Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997 16.01.1996 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING NIZOMI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-martdagi 136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqidagi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Umumiy yig‘ilishida qabul qilingan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi Akademiyaning barcha tuzilmalarida Nizom talablarini bajarishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlarni bir oy muddatda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
16-yanvardagi 26-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR VA O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING ASOSIY VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi agrar fanlar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni va O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuini ilm-fan bilan ta’minlashni amalga oshiruvchi, o‘z-o‘zini boshqaruvchi ilmiy tashkilot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U Akademiyaning haqiqiy muxbir, faxriy va xorijiy a’zolarini, shuningdek, uning muassasalarida ishlovchi ilmiy xodimlar va mutaxassislarni birlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi budjet va shartnoma mablag‘lari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui oliy o‘quv yurtlari, vazirliklari va idoralari bilan yaqin aloqada ish olib boradi, ular bilan agrar ilm-fan sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi, qishloq xo‘jaligidagi fundamental va eng muhim amaliy tadqiqotlar mavzularini muvofiqlashtirib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat majmui sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni butun choralar bilan rivojlantirishni ta’minlash, yer-suv, meliorativ-texnika va mehnat resurslaridan, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan oqilona hamda samarali foydalanish maqsadida agrosanoat majmui vazirliklari, idoralari va korxonalari bilan birgalikda fan yutuqlarini xalq xo‘jaligiga jadal joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sug‘oriladigan va lalmi yerlar unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ularning biologik imkoniyatidan eng ko‘p foydalanishni, yer va suv resurslari samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan resurslarni tejovchi texnologiyalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘o‘za, beda, makkajo‘xori, don, dukkakli don, meva, uzum, sabzavot, kartoshka va boshqa ekinlar, chorvachilik va ipakchilik seleksiyasi va urug‘chiligi sohasidagi tadqiqotlarni butun choralar bilan kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon xo‘jaligi, ihota o‘rmonchiligi va o‘rmon melioratsiyasi sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish va kengaytirish, tog‘, cho‘l, sug‘oriladigan va lalmi hududlarning hamda yaylovlarning mahsuldorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘simliklarni himoya qilishning biologik va uyg‘unlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish, kam zaharli gerbitsidlar, pestitsidlar va defoliantlarni, o‘stirish regulyatorlarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz bo‘lgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori unumli, ishonchli, metall va energiya kam sarflanadigan qishloq xo‘jaligi mashinalarining yangi turlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veterinariya tibbiyotining nazariy asoslarini ishlab chiqish, davolash, kasallikning oldini olish tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish tuzilmasini, bozor xo‘jalik mexanizmini, agrosanoat majmuini kooperatsiyalash va integratsiyalashning samarali shakllarini, ijaraning progressiv shakllarini, qishloqni ijtimoiy rivojlantirish masalalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni tashkil etish, jahon fani va amaliyoti yutuqlarini o‘rganish hamda umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarining xorijiy ilmiy muassasalarda tajriba o‘rganishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya a’zolarining va institutlarning ilmiy ishlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni kompleks hal etish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va boshqa yordamchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z muassasalari kuchi bilan tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng muhim dolzarb ilmiy muammolar bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, kengashlar, simpoziumlar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlarning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat majmuining ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyihalar ekspertizasini, o‘z vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularning muhokamasini o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni zarur axborotlar bilan ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda xo‘jalik shartnomalari va boshqa budjetdan tashqari manbalar bo‘yicha daromadlar hisobiga ishlab chiqarishni, ilm-fanni, texnikani va moliyaviy zaxirani rivojlantirish markazlashtirilgan fondlarini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar