O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1642-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-son “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Mikrokredit tashkilotining kapitali quyidagi komponentlardan iborat:
a) ustav kapitali;
b) zaxira kapitali;
v) taqsimlanmagan foyda;
g) boshqa o‘z mablag‘lari.”.
2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga;
kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mikrokreditlar (mikroqarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 10/18/1642-3/1181-son)