07.05.2018 yildagi PQ-3698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, mamlakatda qisqa muddatda innovatsiyaga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga va innovatsiyalarni keng joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikani innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi organ tashkil etilganligi, uning huzurida Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi shakllantirilganligi mazkur yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, ularga, avvalambor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tadqiqotlarining natijalarini tijoratlashtirish ko‘rsatkichlarining pastligi hamda qoniqarsizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, innovatsion jarayonlarni rag‘batlantirish, hududlar va tarmoqlar darajasida innovatsion rivojlanish va innovatsion faollik kompleks dasturlarini amalga oshirish, innovatsion faol tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, xususiy sektor vakillarining innovatsion faoliyatga, jumladan ularning manfaatdorligi pastligi sababli yetarli darajada jalb qilinmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlarni taqsimlash va ulardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarning mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni joriy qilish sohasida xalqaro hamkorlik va investitsiyalar jalb etish darajasining qoniqarsizligi kabi omillar sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi o‘rniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamg‘armalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini (keyingi o‘rinlarda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari deb yuritiladi) lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari innovatsiya faoliyatiga oid masalalar, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari bo‘yicha bevosita O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi yiliga kamida ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ilmiy-innovatsion faoliyatini baholash yuzasidan axborot kiritadi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining tegishli o‘rinbosari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar hamda ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy ta’lim muassasalarining innovatsion jamg‘armalarini (keyingi o‘rinlarda — innovatsion jamg‘armalar) shakllantirish innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar, oliy ta’lim muassasalarining ish haqi, stipendiya to‘lash, shuningdek, boshqa joriy xarajatlari qoplangandan keyin to‘lov-kontrakt mablag‘larining 5 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion jamg‘armalarning mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari va butlovchi buyumlar sotib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik startap loyihalarni moliyalashtirishga;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilashga, ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalari faoliyati innovatsion jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda rahbar o‘rinbosarlaridan birini innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil 1-oktabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda tadbirlarni moliyalashtirishning aniq miqdor va manbalarini belgilab kelgusi yil uchun tegishli tarmoq va sohalarni innovatsion rivojlantirishning “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishini, shuningdek, ularning samarali amalga oshirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoniga muvofiq Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari etib, tegishli qismlarda, boshqa manbalar bilan bir qatorda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashi Jamg‘armaga kelib tushadigan mablag‘larning, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga yo‘naltirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2017 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining yetishmayotgan qismida o‘z vaqtida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlansin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalarini moliyalashtirish uchun 2018-yilda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 50 milliard so‘m miqdorida budjet mablag‘larini ajratsin hamda mablag‘larni o‘zlashtirish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining asoslantirilgan takliflariga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning qo‘shimcha manbalari yuzasidan takliflar kiritsin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar asosida amalga oshirilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarining tizimli monitoringini, shu asosda maqsadsiz ishlatilayotgan grant mablag‘larini boshqa istiqbolli va talab yuqori bo‘lgan mavzuga oid loyihalarni amalga oshirish uchun qayta yo‘naltirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan hamda moliya yili davomida o‘zlashtirilmagan mablag‘lardan kelgusida maqsadli foydalanishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha mavzuga oid grantlar berish yuzasidan bir yilda bir marotaba tanlov e’lon qilishni amalga oshirsin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan ilmiy asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, sarflash materiallari, reaktivlar, dasturiy ta’minot bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ularning asosiy faoliyati bo‘yicha barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar bundan mustasno, bo‘shayotgan mablag‘lar ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun maqsadli yo‘naltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining mehnatiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va budjetdan tashqari boshqa manbalar hisobidan haq to‘lash shartlari vazirlik hay’ati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda innovatsion g‘oyalar mualliflarini, mazkur g‘oyalarni amalga oshiruvchi tashkilotchilar va homiylarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlagan holda respublikada innovatsiyalarni rivojlantirishga ko‘maklashgan alohida tadbirkorlik subyektlarini taqdirlash marosimini o‘tkazishni nazarda tutib, respublikada har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” o‘tkazilishini tashkil qilish choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3698-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisi “Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-ilovaning rus tili matnidagi “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki i razvitiya nauchno-texnicheskoy deyatelnosti” so‘zlari “Videleniye sredstv budet osushestvlyatsya po mere postupleniya sredstv v Fond podderjki innovatsionnogo razvitiya i novatorskix idey. Pri etom po nedostayushey chasti sredstv Fonda rasxodi osushestvlyayutsya za schet i v predelax videlennix budjetnix sredstv” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati quyidagi mazmundagi 282-band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“282. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)