hamkorligini kuchaytirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tarjima ishlariga malakali tarjimon-yozuvchilar hamda mutaxassislar belgilangan tartibda jalb etilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda oʻzbek tiliga tarjima qilingan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda chet tillariga tarjima qilingan oʻzbek adabiyoti durdonalarini xatlovdan oʻtkazsin va kelgusi besh yilda tarjima qilinadigan asarlar roʻyxatini shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat buyurtmalari belgilangan tartibda yuqori sifatda nashr etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nashr etilgan adabiyotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan asarlar ushbu asarlar mualliflari yoki muallif huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roziligini olgan holda tarjima qilinadi va nashr etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish bilan bogʻliq xarajatlar manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning ushbu maqsadlar uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlari doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq savdo uchun chiqariladigan adabiyotlarni nashr etish xarajatlari kitob savdosi tashkilotlari hamda nashriyotlarning oʻz mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga oʻzbek tilida yangi nashr etilgan jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda chet tillariga tarjima qilingan oʻzbek adabiyoti durdonalari haqida ommaviy axborot vositalarida turkum maqolalar eʼlon qilish, eshittirishlar va koʻrsatuvlar tayyorlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.X. Tangriyev zimmasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari hamda Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentlariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 376-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga hamda oʻzbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish boʻyicha davlat buyurtmasi berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2018-y., 09/18/376/1257-son)