Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 13.01.1992 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA DEHQONCHILIK SANOATI KOMPLEKSINI BOSHQARISH OLIY MAKTABINI RESPUBLIKA AGROBIZNES INSTITUTIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati ishlab chiqarishida bozor munosabatlarini tashkil qilish va joriy etish hamda davlat, jamoa xo‘jaliklarini, korxonalarni va dehqonchilik sanoati kompleksining boshqa tuzilmalarini bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlata oladigan omilkor kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika dehqonchilik sanoati kompleksini boshqarish oliy maktabi uning 1991-yilgi xarajatlar smetasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Respublika agrobiznes institutiga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati kompleksi tizimidagi yoshlar va qobiliyatli mutaxassislardan menejerlar, brokerlar, maklerlar, agrobirja, brokerlik idoralari agentlari hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun boshqa kadrlarni 1 yillik o‘quv muddatida tayyorlash Respublika agrobirja institutining asosiy vazifasi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bunday kadrlarni dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari yordamida tayyorlashning 1992 — 1995-yillarga mo‘ljallangan topshirig‘i ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat, jamoa xo‘jaliklarida va birlashmalarda, dehqonchilik sanoati kompleksi korxonalarida 1992-yil 1-fevraldan boshlab madaniy va maishiy ishlar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi o‘rniga tijorat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqonchilik sanoati kompleksi vazirliklari va idoralari, mahalliy boshqaruv organlari ushbu lavozimlarni Respublika agrobiznes instituti diplomlarini olgan mutaxassislar bilan ta’minlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Respublika agrobiznes institutiga respublikada bozor iqtisodiyoti va agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, institut aspiranturasida shu masalalar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun har yili mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” Respublika agrobiznes institutining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash uchun (uning talabnomasiga ko‘ra) institutni har yilgi moddiy-texnika ta’minoti rejasiga alohida satr bilan kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 13-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-son