04.05.2018 yildagi PQ-3695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy sohani isloh qilish va mamlakat aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, buning asosida aholini, ayniqsa qishloq joylardagi istiqomat qilayotgan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muhim masalani hal etish dasturlari bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblangan aholi punktlarini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olishni ko‘paytirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlarning tahlili va vaziyatni joylarda o‘rganish natijalari mamlakatning ko‘plab aholi punktlarida mazkur masala jiddiyligidan dalolat beradi, bunga sabab esa mintaqalarda suv ta’minotini kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘z vaqtida qabul qilinmagan choralar, shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchilarning toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdagi yillab yig‘ilib kelgan muammolarni yechishga kerakli e’tibor mavjud emasligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichimlik suvi ta’minotidagi eng og‘ir vaziyat Jizzax viloyatining qator aholi punktlarida yuzaga kelgan. Viloyat aholi punktlarining yarmidan ko‘pi markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan ta’minlanmagan. Suv olish inshootlarining aksariyati o‘tgan asrning 70 — 80 yillarida qurilgan hamda juda eskirib ketganligi oqibatida ularning quvvati 3 barobardan ko‘pga qisqargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararsizlantiruvchi uskunalarning mavjud emasligi natijasida kimyoviy va bakteriologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ichimlik suvi yuqori darajada ifloslanishi kuzatilmoqda, bu esa mazkur hududda epidemiologiya vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayapti, ayniqsa Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrida aholi o‘rtasida o‘tkir ichak kasalliklari ortib borishiga sabab bo‘layapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi yashashi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududni rivojlantirish, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, “Jizzax” suvini taqsimlash uzeli, magistral va suv quvurlari qurilishini nazarda tutuvchi “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — loyiha) 2018 — 2023-yillarda amalga oshirish to‘g‘risidagi;
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihani amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilda — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha daromadlari kapital mablag‘lari limiti hisobidan suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv olish inshootidan suv tozalash inshootlarigacha bo‘lgan uzunligi 16 km suv quvurlari va tozalash inshootlaridan uzunligi 20 km bo‘lgan magistral suv quvuri qurilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-2020-yillarda — markazlashtirilgan manbalarning kapital mablag‘lari limiti hisobiga suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, “Jizzax” suvni taqsimlash uzeli, uzunligi 146 km bo‘lgan magistral va suv quvurlari qurilishini moliyalashtirishni tashkillashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining mavjud bo‘lgan va loyihalashtirilayotgan suv olish inshootlari hamda quduqlarni inobatga olgan holda Zarafshon daryosining yillik ish tartibi, suv debiti mavjudligi va uni aholining ichish ehtiyojlari uchun foydalanishga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosa ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilda loyihani amalga oshirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilda ularning kalendar jadvaliga muvofiq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga — 160 mlrd so‘m miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobiga kapital mablag‘larning qo‘shimcha limitini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda buyurtmachini, bosh loyiha va pudrat tashkilotlarini belgilashni, loyihani samarali va sifatli amalga oshirishni ta’minlash, shuningdek, loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda respublikada ishlab chiqariladigan polietilen quvurlari, qurilish va yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazib berishda bir hafta muddatda loyiha xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha tegishli hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Loyihani amalga oshirish doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha, pudrat va subpudrat tashkilotlari loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarining bajarilayotgan hajmlari uchun — barcha turdagi soliq to‘lovlaridan;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, bosh loyiha va pudrat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchi va subpudrat tashkilotlari tomonidan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalar — qo‘shimcha qiymat solig‘idan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi, bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, tovarlar (ishlar, xizmatlar), jumladan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib kelinadigan xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalar 2021-yilning 1-yanvarigacha — bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining loyiha doirasida asoslangan takliflarini hisobga olgan holda xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uskunalarni tanlab olish hamda sotib olish yo‘llarini amalga oshirish tartibini, shuningdek, maxsus qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun subpudrat tashkilotlarini tanlab olish tartibini belgilasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda qurilish-montaj ishlarini bajarishda moliyalashtirish uchun loyihani amalga oshirish doirasida markazlashtirilgan manbalar hisobidan loyihani har yili shakllantiriladigan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.X. Saliyev va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3695-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 07/18/3695/1163-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 25.05.2022-y., 06/22/140/0450-son)