14.05.2018 yildagi PQ-3727-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatda davlat teatrlari, sirklari, muzeylari, hayvonot bog‘lari, konsert tashkilotlari, ijodiy jamoalari, madaniy-ma’rifiy muassasalari (keyingi o‘rinlarda davlat madaniyat muassasalari deb yuritiladi) va davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilishi madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga, milliy madaniy va ma’naviy merosni asrab-avaylash va ko‘paytirish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishga, san’atni va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirishga, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirishga, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etishga imkon berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zarxiv” agentligi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondida bo‘lgan hujjatli madaniy meros obyektlarini hisobga olish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish yuzasidan choralar ko‘rilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, badiiy ijodni, jumladan teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy san’atini yanada rivojlantirish, xalq tarixi va uning zamonaviy hayotining eng yorqin sahifalarini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish bo‘yicha belgilangan vazifalar madaniyat va arxivlar sohasidagi malakali kadrlarni rag‘batlantirmasdan ta’minlanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ijodiy mahoratini munosib baholashni ta’minlashga, kasbiy darajasini hamda malakasini uzluksiz oshirishi uchun rag‘batlantirish usullarini yaratishga yo‘naltirilgan mehnatiga haq to‘lash va moddiy ta’minotini yaxshilash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy- boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining, shuningdek, davlat arxivlari boshqaruv xodimlari va mutaxassislarining (keyingi o‘rinlarda — davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari) mehnat haqi miqdorlarini o‘rtacha 45 foizga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining malaka toifalari va lavozimlari bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlarini belgilashni nazarda tutuvchi mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish hamda lavozim maoshlari o‘rtasidagi tafovutni ko‘paytirish hisobiga kasbiy o‘sishni rag‘batlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyundan O‘zbekiston davlat sirki, hayvonot bog‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalari xodimlarining alohida toifalariga teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlash puli to‘lanishini belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lanishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalari ro‘yxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2018-yil 1-iyundan konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 30 foizdan 5 foizgacha pasaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-son qaroriga 91-ilovaning rus tilidagi matnida 4-pozitsiyasi “Stavki naloga v % k nalogooblagayemoy baze” ustunidagi “30” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zarxiv” agentligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev va “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori U.B. A’lamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 14-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3727-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3727/1226-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)