18.05.2018 yildagi PQ-3729-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi salomatligini saqlash, barqaror sanitar-epidemiologik holatni taʼminlash va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar natijasida mamlakatda epidemiologik barqarorlik taʼminlanmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, aholining epidemiologik xavfsizligini taʼminlashda, grippga ommaviy chalinish holatlarining oldini olishda, pandemik salohiyatga ega yangi yuqori patogen virusli infeksiyalarga qarshi kurashishda bir qator kamchiliklar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkazilgan tahlillar natijalari gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning taʼsirchan profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan shart-sharoitlar va muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, doimiy genetik oʻzgarishlar hamda odamlar uchun xavfli viruslarning paydo boʻlishi xavfi, shuningdek, migratsiya jarayonlarining jadallashuvi yuzaga kelayotgan infeksion tahdidlarga tezkor munosabat bildirishni talab qilmoqda va davolash-profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda, jumladan mazkur sohada samarali xalqaro hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, infeksiya yuqishi xavfi yuqori boʻlgan aholi toifasini vaksinoprofilaktika qilish darajasining hozirgi zamon talablariga mos kelmasligi grippga chalinish darajasining oshishi uchun sharoit yaratmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, roʻyxatga olish mexanizmlarining mukammal emasligi vaksinalar, tashxis qoʻyish toʻplamlari va virusga qarshi vositalarning oʻz vaqtida olib kirilishini qiyinlashtirmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, import qilinadigan vaksinalar va virusga qarshi vositalarning oʻziga xos faolligi, shuningdek, import qilinadigan parranda va chorva mahsulotlarining odamlarga nisbatan xavfli viruslardan xoli ekanligi ustidan lozim darajadagi laboratoriya nazorati taʼminlanmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, davolash muassasalarini gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga tezkor tashxis qoʻyish vositalari, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashda, shuningdek, grippga chalingan bemorlarning hayotiga xavf soluvchi holatlarni erta aniqlashda kamchiliklar mavjud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, barcha ixtisoslikdagi shifokorlarning zamonaviy usullar bilan gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha malakasini oshirish jarayoni, shuningdek, shifokorlarning bemorlarni aniqlash va ularni oʻz vaqtida davolash boʻyicha faolligini ragʻbatlantirish lozim darajada tashkil etilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, mahalliy vaksinalar, virusga qarshi vositalar, tashxis qoʻyish va davolash usullarini ishlab chiqish, kasalliklarni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu maqsadlarga investitsiyalar va grantlar jalb qilish boʻyicha ishlar sust olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, osoyishta sanitar-epidemiologik holatni taʼminlash hamda aholi salomatligini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligining gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish va davolash sohasidagi ishlari qoniqarsiz deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa masʼul idoralarning gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumjahon va mintaqaviy sanitar-epidemiologik holatning doimiy tahlili hamda monitoringini olib borish, mamlakatda gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishi tendensiyalari hamda keng tarqalishi mumkin boʻlgan holatlarni prognoz qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda ularni muvofiqlashtirish, vaksinalar, virusga qarshi vositalar va himoya vositalarining, ushbu kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish hamda davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash muassasalari va aholini zarur hajmda dolzarb vaksinalar, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlash va ularning zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning kompleks profilaktikasini, birinchi navbatda, yuqtirish va ogʻir oqibatlarga chalinish xavfi yuqori boʻlgan aholi toifasining umumiy vaksinatsiyasini tashkil etish orqali amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keng tarqalishi mumkin boʻlgan gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning ilk epidemiologik belgilarini aniqlash va kelgusida aholi oʻrtasida kasallanishni kamaytirish uchun kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun xorijiy davlatlarning, xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari)ni va grantlarini hamda budjetdan tashqari boshqa mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha grippning ogʻir shakllari va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar paydo boʻlganda vaksinalar, virusga qarshi vositalar, shaxsiy himoya vositalari, erta tashxis qoʻyish uskunalari bilan taʼminlash va shoshilinch yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan keyingi yillarda zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2018-yil 1-avgustdan grippning ogʻir shakllariga va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga chalingan hamda klinik-epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha parranda va hayvonlarda uchraydigan grippning yuqori patogen viruslarini hamda odamlar uchun xavfli boʻlgan boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni yuqtirganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga ushbu virus turlari boʻyicha majburiy tashxis qoʻyilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli kasalliklar statsionarlarida, tugʻruq komplekslarida hamda perinatal markazlarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning filiallarida grippga tashxis qoʻyish boʻyicha ekspress-testlarning hamda grippni davolovchi virusga qarshi maxsus vositaning qayta tiklanuvchi zaxirasi tashkil etilishini, shuningdek, oʻtkir respirator infeksiyalarning ogʻir shakllariga chalingan bemorlarni davolash uchun shu sohaga ixtisoslashgan statsionarlarning jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimlari zarur asbob-uskunalar va sarflash materiallari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan shaxslarni mavsumdan oldin vaksinatsiya bilan qamrab olish maqsadida ularning asoslantirilgan kontingentini, shuningdek, zarur moliyaviy mablagʻlar hajmini aniqlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu kontingentning vaksinatsiyasini tashkil etish va vaksinalar xarid qilishni moliyalashtirish manbalarini belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda yuqori patogen gripp viruslari va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishini nazorat qilish hamda uning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, uning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga qarshi vaksinalar, tashxis vositalari, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalarining mahalliy ishlab chiqarilishini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2018-yil 1-avgustga qadar muddatda gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish, davolash boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, ilgʻor xorijiy ilmiy ishlanmalarni va yangi yuqori samarali vositalarni joriy etish tajribasini oʻrganish, keyinchalik innovatsion ishlanmalar natijalarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, uning Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tegishli institutlarini jalb etgan holda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-sentabrga qadar muddatda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oʻquv dasturini takomillashtirish choralarini, jumladan oʻquv jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish va davolash chuqur oʻrganilishini nazarda tutuvchi choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazilishini hamda oʻtkazilgan tadbirlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda hisobotlar taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi aholi oʻrtasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish masalalari boʻyicha tizimli ravishda axborot-maʼrifiy ishlarni olib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davolash-profilaktika muassasalarini ehtiyojga qarab gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni samarali profilaktika qilish, ularga tashxis qoʻyish va davolash uchun zarur boʻlgan samarali shaxsiy himoya va tezkor-tashxis qoʻyish vositalari, virusga qarshi, patogenetik hamda boshqa vositalar va uskunalar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda osoyishta sanitar-epidemiologik holatni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning aholi salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini hisobga olib, 2019-yil 1-martga qadar muddatda 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.S. Qosimov, R.R. Inoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3729-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi PQ-3729-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasida gripp va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Bajaruvchilar