bo‘yicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiya tarkibiga tarmoq bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston mintaqaviy bo‘limi, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIB) va ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), konstruktorlik byurolari, tajriba zavodlari, xo‘jaliklar, kutubxona va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi bo‘linmalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tasarrufida bo‘lgan asosiy fondlar va boshqa mol-mulklar uning begonalashtirish huquqisiz mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va qo‘shma korxonalar, xo‘jalik jamiyatlari, shirkatlar hamda mulkchilikning turli shakllaridagi tashkilot va korxonalarni birlashtiruvchi uyushmalar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpog‘iston bo‘limi, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari hamda ularga tenglashtirilgan tashkilotlar ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ilmiy hamda ilmiy-yordamchi tashkilotlar va xo‘jalik muassasalari ro‘yxati Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va uning muassasalari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari shuningdek, milliy va chet el valyutasida shu jumladan xorijiy mamlakatlarda bank schyotlari ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING UMUMIY YIG‘ILIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari, muxbir a’zolari hamda ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va mustaqil ilmiy tadqiqot institutlari direktorlaridan iborat bo‘ladigan Umumiy yig‘ilish O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Umumiy yig‘ilishi a’zolari agar ushbu Nizomda boshqacha tartibda nazarda tutilmagan bo‘lsa, Umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan barcha masalalarni hal etishda teng huquqlarga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Umumiy yig‘ilishi ilm-fanni rivojlantirish va akademiyaning o‘z faoliyati eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish uchun uning Prezidiumi tomonidan har yili kamida bir marta chaqiriladi. Yig‘ilishni chaqirishning navbatdagi sanasini Prezidium belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Umumiy yig‘ilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hamda ularga tegishli kompleks dasturlarni muhokama qiladi va ular bo‘yicha zarur qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar bo‘limlari faoliyati yo‘nalishlarni hamda tarkiblarini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy a’zolarini, muxbir a’zolarini, shuningdek, faxriy va xorijiy a’zolarini saylaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Nizomini qabul qiladi, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi hamda tasdiqlash uchun uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tuzilmasini hamda ilmiy tadqiqot institutlarining, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining namunaviy nizomini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Prezidiumining ma’ruzalari va hisobotlarini, shuningdek, Akademiya ilmiy-tadqiqotlarining qisqa muddatli va uzoq muddatli mavzuli rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda atoqli olimlar nomidagi mukofotlar va medallarni ta’sis etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi hamda mukofotlar va medallar to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ularni fan sohasidagi yutuqlar va kashfiyotlar uchun yetakchi olimlarga, ijodiy jamoalarga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom asosida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidentini saylaydi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, Prezidium a’zolarini a’zolikdan chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda Akademiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni ham hal etish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilish Akademiya bo‘limlarining a’zolarining yoki Akademiya ilmiy tadqiqot tashkilotlarining ular tomonidan taklif etilgan kun tartibini muhokama qilish uchun kamida uchdan bir qismining taklifiga ko‘ra chaqirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Umumiy yig‘ilishda Akademiya Prezidiumi taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi bo‘yicha so‘zga chiqishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Umumiy yig‘ilish Prezidiumining ayrim a’zolarining muddatidan oldin ozod qilishi va bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi a’zolar saylashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Umumiy yig‘ilish Akademiyani tarqatib yuborish yoki uning o‘rniga boshqa birlashma tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif bilan kirish huquqiga egadir. Ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish uchun Akademiya Umumiy yig‘ilish a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismining ovozini olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yig‘ilishda Akademiya Umumiy yig‘ilish a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qarorni qabul qilish uchun qatnashchilarning ko‘pchiligi ovoz berganda agar Nizomda va saylovlar to‘g‘risidagi Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Umumiy yig‘ilish to‘la huquqli bo‘ladi, uning qarorlari esa qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Chet elda xizmat safarida bo‘lgan, salomatligining ahvoli yoki boshqa biron-bir sabab tufayli qatnashmayotganlarni Umumiy yig‘ilish a’zolari ovoz berayotganda Akademiya Prezidiumi maxsus qaror bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha shaxsiy masalalar, agar ushbu Nizomda boshqacha tartibda nazarda tutilmagan bo‘lsa Umumiy yig‘ilish tomonidan yopiq ovoz berish yo‘li bilan hal etiladi. Qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasi Prezidiumi yashirin ovoz berish tadbirini o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Umumiy yig‘ilish qarorlarini bajarish Akademiyaning barcha tashkilotlari a’zolari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING HAQIQIY A’ZOLARI (AKADEMIKLARI), MUXBIR A’ZOLARI, FAXRIY VA XORIJIY A’ZOLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari Akademiyasining shaxsiy tarkibiga haqiqiy a’zolar (akademiklar), muxbir a’zolar, faxriy va xorijiy a’zolar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akademiyaning haqiqiy a’zolari, muxbir a’zolari faxriy va xorijiy a’zolari umrbod saylanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akademiyaning haqiqiy a’zolari ilm-fanni birinchi darajali ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari jahon darajasiga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan muxbir a’zolardan va fan doktorlaridan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limining haqiqiy a’zolari (akademiklari) va muxbir a’zolari ushbu mintaqalarda doimiy yashovchi va Akademiyaning mintaqaviy muassasalarida ishlovchi olimlardan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari yoki muxbir a’zolari 70 yoshga to‘lganda, Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolarini yoki muxbir a’zolarini saylash uchun qo‘shimcha o‘rinlar ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ko‘rsatib o‘tilgan yoshga to‘lgan haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari Akademiya a’zolarining barcha huquqlari va vakolatlarini to‘liq saqlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining faxriy a’zosi etib O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi jahon va mamlakat ilm-fani oldida e’tirof qilingan xizmatlari uchun saylanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining xorijiy a’zosi ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani va O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi rivojiga ta’sir ko‘rsatgan xorijiy fuqarolardan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi a’zolari fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning tegishli bo‘limlariga birlashadilar. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi va muxbir a’zosi ovoz berishda qatnashgan bo‘lim a’zolari uchdan ikki qismining roziligi bilan boshqa bo‘limga o‘tishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar bo‘limlaridan birida turuvchi akademiyaning haqiqiy a’zosi va muxbir a’zosi boshqa bo‘lim ko‘pchilik a’zolarining roziligi bilan uning ishida qatnashishi mumkin. Bunda ular mazkur bo‘lim a’zolarining barcha huquqlaridan foydalanadilar, Akademiyaning haqiqiy a’zolarini va muxbir a’zolarini saylash huquqi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘limining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari ayni bir vaqtda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining tegishli bo‘limlari tarkibiga kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Akademiyaga saylovlar ushbu Nizom hamda Prezidium tomonidan tasdiqlangan saylovlar to‘g‘risidagi Nizom asosida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASI HAQIQIY A’ZOLARI VA MUXBIR A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Akademiyaning haqiqiy a’zosi ilmiy tadqiqotlarda shaxsan ishtirok etadi, tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlarini shakllantiradi va fanning o‘zi saylangan sohasining yuksak darajada rivojlanishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning muxbir a’zosi o‘zining shaxsiy ilmiy tadqiqotlari va yirik ilmiy-texnikaviy muammolar yechimlari natijalari bo‘yicha muhim asarlari bilan fanni boyitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolari ilmiy kadrlar tayyorlash ishlarida va ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolari Akademiya Prezidiumiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlarini, ilmiy asarlarini o‘z ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni taqdim etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolari Akademiya Prezidiumi, Akademiya Prezidenti, tegishli bo‘limlarining topshiriqlarini bajaradi, Akademiyaning Umumiy yig‘ilishi va tegishli bo‘limning umumiy yig‘ilish ishida qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ilmiy muassasalarida tanlovdan o‘tmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining ilmiy asrlarini nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya Prezidiumi, Akademiya Umumiy yig‘ilishi, bo‘lim umumiy yig‘ilishini ko‘rib