1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3002]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12/8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-sonli qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda — banklar deb yuritiladi) tomonidan majburiy rezervlarni hisoblash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda — Markaziy bank deb yuritiladi) depozitga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (roʻyxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlar — banklar tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga oʻtkazilgan pul mablagʻlari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar — banklarning mazkur Nizomning 1-ilovasida roʻyxati keltirilgan milliy valyuta va chet el valyutalaridagi majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlar normativi — Markaziy bank tomonidan bankning rezerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan oʻrnatiladigan foiz miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlarning normativ miqdori — banklar tomonidan Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar hajmi. Majburiy rezervlarning normativ miqdori rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha miqdoriga majburiy rezervlar normativini koʻpaytirish orqali hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtachalash koeffitsiyenti — majburiy rezervlar normativ miqdorining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida saqlanadigan oʻrtachalashtirilgan miqdorini aniqlashda foydalaniladigan qiymati 0 dan 1 gacha boʻlgan koeffitsiyent;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori — banklar tomonidan majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash orqali hisoblangan hamda banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash davri mobaynida saqlanishi lozim boʻlgan oʻrtacha hisobdagi pul mablagʻlarining eng kam miqdori;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari — majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar hamda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori chegirilgandagi qoldiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlarning hisob-kitob davri — majburiy rezervlarni saqlash davridan oldingi hisobot oyi;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlarni saqlash davri — birinchi kuni payshanbadan boshlanib, oxirgi kuni chorshanbada tugaydigan yigirma sakkiz yoki oʻttiz besh kalendar kunidan iborat boʻlgan majburiy rezervlarni saqlash davri;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash davri kalendari — majburiy rezervlarning saqlash davrini belgilovchi yillik kalendar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Majburiy rezervlar normativi, majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar meʼyori, majburiy rezervlar shakllantiriladigan va saqlanadigan valyuta turi, oʻrtachalash koeffitsiyenti hamda saqlash davri kalendari Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan oʻrnatiladi va rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning turi, valyutasi va muddatiga bogʻliq boʻladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 26-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Majburiy rezervlar boʻyicha banklarga foizlar toʻlash haqidagi qaror Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi taklifiga asosan respublika iqtisodiyotidagi vaziyat, bank tizimidagi likvidlik holati va monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Banklarning boshqa davlatlar hududida roʻyxatga olingan boʻlinmalarining majburiy rezervlarini hisoblash va depozitga oʻtkazish ushbu davlatlar qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Majburiy rezervlar banklar tomonidan milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan majburiyatlar boʻyicha Markaziy bankdagi rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida oʻrtachalashtirilgan miqdorini ushlab turish orqali shakllantiriladi va saqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (roʻyxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Majburiy rezervlarni hisoblash va depozitga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Har bir hisob-kitob davrining tugashi bilan banklar tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda mazkur Nizomning 3-ilovasidagi uslubiy koʻrsatmalar asosida Markaziy bankka depozitga oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar miqdori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bankda depozitga oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar miqdori majburiy rezervlar normativini rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha miqdoriga koʻpaytirish orqali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Rezerv shakllantiriladigan milliy valyuta yoki chet el valyutasidagi majburiyatlarning oʻrtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlarning oʻrtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun chegiriladigan hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga boʻlish orqali hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayram va dam olish kunlari uchun ushbu kunlardan oldingi oxirgi ish kunining rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining balans qoldiqlari olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Majburiy rezervlar hisob-kitobini Markaziy bankka taqdim qilish va qoʻshimcha ravishda majburiy rezervlar hisobvaragʻiga depozitga oʻtkazish lozim boʻlgan summalarni oʻtkazish banklar tomonidan saqlash davri boshlanish kunidan oldingi uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Majburiy rezervlarga ortiqcha mablagʻlar oʻtkazilganda, majburiy rezervlar hisob-kitobi taqdim etilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida, ortiqcha mablagʻlar Markaziy bank tomonidan bankka qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Majburiy rezervlar hisob-kitobi banklar tomonidan Markaziy bankka elektron pochta orqali belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan imzolangan holda yoʻllanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Majburiy rezervlar hisob-kitobi va taqdim qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish maʼlumotlar toʻliqligini, arifmetik hisob-kitoblarning toʻgʻriligini hamda hujjatlarda qayd qilingan maʼlumotlarning banklarning hisob-kitob davridagi buxgalterlik balansiga mos kelishini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarda yaxlitlash va almashuv kursi oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan farq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Keyingi saqlash davri boshlanguniga qadar banklarga Markaziy bankka taqdim etilgan hisob-kitoblar va hujjatlarga tuzatishlar kiritish imkoniyati beriladi. Tuzatish kiritilgan hisob-kitoblar bilan birga tegishli bank boshqaruv raisi tomonidan imzolangan tushuntirish xati taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaziy bankka oʻtkazilgan majburiy rezerv