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

I. PANDEMIK SALOHIYATGA EGA YANGI YUQORI PATOGEN VIRUSLARIGA NISBATAN XAVFSIZLIKNI TAʼMINLASH

1.

Parranda va hayvonlar grippi yuqori patogen viruslari hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tarqalishining oldini olish va nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-iyulgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, Ekologiya davlat qoʻmitasi, DBQ, Turizm davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

-

-

2.

Odamlar uchun xavfli boʻlgan parranda va hayvonlar grippining yuqori patogen viruslari, shuningdek, boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarning laboratoriya diagnostikasi tayyorligini (reaktivlar va sarf materiallarini) taʼminlash

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

2018-yil
1-dekabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi, TIV

3,7 ming AQSH dollari

Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

II. AHOLI VA INFEKSIYA YUQISHI XAVFI YUQORI BOʻLGAN GURUHLAR OʻRTASIDA GRIPP HAMDA BOSHQA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA CHORA-TADBIRLARNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

3.

Infeksiya yuqishi xavfi yuqori boʻlgan va grippning ogʻir oqibatlariga duchor boʻlgan shaxslarning mavsum oldi vaksinatsiyasini oʻtkazish uchun ularning asosli kontingentini aniqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2018-yil
1-iyungacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

4.

Grippga va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga qarshi kurashish boʻyicha preparatlarga va tibbiy vositalarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni oʻrganish hamda Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratish uchun asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-iyulgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

5.

Xavfi yuqori boʻlgan vazirlik va idoralarning xodimlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mavsumiy grippga qarshi vaksinatsiyalash boʻyicha idoralararo chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish

Chora-tadbirlar dasturi

2018-yil
1-noyabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, FVV, DXX chegara qoʻ??inlari, XTV, MTV, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar

-

-

III. VAKSINALARNING BIOEKVIVALENTLIGI VA VIRUSGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGINI LABORATORIYADA NAZORAT QILISH CHORALARINI HAMDA DORI PREPARATLARI VA TIBBIY BUYUMLARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

6.

Virusologiya ITI negizida grippga qarshi vaksinalar, diagnostika hamda virusga qarshi davolash preparatlarining faolligi va samaradorligini baholash oʻtkazilishini taʼminlash (vaksinalar va virusga qarshi preparatlarni ekspertdan oʻtkazib baholashning klinik-laboratoriya bazasini yaratish).

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustdan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Buyurtma-nomalarga muvofiq

Ishlab chiqaruvchi firmalar va yetkazib beruvchilarning mablagʻlari

7.

Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, tashxis qoʻyish va davolash uchundori vositalari va tibbiy ahamiyatdagi buyumlarni roʻyxatga olish tartibini takomillashtirib, muddatlarni qisqartirishni nazarda tutish

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

IV. GRIPP HAMDA BOSHQA OʻTKIR RESPIRATOR INFEKSIYALARGA TASHXIS QOʻYISH VA ULARNI DAVOLASH CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH

8.

