O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunlar va qabul qilinayotgan qarorlarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq-tartibotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-may,
PF-5436-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PF-5436-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 62-band bilan to‘ldirilsin:
“62. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining bayrog‘i va emblemasi namunalari 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tasdiqlanadi”.
2. 10 va 11-bandlardagi “5-ilovaga” va “6-ilovaga” degan so‘zlar tegishincha “7-ilovaga” va “8-ilovaga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 5 va 6-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga
5-ILOVA
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrog‘ining
TAVSIFI
TAVSIFI
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda bayroq deb yuritiladi) barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi moviy rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Bayroq markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining emblemasi tasvirlangan.
Bayroq uzunligi — 250 sm, eni — 125 sm.
Bayroqning hajmi boshqacha ham bo‘lishi mumkin, biroq barcha hollarda bayroqning eni uzunligiga nisbatan 1:2 bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5019-sonli Farmoniga
6-ILOVA
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi — geraldik belgi
TAVSIFI
TAVSIFI
Geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi emblemasi pastki qismi cho‘zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak qalqon ko‘rinishiga ega bo‘lib, davlat va jamiyatni himoya qilish ramzini anglatadi.
Qalqon ortida — ikkita diagonal kesishgan o‘tkir tig‘lari pastga yo‘naltirilgan qilichlar joylashgan. Qilichlar dastasi beshta halqadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi faoliyatining asosiy prinsiplari — birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikni ifodalaydi.
Qalqon yuzasi va qilichlar kumush rangda. Qalqon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning Kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi bo‘rtma to‘g‘ri chiziqlar tortilgan.
Qalqonning chap tomonida to‘q ko‘k rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: “O‘ZBEKISTON”, o‘ng tomonida: “PROKURATURASI” deb yozilgan.
Geraldik belgi qonun hujjatlariga muvofiq bir xil rangda (siluet tarzida) tasvirlanishi mumkin”.
4. 5 va 6-ilovalardagi “5-ilova” va “6-ilova” degan so‘zlar tegishincha “7-ilova” va “8-ilova” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 06/18/5436/1175-son)