chiqishi uchun ilmiy va ilmiy tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zolari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning faxriy va xorijiy a’zolari Akademiyaning haqiqiy a’zolariga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, akademiya a’zolarini saylashda ovoz berish akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi a’zolari O‘zbekiston fuqaroligini boshqa mamlakat fuqaroligiga almashtirgan taqdirda akademiyaning xorijiy a’zolari tarkibiga o‘tishlari mumkin. Bunday hollarda ovoz berishning belgilangan qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLAR AKADEMIYASINING HAQIQIY, MUXBIR, FAXRIY VA XORIJIY A’ZOLARINI SAYLASh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Akademiyaning haqiqiy a’zolari (akademiklar)ni muxbir, faxriy va xorijiy a’zolarini saylash har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Akademiyaning bo‘sh o‘rinlarini va yangi a’zolar saylash uchun yangidan ochiladigan o‘rinlarni Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi tavsiyasiga binoan ilm-fan sohalari va mutaxassisliklarning turli yo‘nalishlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezidiumning Akademiyaning haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari saylovlari o‘tkazilishi haqidagi xabari saylovlar o‘tkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Akademiyaning faxriy va xorijiy a’zolari bo‘limlarining tavsiyasi va Prezidiumning taqdimnomasiga binoan Akademiyaning Umumiy yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. E’londa ko‘rsatilgan ixtisosliklar bo‘yicha haqiqiy muxbir a’zolikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi Akademiya a’zolari, ilmiy kengashlar, ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ilmiy muassasalar, oliy o‘quv yurtlari tomonidan nomzodlar ko‘rsatish ilmiy va ilmiy-texnika kengashlari majlislarida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka ko‘rsatilgan hisoblanadi. Ovoz berishda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning haqiqiy va muxbir a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatgan muassasalar nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi barcha hujjatlarni 20 kun muddatda Akademiya Prezidiumining Ilmiy kadrlar boshqarmasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etadi. Nomzodlar ko‘rsatish uchun belgilangan muddat tugagandan keyin nomzodlar haqidagi hujjatlar ko‘rib chiqish uchun 10 kun ichida tegishli fanlar bo‘limlariga topshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar bo‘limlarida nomzodlarning hujjatlari ekspertizadan o‘tkaziladi, ularning ilmiy faoliyati yo‘nalishlari e’lon qilingan ixtisosliklarga mos yoki mos emasligi aniqlanadi va saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan nomzodlarning ro‘yxati respublika matbuotida saylovdan kamida 20 kun oldin e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Matbuotda e’lon qilingan nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi materiallar Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Umumiy yig‘ilishning a’zolari o‘rtasida tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Fanlar bo‘limlarining umumiy yig‘ilishlarida mutaxassislar ishtirokida nomzodlarning ilmiy ma’ruzalari tinglanadi va muhokama qilinadi va so‘ngra ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan Akademiyaning Umumiy yig‘ilishida saylash uchun nomzodlar tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlarni haqiqiy va muxbir a’zolikka tanlashda haqiqiy va muxbir a’zolar, ushbu fan bo‘limi mustaqil institutlarning direktorlari hal qiluvchi ovoz huquqiga egadirlar. Bunda ushbu bo‘lim hisobidagi haqiqiy va muxbir a’zolarning, institutlar direktorlarining kamida uchdan ikki qismi yig‘ilishida qatnashgan taqdirda bo‘lim yig‘ilishi ovoz berishni o‘tkazish vakolatiga ega bo‘ladi. 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Akademiyaning Umumiy yig‘ilishida saylash uchun tavsiya etilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Haqiqiy va muxbir a’zolikka saylovlar Akademiyaning Umumiy yig‘ilishida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Haqiqiy va muxbir a’zolarni saylashda, Umumiy yig‘ilishning barcha a’zolarini saylashda Umumiy yig‘ilishning barcha a’zolari hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega bo‘ladilar. Akademiya Umumiy yig‘ilishi ro‘yxatidagi a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy yig‘ilish a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz ololmasa, Umumiy yig‘ilish uch marta qayta saylov o‘tkazish huquqiga egadir. Keyingi saylovlarga ovoz berishda qatnashganlarning kamida uchdan bir qismi yoki undan ko‘p qismi qo‘llab-quvvatlagan nomzodlar qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng ko‘p ovoz olgan nomzod qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Saylovlarni o‘tkazish uchun Akademiya Umumiy yig‘ilishi tomonidan sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayon tayyorlaydi. Sanoq komissiyasining bayoni Umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi a’zolar ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING PREZIDIUMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Akademiya Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan, ochiq ovoz berish natijasida Umumiy yig‘ilish a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan Akademiya a’zolari orasidan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Umumiy yig‘ilish sessiyalari o‘rtasidagi davrda Akademiya faoliyatiga Prezidium rahbarlik qiladi. Prezidium a’zolari soni Umumiy yig‘ilish tomonidan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Prezidenti bajarayotgan vazifasiga ko‘ra Prezidium tarkibiga kiradi. Prezidiumning qolgan a’zolari Umumiy yig‘ilishi tomonidan Akademiyaning haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Prezidium a’zolari saylovi Akademiya Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida o‘tkaziladi. Prezidium har 5 yilda bir marta saylanadi. Zarurat bo‘lganda Akademiya Prezidiumi a’zolarining bir qismini tasdiqlangan Nizomga muvofiq rotatsiya qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Akademiya Prezidenti Prezidium a’zolari etib saylangan haqiqiy a’zolar va muxbir a’zolar orasidan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Fanlar bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston bo‘limi raislari Akademiya Prezidenti tomonidan Prezidiumning saylangan a’zolari orasidan tayinlanadi. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, bosh ilmiy kotibi va Qoraqalpog‘iston hududiy bo‘limi raisining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Akademiya Prezidiumi o‘z faoliyatida Akademiya Umumiy yig‘ilishida hisobot beradi, unga Umumiy yig‘ilishlar o‘rtasidagi davrda qilingan ishlar haqida axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar bo‘limlari tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning tegishli bo‘limlari orqali ilmiy tadqiqot muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi va boshqa organlari bilan birgalikda fan va taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar va axborotlarni eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlarning ilmiy darajasini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
agrar fanning eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy kengashlar, qo‘mita va komissiyalarni tasdiqlaydi va ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot va ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalarni belgilangan tartibda tashkil etadi hamda bu muassasalar va korxonalar haqidagi Nizomlarni yoki ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek, tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yo‘nalishi va ixtisoslashuvini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishini chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya a’zolari saylovini belgilaydi va tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar o‘tkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning fan va texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati haqidagi yillik hisobotlarni tasdiqlash uchun Umumiy yig‘ilishga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ish rejalarini muhokama etadi va unga rahbarlik qiladi;
fan-texnika faoliyatida bozor munosabatlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya bo‘limlari va ilmiy muassasalarga fan uchun ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish samaradorligi haqida bo‘limlar va muassasalarning hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari va jamg‘armalari bilan birgalikdagi ishlarni va hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning xalqaro aloqalarini rejalashtiradi; uning xorijiy mamlakatlar akademiyalari va ilmiy muassasalari bilan ilmiy va iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik fundamental va amaliy tadqiqotlarni hayotga joriy etish uchun xalqaro va xorijiy muassasalar bilan birgalikda qo‘shma korxonalar, ilmiy markazlar va boshqa tuzilmalar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanlar bo‘limlari tavsiyasiga binoan ilmiy muassasalardagi ilmiy kengashlar tarkibini tasdiqlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini tasdiqlash uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga taklif kiritadi va ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining kengashlar faoliyati haqidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amalda foydalanishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining barcha muassasalari va mansabdor shaxslar tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomga binoan kadrlar masalalarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi mukofotlarini berish uchun Umumiy yig‘ilishga nomzodlarni tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi o‘z a’zolarining uchdan ikki qismi yig‘ilishida ishtirok etgan taqdirdagina qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Qarorlar ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Prezident Prezidium qaroridan norozi bo‘lgan hollar bundan mustasnodir. Qayta muhokama qilishda Prezidium a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz bergan qarorlar qabul qilingan hisoblanadi. Shuningdek, Prezidiumning istalgan qarori yashirin