26.04.2018 yildagi 304-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq og‘zaki ijodining qadimiy an’analarini tiklash va milliy qadriyatlarni izchil rivojlantirish, ijodiy uyushmalar hamkorligida baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda baxshichilik va dostonchilik san’atining tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o‘rganish, bu borada fundamental tadqiqotlar olib borish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini to‘plash, nashr etish yuzasidan yana ko‘pgina chora-tadbirlarni amalga oshirishga ehtiyoj sezilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi-shoirlar ijodining o‘zbek madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatini yanada oshirish, shuningdek, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish, baxshichilik va dostonchilik san’atini ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali mamlakatimizda hamda chet ellarda targ‘ib etish, ustoz baxshilar va dostonchilar, soha olimlari va mutaxassislari, iqtidorli yosh baxshilar hamda doston ijrochilari faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruћida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda “yo‘l xaritasi” deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Termiz shaxrida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilarning o‘quv seminarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi bolalar musiqa va san’at maktablarida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sinflar ochish hamda mazkur musiqa va san’at maktablari o‘quv rejasiga va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablaridagi baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sinflarni o‘quv dasturiga muvofiq o‘quv qo‘llanmalari va adabiyotlari bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar musiqa va san’at maktablarida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sinflarda dars berish uchun respublikada ko‘zga ko‘ringan baxshi(jirov)larni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirib, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazini baxshi-shoirlar tomonidan yaratilgan va ijro etilayotgan doston, terma, aytimlarni sifatli yozib olish va targ‘ib etish uchun zarur bo‘lgan ovoz yozish hamda zamonaviy videotexnika vositalari bilan ta’minlash vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha bir hafta muddatda ishchi guruhlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yo‘l xaritasi” asosida ikki hafta muddatda tarmoq dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq dasturlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan mahalliy budjet mablag‘larining rejalashtirilishi va to‘liq ajratilishini ta’minlash hamda homiylar xayriyalarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zbek baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan ustoz baxshilar va dostonchilar, xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yosh baxshilar va doston ijrochilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi bo‘yicha hududlarda qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida xonadonlar ajratish choralarini ko‘rsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh baxshilar va doston ijrochilari ijodini hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 304-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baxshichilik va dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YO‘L XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun mas’ullar

1.

Mustaqillik bayramining 27 yilligi arafasida respublikada faoliyat yuritayotgan baxshilar ijodini tarannum etadigan “Mustaqillik baxshilari” kitob-albomini chop etish.

2018-yil avgust

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi “Ijod” fondi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi

2.

Chekka, olis hududlardagi baxshi-shoir, oqin, jirovlardan doston, terma, aytimlarni yozib olish uchun Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markaziga zamonaviy raqamli audio va video uskunalar xarid qilish.

2018-yil dekabr

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

3.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan maskanlarda doston va terma ijrochilik san’atini targ‘ib etishga qaratilgan 20 daqiqalik ko‘ngilochar tadbirlar hamda do‘mbira, chanqovuz, sibizg‘a, bo‘lamon, sopol nay, qo‘biz, qo‘shnay kabi o‘zbek milliy qadim cholg‘u asboblari va baxshichilik san’atiga oid adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish.

2018-yil maydan boshlab muntazam ravishda

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari

Qoraqalpog‘i�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyat hokimliklari,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Joylardagi mahallalar, madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari, ta’lim muassasalari hamda san’at saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish.

2018 — 2022-yillar har oyda bir marta

Ijrochilarning madaniy tadbirlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

5.

2018/2019 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo, viloyatlaridagi ayrim bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishi bo‘yicha ochiladigan sinflar uchun o‘quv reja va dasturlar asosida uslubiy qo‘llanmalar chop etish hamda media ilovalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlash.

2019 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligiga budjetdan ajratilgan mablag‘lar, ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari, hududiy madaniyat hamda moliya boshqarmalari

6.

O‘zbekiston xalq baxshilari haqida qisqa va asosiy ma’lumotlarni to‘plab, ularning portretlarini tayyorlash va joylardagi 312 ta bolalar musiqa va san’at maktablariga yetkazish.

2019 — 2022-yillar

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

7.

Taniqli baxshilar ishtirokida baxshichilik san’ati durdonasi hisoblangan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish” “Avazxon”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” kabi dostonlar haqida teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni muntazam ravishda tayyorlab borish va efirga uzatish.

2018-yil may oyidan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablaѓlari

Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

8.

Baxshichilik san’ati, dostonlar va xalq termalari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini to‘plash va nashr etish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi

9.

O‘zbek baxshichilik san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli baxshi-shoirlarning xotira kechalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatlarini keng targ‘ib ќilish.

muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari

10.

Xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar, davlat tadbirlari hamda xorij davlatlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlarida baxshi-shoirlarning ishtirokini ta’minlash.

2018 — 2022-yillar

Tadbirlar xarajatlari smetasi doirasida

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

11.

Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining kutubxona fondini milliy-ma’naviy ќadriyatlarimiz, madaniyatimiz, folklor, an’anaviy ќo‘shiќchilik hamda baxshichilik san’ati yo‘nalishiga doir chop etilgan yangi adabiyotlar bilan boyitish.

muntazam ravishda

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamѓarmasi

12.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlaridagi baxshichilik yo‘nalishi mavjud bolalar musiqa va san’at maktablarining baxshichilik san’atidan saboq berayotgan mutaxassislari malakasini oshirib borish.

2019-yil oktyabrdan boshlab muntazam ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

13.

O‘zbek baxshichilik san’atining taniqli namoyandalari faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film yaratish.

2019-yil noyabr

“O‘zbekkino” Milliy agentligiga budjetdan ajratilgan mablag‘lar

Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/304/1109-son; 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)