07.09.2017 yildagi PQ-3260-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida “Eski shahar” turizm zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning turizm salohiyatini yanada oshirish, xususan, Toshkent shahrining eski shahar hududidagi mavjud madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-diniy obyektlardan samarali foydalangan holda turizm tarmog‘ini rivojlantirish, bo‘sh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A. Navoiy ko‘chasi manzili bo‘yicha joylashgan sobiq “Chorsu” mehmonxona kompleksining bino va inshootlari, “Chorsu” maydoni (keyingi o‘rinlarda — obyekt deb ataladi) uzoq vaqt davomida bo‘sh turibdi, hozirgi vaqtda ushbu obyekt Toshkent shahar hokimligining Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidadir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi va “Demir group” Turkiya kompaniyasi o‘rtasida mehmonxona kompleksi va biznes markazi tashkil etgan holda “Chorsu” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish sohasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu memorandumni amalga oshirish maqsadida “Demir group” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida “Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasi tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Demir group” kompaniyasining obyekt negizida eski shaharning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-diniy obyektlaridan foydalangan holda zamonaviy mehmonxona, an’anaviy hunarmandchilik ustaxonalari va do‘konlar bilan birgalikda savdo-ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish va turizm kompleksini o‘z ichiga olgan “Eski shahar” turizm zonasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan obyektni “Demir group” kompaniyasiga “nul” xarid qiymatida berish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki, “Demir group” kompaniyasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chorsu” mehmonxonasini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 4 yulduzli darajadan kam bo‘lmagan 270 ta xonali, restoranlar, do‘konlar, SPA salonlar va zarur infratuzilma hamda avtoturargohni o‘z ichiga olgan yangi mehmonxona majmuasini tashkil etishni nazarda tutuvchi ikki yil muddatda “Eski shahar” turistik zonasini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatisiz o‘z mablag‘lari, xorijiy investorlar va tijorat banklarining mablag‘larini jalb etgan holda umumiy qiymati kamida 33,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga kamida 350 ta yangi ish o‘rni yaratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i mavjud bo‘lgan xalqaro mehmonxona brendini hamkor sifatida jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2017 — 2019-yillar — loyihani amalga oshirish muddati etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Demir group” kompaniyasi bilan ushbu qarorning 4-bandida ko‘rsatilgan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan obyektni “nul” xarid qiymati bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Demir group” kompaniyasi tomonidan o‘z zimmasiga olingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar tegishli darajada bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Barcha zarur infratuzilmasi bilan birgalikda mehmonxona hududi turizm zonasi sifatida to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “Demir group” kompaniyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Eski shahar” turizm zonasini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi chegaralarini belgilasin hamda kadastr hujjatlari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 31-dekabrgacha “Eski shahar” turizm zonasini va mehmonxona majmuasini rekonstruksiya qilish, qurish va jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha “Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasi va uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan asbob-uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar, mebel va jihozlar bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasi “Eski shahar” turizm zonasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 7 yil muddatga foyda solig‘i, mulk solig‘i, yer solig‘i, to‘lashdan;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Eski shahar” turizm zonasi hududida tashkil etiladigan tadbirkorlik obyektlari, hunarmandchilik ustaxonalari va madaniy-ma’rifiy hamda ma’naviy-diniy mahsulotlarni sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi do‘konlar “Eski shahar” turizm zonasi foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil muddatga aylanmadan olinadigan soliq to‘lashdan ozod etilsin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasining talabnomasi bo‘yicha, loyihani amalga oshirishda qatnashish uchun jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasining talabnomalariga ko‘ra loyihani amalga oshirishda qatnashish uchun jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar belgilangan tartibda uzaytirilishini, muvaqqat propiska o‘z vaqtida berilishini (uning muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Inter Tourism” MCHJ qo‘shma korxonasining talabnomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinishi uchun ruxsatnomalar belgilangan tartibda o‘z vaqtida berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi tasdiqnomalari berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A. Qo‘chqorov, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. G‘ulomov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3260-son