Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti bazasida idoraviy oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2740-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 4-noyabrdagi 179-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti bazasida idoraviy oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2740, 2015-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 50-son, 629-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Markaziy banki, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzeltexsanoat” AK, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-mart,
84-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri B. YUSUPOV
2018-yil 26-mart
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXODJAYEV
2018-yil 26-mart
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B. ISLAMOV
2018-yil 26-mart
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. KUChKAROV
2018-yil 13-mart
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 14-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisi M. KURBANOV
2018-yil 15-mart
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK bosh direktori B. XAKIMOV
2018-yil 15-mart
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2018-yil 16-mart
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 16-mart
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 12-mart
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi S. HAYDAROV
2018-yil 12-mart
“Oʻzeltexsanoat” AK raisi A. ABDULLAYEV
2018-yil 16-mart
“Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi A. SULTANOV
2018-yil 15-mart
“Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi O. MUSTAFAYEV
2018-yil 16-mart
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2018-yil 16-mart
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori A. FARMANOV
2018-yil 16-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2018-y., 10/18/2740-1/1068-son)