08.05.2018 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizomni hamda Majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari turlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
346-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq toʻlanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Agar mahkum doimiy ish yoki oʻqish joyiga ega boʻlgan boʻlsa majburiy jamoat ishlari ishdan yoki oʻqishdan boʻsh vaqtda oʻtaladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Majburiy jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, harbiy xizmatchilarga, chet el fuqarolariga va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarga nisbatan qoʻllanmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — probatsiya boʻlinmasi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumning majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) va majburiy jamoat ishlarining aniq turlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra probatsiya boʻlinmasi tomonidan mahkum yashaydigan hududda belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Majburiy jamoat ishlariga jalb qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan mahkum (keyingi oʻrinlarda mahkum deb ataladi) sudning hukm, ajrim yoki qarori (keyingi oʻrinlarda hukm deb ataladi) qonuniy kuchga kirganligi haqidagi xabarnomasi probatsiya boʻlinmasiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay jazoni oʻtashga jalb qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mahkum majburiy jamoat ishlariga probatsiya boʻlinmasi yoʻllanmasi boʻyicha jalb qilinadi. Ish beruvchi — tashkilot (organ) uch kun ichida probatsiya boʻlinmasiga qabul qilingan qarori haqida mazkur Nizomga berilgan 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha javob yuborishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahkumni majburiy jamoat ishlariga jalb qilishda quyidagilar inobatga olinishi maqsadga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumning kasbiy koʻnikmalari (mavjud boʻlganda), agar ular majburiy jamoat ishlari turlari roʻyxatiga mos boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etilgan jinoyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum ish va (yoki) oʻqishga ega boʻlsa — asosiy ish va (yoki) oʻqish jadvali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻining holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyining transport uchun yaqinligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Voyaga yetmagan mahkum (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmagan deb ataladi) majburiy jamoat ishlariga jalb qilinganda ishlarning turlari va mazmuni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish voyaga yetmaganlarning qoʻlidan keladigan (kuchi yetadigan) boʻlishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish maqbul ishchanlik qobiliyatini, foydali hayotiy koʻnikma va bilimlarni rivojlantirishga imkon yaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahkum quyidagi holatlarda majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan deb hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turmaslik, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashirinish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmaslik (bu yerda yilning kalendar oyi emas, balki mehnat intizomini buzgan, yaʼni uzrli sabablarsiz majburiy jamoat ishlariga chiqmagan kundan boshlab bir oylik muddat nazarda tutiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyi (obyekti)dagi tashkilot (organ)ning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzish (bunday holatda mehnat tartibi qoidalarini buzish deb quyidagilar tushuniladi: ishga kechikish, ishga mast holda kelish; ishni oʻzboshimchalik bilan toʻxtatish; ish vaqti davomida jazoni oʻtash joyini muddatidan avval tashlab ketish; tasdiqlangan normalar va ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslik; texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini qasddan buzish; ish davomida jamoat tartibini buzish va mehnat majburiyatlarini bajarish davomida tashkilotga moddiy zarar yetkazish);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumning probatsiya boʻlinmasi yoʻllanmasida koʻrsatilgan muddatda ishlarni bajarishni boshlashdan asossiz ravishda bosh tortishi;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilmaslik.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Probatsiya boʻlinmasi mahkum tomonidan jazoni oʻtash tartibi va shartlari buzilishi oqibatlari haqida uni qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 451-moddasi (voyaga yetmaganga nisbatan esa — Jinoyat kodeksining 821-moddasi)ga muvofiq probatsiya boʻlinmasi tomonidan majburiy jamoat ishlarini boshqa jazo turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboriladi. Sud majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining toʻrt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Boʻyin tovlanilgan vaqt oʻtalgan jazo muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mahkumning turgan joyi maʼlum boʻlmagan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish uchun sudga taqdimnoma yuboradi. Mahkum jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan vaqt jazoning oʻtalgan muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish, sudyaning ajrimiga binoan, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtash davrida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki pensiya yoshiga yetgan shaxs, shuningdek, bunday jazoni oʻtash davrida homiladorlik yoki tugʻish taʼtili berilgan ayollar Jinoyat kodeksining 75-moddasiga koʻra jazoni oʻtashdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati va vaqtini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo muddati mahkum majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mobaynidagi soatlar bilan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Majburiy jamoat ishlari bir yuz yigirma soatdan toʻrt yuz sakson soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi va dam olish kunlari hamda mahkum oʻqishda yoki asosiy ishda band boʻlmagan kunlari toʻrt soatdan oshmagan holda oʻtaladi. Ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa, ish yoki oʻqishdan oldin yoki keyin ikki soatdan, mahkumning iltimosiga koʻra esa, toʻrt soatdan oshmagan holda olti oy davomida, mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa — bir yilgacha boʻlgan muddat davomida oʻtaladi. Mahkum tomonidan bajariladigan majburiy jamoat ishlarining vaqti haftasiga oʻn ikki soatdan kam boʻlmasligi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Majburiy jamoat ishlari mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha boʻlgan muddatga tayinlanadi. Voyaga yetmagan tomonidan oʻtaladigan majburiy jamoat ishlari vaqti dam olish kunlari va mahkum oʻqishda yoxud asosiy ishda band boʻlmagan kunlari uch soatdan, ish kunlari, oʻquv darslari (mashgʻulotlar) oʻtkaziladigan kunlari esa — ikki soatdan, biroq haftasiga uch kundan oshmasligi lozim. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga va maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, oʻquv jarayonini buzmasligi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majburiy jamoat ishlari muddatlariga ish joyiga yetib kelish va ovqatlanish vaqti, shuningdek, mahkum ishlarni bajarishga alkogol, giyohvand yoki zaharvand mastligi holatda kelgan vaqt jazoni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Majburiy jamoat ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mahkum tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etish maqsadida mahkumning asosiy ish (oʻqish) joyidagi ish (oʻqish) jadvalidan va jazoni oʻtaydigan joy (obyekt) boʻyicha tashkilot (organ) ish tartibidan kelib chiqqan holda, jazoni oʻtaydigan joy (obyekt) boʻyicha tashkilot (organ)ning javobgar ishchisi tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashning har oylik jadvali tuziladi hamda mahkumning ishga chiqishi tabeli toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijro etilishi mehnat qonunchiligi boʻyicha tartibga solinmaydi, mahkum bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi va u jazoni oʻtaydigan tashkilotning ishchilari hisobi (shtati)ga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mahkumlar tomonidan bajarilgan ish hajmini nazorat qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, ular dam olish va bayram kunlari jazoni oʻtashmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mahkumga asosiy ish joyidan navbatdagi har yilgi mehnat taʼtili, taʼlim olish munosabati bilan va ijodiy taʼtillar berilishi, shuningdek, oʻqish taʼtillari (kanikul) majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtash vaqti mehnat stajiga qoʻshilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Probatsiya boʻlinmasining, mahkumning jazoni oʻtash joyidagi tashkilot (organ)ning va mahkumning huquq va majburiyatlari
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Probatsiya boʻlinmasi mahkumga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda quyidagilarga haqli:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumga hafta yoki oy mobaynida majburiy jamoat ishlari soatlarining kamroq miqdorini ishlab berishga ruxsat etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash kursini oʻtash va yaqin qarindoshi (er-xotin, ota-ona, farzandlar, farzandlikka olgan va farzandlikka olinganlar, tugʻishgan aka-uka va opa-singillar, buva va buvilar, nevaralar) oʻlimi holatida mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish uchun ruxsat etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumga Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqishga ruxsat berish (chetga chiqishga ruxsat berishni rad etish)ga qaror qilingan taqdirda, probatsiya boʻlinmasi bu borada asoslantirilgan qaror chiqaradi va mahkumga taqdim etadi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Probatsiya boʻlinmasi:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarning hisobini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni har ikki oyda bir marotaba amalga oshirishi;
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qidiruv eʼlon qilish yoki jazoning oʻtalmay qolgan muddatini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuborishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum talabiga koʻra jazodan ozod qilingani yoki jazoni oʻtab boʻlgani haqida maʼlumotnoma taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganida yoki uzrli sabablarga koʻra doimiy yashash joyidan chiqib ketganida jazoni ijro etish boshlanishi vaqtini kechiktirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum kasallikka chalinishi (agar majburiy jamoat ishlariga jalb qilingan shaxs oʻzining kasalligi haqida maʼlum qilsa, u probatsiya boʻlinmasi tomonidan mehnatga layoqatliligini aniqlash uchun vrach-mehnat ekspert komissiyasi (VMEK)ga yuboriladi) sababli, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash vaqtida (agar u oʻzining doimiy yashash joyini uzrli sabablarsiz tashlab ketgan hamda majburiy jamoat ishlariga probatsiya boʻlinmasini xabardor qilmagan holda chiqmay qoʻygan boʻlsa), bitiruv imtihonlarini topshirishda, mahkum huquqbuzarlik sodir etgani uchun maʼmuriy qamoq ostida boʻlgan vaqtida, shuningdek, mahkum tomonidan yangi jinoyat sodir etilgani sababli ushlangan holatlarda jazoni ijro etishni vaqtincha toʻxtatib turishi shart.