mablagʻlari banklarda 10309 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvaragʻi”da va Markaziy bankda 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻi”da yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning 10309 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvaragʻi”dagi qoldiq Markaziy bankdagi 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻi”dagi mablagʻlar qoldigʻiga teng boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻrtachalash koeffitsiyenti qoʻllanilganda majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va depozitga oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaziy bank tomonidan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi quyidagi talablarga javob beradigan banklarga beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va Markaziy bankdagi depozitga oʻtkazish tartibiga rioya qilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan davrda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash boʻyicha majburiyatini bajargan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur talablarga javob bermagan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaziy bank tomonidan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqini berish masalasi ularning murojaatlari asosida uch ish kunida koʻrib chiqiladi va bankka xabar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi berilgan hollarda mazkur huquq keyingi saqlash davridan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Banklar tomonidan mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan berilgan huquq bekor qilinadi. Mazkur huquqning qayta berilishi masalasi ikki oydan soʻng Markaziy bank tomonidan bankning tegishli murojaatnomasi asosida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari miqdori majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar hamda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini ayirgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Majburiy rezervlarni saqlash davrida oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqidan foydalanish uchun banklar majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini hisoblaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini hisoblash davri majburiy rezervlarni hisob-kitob davriga teng boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Majburiy rezervlarni saqlash davrida banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning oʻrtacha qoldigʻi majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdoridan kam boʻlmasligi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Majburiy rezervlarni qayta rasmiylashtirish va majburiy rezerv talablarini bajarish majburiyatini toʻxtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Banklarning qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan holatlarda majburiy rezervlar qayta rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish va toʻlovga qobiliyatsizlik holatlarida, unga vaqtinchalik tashqi boshqaruv tayinlanganda, shuningdek alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish yoki vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlardan foydalanish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilganda majburiy rezervlarni tartibga solish amaliyoti toʻxtatilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olinganda bankning majburiy rezervlar boʻyicha talablarni bajarish majburiyati toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Banklar tomonidan rezerv talablarining bajarilishi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari bajarilishi ustidan nazoratni Markaziy bank amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Majburiy rezervlar boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida taqdim etilmasligi yoki ularning notoʻgʻriligi, saqlash davrida kamomadni qoplash uchun talab etiladigan mablagʻlarning oʻtkazilmasligi va oʻrtachalashtirilgan majburiy rezervlar boʻyicha majburiyatning bajarilmasligi majburiy rezerv talablarini buzilishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari va majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini toʻgʻri shakllantirilganligi banklarning balans hisoboti asosida Markaziy bank tomonidan tekshirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Bank tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan qatʼiy tartibda majburiy rezervlar boʻyicha yetishmayotgan mablagʻlar va mazkur mablagʻlar hajmiga nisbatan qayta moliyalash stavkasining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda jarima undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda Markaziy bank uch kunlik muddatda bankning tugatish komissiyasi soʻrovnomasiga asosan bank majburiyatlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankda depozitga oʻtkazilgan majburiy rezerv mablagʻlarini bankning tugatish komissiyasi hisobvaragʻiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklarning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida rezerv shakllantiriladigan majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (roʻyxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Balans hisobvaragʻi raqami
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar nomlari
1.
20200
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
2.
20400
Jamgʻarma depozitlar
3.
20600
Muddatli depozitlar
4.
21000
Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
5.
21400
Bankning toʻlanmagan akseptlari
6.
21600
Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar
7.
22000
Olingan uzoq muddatli kreditlar
8.
22600
Mijozlarning boshqa depozitlari
9.
23100
Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
10.
23400
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
11.
23500
Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
12.
23600
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
13.
23700
Subordinar qarz
14.
29801
Mijozlar bilan hisob-kitoblar
15.
29840
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
16.
29842
Harakatsiz depozit majburiyatlari
17.
29846
Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
18.
29849
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar
19.
29896
Boshqa majburiyatlar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
__________ bankning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga depozitga oʻtkazishi lozim boʻlgan majburiy rezervlari miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOB-KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ming soʻmda)
T/r
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar
Balans hisobvaraqlari
Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning oʻrtacha miqdori
Majburiy rezerv normativlari,
foizlarda
Majburiy rezervlarning normativ miqdori
Rezident
Norezident
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
Milliy valyuta
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
Milliy valyuta
Chet el valyutasi
A
B
D
E
F
G
H
I
J
1.
Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
20200
2.
Jamgʻarma depozitlar
20400
3.
Muddatli depozitlar
20600
4.
Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar
21000
5.
Bankning toʻlanmagan akseptlari
21400
6.
Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar
21600
7.
Olingan uzoq muddatli kreditlar
22000
8.
Mijozlarning boshqa depozitlari
22600
9.
Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari
23100
10.
Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari
23400
11.
Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum
23500
12.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
23600
13.
Subordinar qarz
23700
14.
Mijozlar bilan hisob-kitoblar
29801
15.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar
29840
16.
Harakatsiz depozit majburiyatlari
29842
17.
Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar
29846
18.
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar
Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori
X
X
X
X
X
X
X
25.
Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari
X
X
X
X
X
X
X
26.
Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar
10309
X
X
X
X
X
X
27.
Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar
X
X
X
X
X
X
X
Bank rahbari:
Bosh buxgalter:
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy rezervlar miqdori hisob-kitobi jadvalini toʻldirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob elektron shaklda berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval kataklari boʻsh qoldirilmasligi kerak. Agar axborot boʻlmasa nol koʻrsatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitobda umumiy summa butunligicha ming soʻmda koʻrsatilishi lozim. 500 soʻm va undan kam boʻlgan summa hisobga olinmaydi (chiqarib tashlanadi), 500 soʻmdan ortiq boʻlgan summa minggacha yaxlitlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob tuzishda ham musbat, ham manfiy summalar uchrashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitobni tuzishda har kunlik balans hisoboti asosida hisoblanadigan hisob-kitob davridagi balans maʼlumotlarining oʻrtacha qoldigʻi aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(D) Ustun — Rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(E) Ustun — Rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(F) Ustun — Norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(G) Ustun — Norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi. Bu ustunda norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(H) Ustun — Milliy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda milliy valyutadagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(I) Ustun — Chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(J) Ustun — Majburiy rezervlarning normativ miqdori. Quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(J) Ustun = (D) Ustun x (H) Ustun + (E) Ustun x (I) Ustun + (F) Ustun x (H) Ustun + (G) Ustun x (I) Ustun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar. Bu satrda 20200 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-satr. Jamgʻarma depozitlar. Bu satrda 20400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-satr. Muddatli depozitlar. Bu satrda 20600 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-satr. Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar. Bu satrda 21002 va 21006 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 21000 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi. Shuningdek, bu satrda normativ miqdorni hisoblashda faqat norezidentlarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-satr. Bankning toʻlanmagan akseptlari. Bu satrda 21400 balans hisobvaragʻi qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-satr. Toʻlanishi lozim boʻlgan qisqa muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi olib tashlangan holda 21600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-satr. Olingan uzoq muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldigʻi olib tashlangan holda 22000 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-satr. Mijozlarning boshqa depozitlari. Bu satrda 22602, 22606, 22614 va 22628 hisobvaraqlari qoldiqlari olib tashlangan holda 22600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-satr. Mijozlarning bank kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari. Bu satrda 23100 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-satr. Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari. Bu satrda 23416 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 23400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-satr. Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum. Bu satrda 23500 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-satr. Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bu satrda 23600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-satr. Subordinar qarz. Bu satrda kapital tarkibiga qoʻshiladigan subordinar qarz qoldigʻi olib tashlangan holda 23700 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-satr. Mijozlar bilan hisob-kitoblar. Bu satrda 29801 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-satr. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar. Bu satrda 29840 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-satr. Harakatsiz depozit majburiyatlari. Bu satrda 29842 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-satr. Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar. Bu satrda 29846 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-satr. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar. Bu satrda 29849 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-satr. Boshqa majburiyatlar. Bu satrda 29896 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami. Bu satrning (J) ustunida 1 — 19 satrlarning (J) ustunidagi mablagʻlarning jami yigʻindisi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-satr. Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari. Bu satrning (J) ustunida 10100 balans hisobvaragʻining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan chegirilishi belgilangan miqdori koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablagʻlar ayrilgandagi qoldiq. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-Satr. Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar. Bu satrda 10309 balans hisobvaragʻining hisob-kitob davrining oxirgi sanasidagi qoldigʻi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-Satr. Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son; 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son; 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son; 24.08.2020-y., 10/20/3002-3/1203-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 21.06.2024-y., 10/24/3518/0431-son; 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son; 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)