Yuqumli kasalliklar statsionarlarida, tugʻuruq komplekslarida va perinatal markazlarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning filiallarida grippga tashxis qoʻyish ekspress-testlari hamda grippga qarshi maxsus preparatning qayta tiklanadigan zaxirasini yaratish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
5-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

5,0 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

9.

Oʻtkir respirator infeksiyalarning ogʻir shakllariga chalingan bemorlarni davolash uchun profilli statsionarlarning jonlantirish va intensiv terapiya boʻlimlarini: vital funksiyalarni nazorat qilish uchun pulsoksimetr va monitorlar bilan; kapnograflar va sarf materiallari bilan; qondagi gazlarni nazorat qilish apparatlari va ular uchun sarf materiallari; oʻpkani noinvaziv sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari va ular uchun niqoblar; rezervuarlari boʻlgan kislorod niqoblari; oʻpkani yuqori chastotali sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatlari; nebulayzerlar; nafas olish filtrlari; havoning bakteritsid retsirkulyatorlari; ekstrokarporal mebranali oksiginatsiya uskunalari hamda boshqa sarf materiallari bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-dekabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

6,0 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

10.

Barcha statsionar muassasalarda, goʻdaklar uylarida, “Muruvvat” va “Sahovat” internat uylarida gripp, oʻtkir pnevmoniya va boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

11.

Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish borasida mahalliy preparatlar va tibbiy vositalar yaratish hamda ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

-

-

12.

Grippga va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga tashxis qoʻyish uchun PSR (polimerturli-zanjirli reaksiya) laboratoriyalarini zarur miqdordagi test-tizimlar va sarf materiallari bilan taʼminlash.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
30-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

31,2 ming AQSH dollari

Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

V. KADRLAR VA ILMIY SALOHIYATNI MUSTAHKAMLASH, GRIPPGA QARSHI KURASH SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH

13.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oʻquv dasturini takomillashtirish, shu jumladan oʻquv jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalarga tashxis qoʻyish, davolash va oldini olishni chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi choralarni koʻrish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-sentabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

-

14.

Virusologiya ITI huzuridagi Milliy gripp markazi faoliyatini, shu jumladan: uning faoliyatini gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar muammosi boʻyicha ilmiy-metodik markaz hamda referens-laboratoriya sifatida, shuningdek, shtat birliklarini koʻpaytirish zarurligini; Milliy gripp markazining Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tan olinishiga shart-sharoitlarni taʼminlash zaruratini hisobga olgan holda takomillashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-oktabrgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, DXX

-

-

15.

Virusologiya ITI huzurida gripp va boshqa respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda innovatsion ishlanmalarni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ekspert kengashini tuzish. Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolash sohasida amaliy innovatsion va fundamental ilmiy loyihalarni muntazam koʻrib chiqish. Yil yakunlari boʻyicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish samaradorligini kengaytirilgan Ilmiy kengashda muntazam muhokama qilib borish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
10-iyulgacha

koʻrib chiqish uchun buyurtmalar kelib tushishiga qarab

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

16.

Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar diagnostikasi, davolash va profilaktikasi muammolari boʻyicha dolzarb ilmiy ishla?malarga davlat buyurtmasini belgilash (ilmiy-tadqiqot loyihalarining buyurtmalarini tayyorlash, ekspert baholarini oʻtkazish, eng dolzarb va asoslangan loyihalarga grant berish).

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV

Buyurtmaga muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro tashkilotlarning mablagʻlari

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi idoraviy tarmogʻining bir qismi sifatida monitoring axborot tizimini yaratish, epidemiologik, laboratoriya va klinik jihatlarini hisobga olgan holda ogʻir oʻtkir respirator infeksiyalar aniqlanishi, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlarning harakati va mavjudligi monitoringini taʼminlash.

Texnik topshiriq

2018-yil
1-avgustgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

25 ming AQSH dollari

Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Axborot tizimi

2018-yil
31-dekabrgacha

18.

Gripp hamda boshqa oʻtkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha mamlakat salohiyatini oshirish uchun xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining mablagʻlarini jalb etish.

Qoʻshma loyihalar

doimiy asosda

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya davlat qoʻmitasi

-

-

19.

Xalqaro tibbiyot va boshqa tashkilotlar (JSST, CDC, YUNISEF va boshqalar) bilan texnik hamkorlikni kengaytirish.

Grant mablagʻlarini jalb etish boʻyicha memorandumlar, bitimlar

doimiy asosda

Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV

-

-

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishida jami xarajatlar*:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi budjeti mablagʻlari 11,0 mlrd soʻm,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tashkilotlar mablagʻi — 59,9 mingAQSH dollari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dastlabki hisob-kitobi boʻyicha.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2018-y., 07/18/3729/1238-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)