14.05.2018 yildagi 362-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (keyingi oʻrinlarda Hisob palatasi deb ataladi) oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillar mobaynida oʻzlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirsinlar, shuningdek, ularni Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning maʼlumotlar uzatish idoralararo tarmogʻiga ulasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi bilan kelishgan holda, ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularni Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash jadvalini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi Hisob palatasining dasturiy kompleksini (keyingi oʻrinlarda dasturiy kompleks deb ataladi) yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning maʼlumotlar bazasidan Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanishini ikki hafta muddatda taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Hisob palatasi ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlaridan axborot olish maqsadida maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminotini ishlab chiqsin va foydalanishga topshirsin, shuningdek, zaruriyatga koʻra, elektron hisobot maʼlumotlari shakllanishini hisobga olgan holda uning yanada takomillashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasiga “Litsenziya” axborot tizimlaridan, shuningdek, uning soʻrovlariga muvofiq boshqa axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining axborot xavfsizligiga rioya etishga doir talablarini hisobga olgan holda Hisob palatasi ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining elektron soʻrovi asosida axborotni (elektron hujjatni) oʻz vaqtida shakllantirish va ularni maʼlumotlar ayirboshlash dasturiy taʼminoti orqali taqdim etish taʼminlanishi yuzasidan masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanish tartibi Hisob palatasi tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy kompleksni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi dasturiy kompleksini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini yaratishga doir tashkiliy tadbirlar

1.

Soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini baholash uchun tahliliy jadvallarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksiga kiritish uchun Hisob palatasiga taqdim etish

Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma buyrugʻi

2018 yil may

Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soliq organlari va davlat boshqa organlari hamda tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi dasturiy kompleksini yaratishga doir texnik topshiriqni tayyorlash

Texnik topshiriqni tasdiqlash

2018-yil may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va davlat boshqa organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini ishlab chiqish va joriy etish

3.

Oʻzbekiston �espublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini ishlab chiqish va uning samarali ishlashini taʼminlash uchun moddiy-texnik taʼminot boʻyicha ishlar (xizmatlar) qiymatini belgilash

Budjetni tasdiqlash

2018-yil iyun

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvchi dasturiy kompleksining asosiy vazifalarini ishlab chiqish

Texnik topshiriqni amalga oshirish

texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish va xodimlarini oʻqitish

Texnik topshiriqni amalga oshirish

texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Hisob palatasi

6.

Davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksi bilan integratsiyalash

Hisob palatasining farmoyishi

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Hisob palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va davlat boshqa organlari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2018-y., 09/18/362/1231-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)