04.05.2018 yildagi PQ-3695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy sohani isloh qilish va mamlakat aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, buning asosida aholini, ayniqsa qishloq joylardagi istiqomat qilayotgan aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlashdagi muhim masalani hal etish dasturlari boʻyicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblangan aholi punktlarini markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan qamrab olishni koʻpaytirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili va vaziyatni joylarda oʻrganish natijalari mamlakatning koʻplab aholi punktlarida mazkur masala jiddiyligidan dalolat beradi, bunga sabab esa mintaqalarda suv taʼminotini kompleks rivojlantirish boʻyicha oʻz vaqtida qabul qilinmagan choralar, shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchilarning toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishdagi yillab yigʻilib kelgan muammolarni yechishga kerakli eʼtibor mavjud emasligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichimlik suvi taʼminotidagi eng ogʻir vaziyat Jizzax viloyatining qator aholi punktlarida yuzaga kelgan. Viloyat aholi punktlarining yarmidan koʻpi markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlanmagan. Suv olish inshootlarining aksariyati oʻtgan asrning 70 — 80 yillarida qurilgan hamda juda eskirib ketganligi oqibatida ularning quvvati 3 barobardan koʻpga qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararsizlantiruvchi uskunalarning mavjud emasligi natijasida kimyoviy va bakteriologik koʻrsatkichlar boʻyicha ichimlik suvi yuqori darajada ifloslanishi kuzatilmoqda, bu esa mazkur hududda epidemiologiya vaziyatiga salbiy taʼsir koʻrsatib kelayapti, ayniqsa Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari va Jizzax shahrida aholi oʻrtasida oʻtkir ichak kasalliklari ortib borishiga sabab boʻlayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi yashashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududni rivojlantirish, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari va Jizzax shahrini markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan qamrab olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, “Jizzax” suvini taqsimlash uzeli, magistral va suv quvurlari qurilishini nazarda tutuvchi “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suvi taʼminoti tizimini yaxshilash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) 2018 — 2020-yillarda amalga oshirish toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha daromadlari kapital mablagʻlari limiti hisobidan suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv olish inshootidan suv tozalash inshootlarigacha boʻlgan uzunligi 16 km suv quvurlari va tozalash inshootlaridan uzunligi 20 km boʻlgan magistral suv quvuri qurilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda — markazlashtirilgan manbalarning kapital mablagʻlari limiti hisobiga suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, “Jizzax” suvni taqsimlash uzeli, uzunligi 146 km boʻlgan magistral va suv quvurlari qurilishini moliyalashtirishni tashkillashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining mavjud boʻlgan va loyihalashtirilayotgan suv olish inshootlari hamda quduqlarni inobatga olgan holda Zarafshon daryosining yillik ish tartibi, suv debiti mavjudligi va uni aholining ichish ehtiyojlari uchun foydalanishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi xulosa maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilda loyihani amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda ularning kalendar jadvaliga muvofiq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga — 160 mlrd soʻm miqdoridagi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha daromadlari hisobiga kapital mablagʻlarning qoʻshimcha limitini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda buyurtmachini, bosh loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilashni, loyihani samarali va sifatli amalga oshirishni taʼminlash, shuningdek, loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda respublikada ishlab chiqariladigan polietilen quvurlari, qurilish va yoqilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berishda bir hafta muddatda loyiha xarajatlarini optimallashtirish boʻyicha tegishli hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha, pudrat va subpudrat tashkilotlari loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilayotgan hajmlari uchun — davlat maqsadli jamgʻarmalariga boʻlgan barcha soliq va majburiy toʻlovlardan;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, bosh loyiha va pudrat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi va subpudrat tashkilotlari tomonidan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalar — qoʻshimcha qiymat soligʻidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalar 2021-yilning 1-yanvarigacha — bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining loyiha doirasida asoslangan takliflarini hisobga olgan holda xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalarni tanlab olish hamda sotib olish yoʻllarini amalga oshirish tartibini, shuningdek, maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun subpudrat tashkilotlarini tanlab olish tartibini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda qurilish-montaj ishlarini bajarishda moliyalashtirish uchun loyihani amalga oshirish doirasida markazlashtirilgan manbalar hisobidan loyihani har yili shakllantiriladigan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3695-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 07/18/3695/1163-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)