(24-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasi bilan kelishgan holda, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, mahkum yashash joyidagi aholi punkti hududi doirasida yoki doimiy yashash joyiga (nafaqat majburiy ishlarni bajarishi, balki asosiy ishi, oʻqishini hisobga olgan holda) har kuni qaytib kelish imkoniyatiga ega boʻlgan hududda, majburiy ishlarni ijro etishning aniq joyini oʻzgartirishga haqli.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumga tashkilot (organ)ning ichki mehnat tartibi qoidalarini tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum bajaradigan ishni tashkil etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumga zarur xavfsizlik vositalari taqdim etgan holda ortiqcha tavakkalchilik yoki xavf-xatardan muhofaza qilishni va ular tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkum tomonidan bajarilishi nazarda tutilayotgan jazoni oʻtash soatlariga muvofiq ish hajmini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarga masʼul xodimni biriktirish orqali ular tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda va jazo muddati tugaganidan soʻng probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati haqida maʼlumotlar taqdim etishi;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar tomonidan sodir qilingan mehnat intizomi buzilishi holatlari haqida probatsiya boʻlinmasini zudlik bilan xabardor qilishi;
(26-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasbiy kasallikka chalinishi yoki salomatligining boshqa xil shikastlanishi, agar zarar mahkum tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati aybi bilan emas, balki yengib boʻlmas kuch yoxud jabrlanuvchi qasdi bilan yetkazilganini isbot eta olmasa yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplash choralarini koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi mahkum ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham mehnatda jarohatlanishi, shuningdek, ish beruvchi tomonidan ajratilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda shikastlanishi natijasida yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mahkum quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni oʻtash tartibi va shartlari toʻgʻrisida, shuningdek, oʻzining huquq va majburiyatlari haqida axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
probatsiya boʻlinmasiga, yuqori turuvchi rahbariyatga va boshqa davlat organlariga taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy jamoat ishlarini oʻtash davomida mehnatga layoqatini yoʻqotganda (shu jumladan ushbu jazoni oʻtash davrida homiladorlik va tugʻish taʼtili berilgan ayollar) yoki pensiya yoshiga yetgan taqdirda, qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma bilan murojaat etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mahkum:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi;
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etish va oʻtash shartlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi (mahkum tomonidan majburiy jamoat ishlari jadvaliga rioya etishi, ishlab chiqarish vazifalari va belgilangan normalarni bajarishi, bevosita ishlarni bajarish davrida jamoat tartibi va mehnat intizomini buzish holatlariga yoʻl qoʻymasligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtash davomida qoʻshimcha (navbatdan tashqari) ishlar va oʻrindoshlik asosida ishlashni toʻxtatishi, agar ularning bajarilishi sud hukmini lozim darajada ijro etishga xalaqit berayotgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek, uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart. Mahkum probatsiya boʻlinmasiga yetib kelmagan taqdirda, u majburan keltirilishi mumkin
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkum majburiy jamoat ishlari obyektini mustaqil tarzda oʻzgartirishi yoki ishlarni toʻxtatishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahkumga probatsiya boʻlinmasining ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish taqiqlanadi.
(28-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Majburiy jamoat ishlarini tashkil etish va oʻtkazish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari turlari roʻyxatiga muvofiq, majburiy jamoat ishlarining turlari hamda mazmunini koʻrsatgan holda mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar)ning roʻyxatini har chorakda kelishish uchun probatsiya boʻlinmasiga taqdim etadilar;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish va ularning xulqini nazorat qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahkumlar mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan kelishgan holda Majburiy jamoat ishlari turlari roʻyxatida nazarda tutilgan ishlarning mazmunini, belgilangan majburiy jamoat ishlari turlari doirasida hamda ularga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda kengaytirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Mahkumlarning avariyalar, tabiiy ofatlar va shunga oʻxshash boshqa hodisalar oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq faoliyat turlariga jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo ijrosini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Tadbirlar

