Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2022 28.04.2018 yildagi 317-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 563-sonli “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, Hukumatning ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli tadbirlar izchil amalga oshirilayotgani, shuningdek, 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylariga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlash zarur. 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2018-yil 1-maydan quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzallar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini olish huquqiga ega bo‘lgan 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar ushbu tovar va mahsulotlarni mazkur qarorda nazarda tutilgan tartibda oladilar.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni ta’minlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzal bilan — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining 1941—1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, zarur kiyim-kechak va poyabzallarni jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘limlari orqali xarid qilish va yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarni jamg‘armaga yuklash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Nuroniy” jamg‘armasi va “Xalq banki” ATBga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarini, bir vaqtning o‘zida davlat pensiyalari va nafaqalarini ham yashash joyiga to‘lov undirmasdan yetkazib berish (topshirish) tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Nuroniy” jamg‘armasi 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan har oyning 15 sanasigacha, zarur kiyim-kechak va poyabzallar bilan 1-oktabrdan kechiktirmasdan o‘z vaqtida ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Nuroniy” jamg‘armasi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarning ro‘yxatlari har oyda shakllantirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
317-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-apreldagi 317-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovarlar nomi

O‘lchov birligi

1 kishi uchun bir oyga belgilangan norma

1.

Un (oliy nav)

kg

3

2.

Guruch

kg

1

3.

Grechka yormasi

kg

0,5

4.

Makaron mahsulotlari

kg

0,5

5.

Mol go‘shti (suyaksiz)

kg

1

6.

Uy parrandasi go‘shti

kg

1

7.

Sariyog‘

kg

0,2

8.

Tuxum (dona)

dona

15

9.

Shakar

kg

1

10.

Kungaboqar yog‘i

l

1

11.

Ko‘k yoki qora choy

kg

0,2

12.

Atir sovun

kg

0,1

13.

Kirsovun (65%)

kg

0,2

14.

Kir yuvish kukuni

kg

0,15

15.

Kattalar uchun taglik

dona

8

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-apreldagi 317-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush faxriylarini va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul taqdim etish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zarur kiyim-kechak va poyabzallar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tovarlar nomi

O‘lchov birligi

Soni

Taqdim etish davriyligi

Erkaklarga

1.

Kostyum

dona

1

Har yili

2.

Kurtka

dona

1

Har 2 yilda

3.

Bosh kiyim

dona

1

Har 2 yilda

4.

Poyabzal (qishki)

juft

1

Har yili

5.

Poyabzal (yengil)

juft

1

Har yili

6.

Ko‘ylak

dona

2

Har yili

7.

Ichki kiyim

dona

2

Har yili

8.

Ichki kiyim (qalin)

dona

1

Har yili

9.

Paypoq

juft

4

Har yili

10.

Sviter (qalin)

dona

1

Har yili

Ayollarga

1.

Ko‘ylak (qalin)

dona

1

Har yili

2.

Palto

dona

1

Har 2 yilda

3.

Ro‘mol (yozgi, qishki)

dona

1

Har 2 yilda

4.

Poyabzal (qishki)

juft

1

Har yili

5.

Poyabzal (yengil)

juft

1

Har yili

6.

Ko‘ylak (yengil)

dona

1

Har yili

7.

Ichki kiyim

dona

2

Har yili

8.

Ichki kiyim (qalin)

dona

1

Har yili

9.

Paypoq

juft

4

Har yili

10.

Sviter (qalin)

dona

1

Har yili

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 09/18/317/1137-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)