Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervatini tashkil etish toʻgʻrisida
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek, Toshkent viloyatining alohida ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga molik tabiiy obyektlarini keyinchalik saqlab qolish, tabiiy resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qoʻriqxona tashkil etilganligi va u doimiy foydalanish huquqi bilan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qoʻriqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar boʻlgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati (keyingi oʻrinlarda davlat biosfera rezervati deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
biosfera rezervati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ yurituvida boʻladi;
biosfera rezervatining qoʻriqlash xodimlari tegishli huquqlar va imtiyozlar berilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga berilayotgan biosfera rezervatiga faoliyatni moliyalashtirish manbalari, shu jumladan qonunchilikda taqiqlanmagan moliyalashtirishning boshqa manbalari, muhofaza etiladigan hududlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar saqlanib qoladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda biosfera rezervati hududini zonalarga boʻlsin, har bir zonaning (qoʻriqxonaga aylantirilgan zona, oraliq zona, oʻtish zonasi) chegaralarini batafsil tavsiflasin;
Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini bir oy muddatda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
biosfera rezervatidan samarali foydalanilishini, tabiiy obyektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash va tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-may,
367-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-maydagi 367-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarida joylashgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati hududi
I. Hududlar roʻyxati
|
Kontur zonalari |
Hududlar nomi |
Berilayotgan tabiatni muhofaza qilish obyektlari |
Maydoni, |
|
1. |
Parkent tumani |
“Parkent” oʻrmon xoʻjaligining 1-uchastkasi |
9 207,7 |
|
2. |
“Changi” massivi hududi |
401,31 | |
|
3. |
“Gulbogʻ” massivi hududi |
44,0 | |
|
4. |
“Parkent” oʻrmon xoʻjaligining 2-uchastkasi |
7 785,3 | |
|
5. |
Kon melioratsiyasi sinov punkti |
1 066,0 | |
|
6. |
Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasining Boshqizilsoy uchastkasi* |
11 018,0 | |
|
7. |
“Parkent” oʻrmon xoʻjaligining 3-uchastkasi |
641,0 | |
|
8. |
“Parkent” oʻrmon xoʻjaligining 1-uchastkasi |
1 433,5 | |
|
9. |
Boʻstonliq tumani |
“Burchmulla” oʻrmon xoʻjaligi |
256,0 |
|
10. |
Ohangaron tumani |
“Shovvozsoy” oʻrmon xoʻjaligi |
11 100,0 |
|
Jami |
42 952,81 | ||
* Ushbu hududda davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan qoʻriqxona zonasi saqlanib qoladi.
II. Kontur zonalari bilan hududlar chegarasi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2018-y., 09/18/367/1237-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)