 

Ijro muddati

 

 

 

 

 

 

 

1-bosqich

 

Jinoyat ishlari

boʻyicha sudlar

 

Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoga hukm qilinganlarga nisbatan hukm chiqaradi va ularni jazoni ijro etish uchun probatsiya boʻlinmasiga joʻnatadi.

 

Sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan kuni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2-bosqich

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

 

Mahkumlar jazoni oʻtashi mumkin boʻlgan joylar (obyektlar) roʻyxatini kelishish uchun probatsiya boʻlinmasiga taqdim etadi.

Mahkumning jazoni oʻtashi uchun zarur sharoitlar tashkillashtirilishini taʼminlaydi, mahkumlar mehnatini  qoʻllash samaradorligini oʻrganadi

 

Har chorakda

 

 

 

Doimiy ravishda

 

Probatsiya boʻlinmasi

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga koʻra mahkum jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda)gi tashkilotlarga jazoni oʻtash uchun yuboradi.

 

Probatsiya boʻlinmasiga hukm kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun kun muddatda

 

 

 

    

 

   

 

3-bosqich

 

Mahkumlar jazoni

oʻtaydigan tashkilot

 

Mahkumning jazoni oʻtashga jalb etilganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qiladi.

 

3 sutka mobaynida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahkumga ichki mehnat tartibi qoidalarini tushuntiradi, ishlarni tashkil etadi, ishlarni bajarishi uchun tegishli sharoitlar bilan taʼminlaydi, ish hajmini belgilaydi, va ularnining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

 

Doimiy ravishda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori va bajarilgan ishlarning sifati haqida maʼlumotlar taqdim etadi.

 

Har oyda va muddatlar tugashi bilan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahkumlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan mehnat intizomini buzilishi holatlari haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qiladi.

 

Zudlik bilan

 

 

 

  

 

   

 

  

 

4-bosqich

 

Probatsiya boʻlinmasi

 

Mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini, shuningdek, tashkilotlar tomonidan hukm talablarining ijrosini nazorat qiladi.

 

Doimiy ravishda

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahkumlarga nisbatan quyidagilar boʻyicha sudga taqdimnoma kiritadi:

jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan taqdirda, jazoning oʻtalmagan muddatini boshqa jazo toʻri bilan almashtirish yoki qidiruv eʼlon qilish;

jazoni oʻtash davrida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan yoki pensiya yoshiga yetgan, shuningdek, ayollar tomonidan jazoni oʻtash davrida homiladorlik yoki toʻgʻish taʼtili berilgan taqdirda, jazodan ozod etish toʻgʻrisida.

 

Zudlik bilan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahkumning jazoni oʻtab boʻlganligi yoki jazodan ozod qilinganligi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahri IIBB axborot markaziga tegishli maʼlumot joʻnatadi.

