O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-aprel,
297-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(punkt 1 utratit silu s 16-avgusta 2020 goda postanovleniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 14 maya 2020 goda № 283 — Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva, 15.05.2020 g., № 09/20/283/0587)
2. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibda litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandi o‘n beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qo‘llash hisobiga ular faoliyati samaradorligi, tezkorligi va ochiqligini oshirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari doirasini kengaytirish va sifatini oshirish, davlat boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi hisoblanadi”;
b) 5-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platforma bilan integratsiyalashish imkoniyati, bunda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan davlat organi ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz, idoralararo elektron hamkorlik vositasida oladi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va “ZiyoNET” tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 8-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 16-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-iyundagi 132-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) ilovaning 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 32-33-son, 336-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi va 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“lavozimi bo‘yicha — O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi boshlig‘i, Komissiya kotibi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 1-fevraldagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 3-modda) 1-bandining birinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi va 2-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Kompyuterlashtirish markazi” so‘zlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“60 foiz — Milliy kutubxona va respublikaning axborot-kommunikatsiya muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy ta’minotni joriy qilishga hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyatini moliyalashtirishga”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandida:
a) o‘n uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) o‘n to‘rtinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n uchinchi va yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatga kiritilgan ustuvor loyihalarning amalga oshirish;
belgilangan tartibda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish, o‘zining IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining xodimlarini, shuningdek, davlat organlari bo‘linmalarining va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi namunaviy nizomda:
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda ularning belgilangan tartibda o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tishi natijalari hisobga olinadi”;
b) 8-banddagi “50 foizgacha” so‘zlari “kamida 100 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-yanvardagi 21-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 6-son, 66-modda) ilovaning 12-bandidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-apreldagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 35-modda) ilovaning 18-bandidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini o‘rganishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 23-apreldagi 102-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 38-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 2-bandi birinchi xatboshidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) 1-ilovaning 23-bandidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 22-maydagi “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-385-sonli Qonunini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 8-sentabrdagi 259-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 9-son, 78-modda):
a) 1-banddagi “iqtisodiyot” so‘zi “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” so‘zi “axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
18. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-avgustdagi 587-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 810-modda) 7-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-avgustdagi 728-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1036-modda) 1-ilovaning 35-bandidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi tomonidan” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 21-dekabrdagi 1005-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 15.05.2020 g., № 09/20/283/0587; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)