 

3 sutka mobaynida

 

 

 

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoni ijro etishni tashkil etish tartibi haqidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎‎‎Majburiy jamoat ishiga‎‎

‎‎YOʻLLANMA

‎‎___________________________________________________________________

‎‎‎‎‎‎(korxona, tashkilot, muassasa nomi va manzili) ‎‎

‎‎
___________________________________________________________________

‎Mahkum ______________________________________________________________________

‎‎‎‎(F. I. O.) ‎‎

‎‎___________________________________________________________ga muvofuq

‎‎(mutaxassisligi, kasbi koʻrsatilsin)

‎‎_______________________________________________________ davrga majburiy jamoat ishlarini bajarish uchun ishga joylashtirish boʻyicha yuborilmoqda.
‎‎Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun mobaynida bizga xabar qilishingizni soʻraymiz.
‎‎Probatsiya boʻlinmasi boshligʻi (katta inspektori)
‎‎___________________________________________________________________

M.Oʻ‎‎

‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎201__ yil “___” __________________
‎‎‎‎‎
=============================================================================

Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida

‎‎JAVOB

‎‎Mahkum ______________________________________________________________________

(F. I. O.)

‎‎______________________________________________________________________ boʻyicha

(mutaxassisligi, kasbi)

____________________________________muddatga majburiy jamoat ishiga qabul qilindi.
‎‎‎‎‎

Rahbar:‎‎‎

___________________‎‎

‎M.Oʻ

‎‎(imzo)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-maydagi 346-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy jamoat ishlari turlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ish turlari

Ish mazmuni

1.

Shaharlar, tumanlar, posyolkalar, dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.

Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash; hududlarni tozalash, qishki yigʻishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor-muzni koʻchirish; yozgi yigʻishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash; hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish: namlab supurish va zinalarni yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish; ishlab chiqarish hududlarini yigʻishtirish; yoʻllarni, aylanma koʻprik va koʻpriklarni taʼmirlash* va qurish*; hududlarni koʻkalamzorlashtirish; oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish (sugʻorish, shakl berish, oʻrish, organik va maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish); elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (elektr tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); suv taʼminoti obyektlari (suv quvurlari tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanish*); dam olish zonalari, sport va bolalar maydonchalari, tarixiy-arxitektura yodgorliklari, qabristonlarni obodonlashtirish.

2.

Qurilish-montaj ishlari

Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, choʻmilish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar* qurish.

3.

Yuk ortish-tushirish ishlari

Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish; vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash.

4.

Sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlar

Kasalxona va boshqa tibbiyot muassasalarining binolari va hududlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlar (farroshlar, sanitarlar, hovli-hudud tozalovchilari, bogʻbonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.

5.

Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar

Taʼlim muassasalarining binolari va hududlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlar (farroshlar, hovli-hudud tozalovchilari, bogʻbonlar, qorovullar, texnik xodimlar)*.

6.

Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar

Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish.

7.

Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar

Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish**, paxta terish**, ekinlarni oʻtash**, chorva ozuqasi tayyorlash, chorva mollari boqish va boshqalar).

8.

Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish boʻyicha ishlar

Makulatura, shisha idishlar, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimerlar, ikkilamchi metall buyumlarni toʻplash va shu kabilar.

9.

Tegishli roʻyxatlardan oʻtgan nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz yashovchi keksalar va ogʻir turdagi bemorlarning uy-joylarini taʼmirlash hamda hududlarini obodonlashtirish ishlari

Uy-joylarni taʼmirlash hamda hududlarni obodonlashtirishda koʻmaklashish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Malaka va kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlmagan mahkumlar faqat (*) bilan belgilangan yordamchi ishlarga jalb qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Voyaga yetmaganlar (**) belgisi qoʻyilgan ishlarga jalb etilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlarni bajarish uchun tegishli malaka talab etiladigan ayrim ish turlariga zarur malakaga va kasb-hunar koʻnikmalariga ega boʻlgan mahkumlar jalb qilinishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/346/1174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)