ovoz berish yo‘li bilan ham qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezidium qarori Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Prezidenti va bosh ilmiy kotib tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Akademiyaning xo‘jalik-ishlab chiqarish tashkilotlariga, shu jumladan kapital qurilishga rahbarlikni Prezidentning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prezidentning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari Akademiya Prezidiumi tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Prezident, vitse-prezidentlar va bosh ilmiy kotib, shuningdek Akademiya Prezidiumining boshqa a’zolari surunkasiga ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va kundalik masalalarni hal etadi, Akademiyadagi ishlarning ahvoli uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hamda Fanlar akademiyasining Umumiy yig‘ilishi oldida shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat yuqori organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlar oldida Akademiya nomidan ish ko‘radi va uning manfaatlarini himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va uning apparati ishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi, texnikaviy va ijtimoiy fanlar bo‘yicha eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning nashr rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dolzarb ilmiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni, shuningdek tashkiliy masalalarni hal etish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy hamda muvaqqat ilmiy va maslahatchi jamoalarini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan bo‘limlari tavsiyasi bo‘yicha institutlar, ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari direktorlarini va ularning fan bo‘yicha o‘rinbosarlarini kontrakt asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya moliya resurslarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi va ularning to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Akademiya Prezidiumi, ilmiy-tadqiqot va xo‘jalik muassasalarining faoliyati bilan bog‘liq kundalik masalalarni hal qilish, shuningdek Prezidiumda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tayyorlash uchun Akademiya Prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibidan iborat tarkibda prezidium byurosi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. AKADEMIYANING FAN BO‘LIMLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Fan bo‘limlari bir yoki bir necha fan tarmoqlari olimlarini birlashtiruvchi Akademiyaning ilmiy va ilmiy tashkiliy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z tarkibiga kiruvchi institutlar va boshqa ilmiy muassasalarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning fan bo‘limlari respublikada fanning tegishli sohasi bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlantirilishiga va muvofiqlashtirilishiga, xalqaro aloqalarning kengaytirilishiga ko‘maklashadi, fan-texnika taraqqiyotini va respublika agrosanoat majmuini rivojlantirishni tezlashtirishga oid takliflarni umumlashtiradi hamda ularni Akademiya Prezidiumiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Akademiyaning bo‘limi tarkibiga kiruvchi haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining hamda Akademiya ilmiy institutlari direktorlarining umumiy yig‘ilishi shu fan bo‘limining yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limlarning umumiy yig‘ilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan yo‘nalishlarida muhim ilmiy natijalarga erishishga hamda ularni amaliyotga joriy qilishga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ilmiy muassasalaridagi ilmiy ishlar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash haqidagi hisobotlarni eshitadi va tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq institutlari va ilmiy muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fanning tegishli tarmoqlari bo‘yicha ilmiy muammolarni va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish uchun ilmiy sessiyalar, konferensiyalar va kengashlar chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir a’zoligiga nomzodlarni, shuningdek faxriy va xorijiy a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarni rejalashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Umumiy yig‘ilishlar o‘rtasidagi davrda bo‘limlarning ishlariga bo‘limning byurosi va uning raisi rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limlarning byuro a’zolari bo‘lim umumiy yig‘ilishi tomonidan bo‘lim a’zolari va shu bo‘lim ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari orasidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadilar. Ovoz berishda qatnashgan Akademiyaning haqiqiy muxbir a’zolari va shu bo‘limga qarashli ilmiy tadqiqot institutlari direktorlarining yarmidan ko‘prog‘i ovoz berganda nomzodlar saylangan hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘limlarning rahbarlarini saylashda rahbariyatining yangilanib turish va uzviyligi prinsipiga rioya qilinadi. Bo‘limlarning raislarini Akademiya Prezidiumi tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Bo‘limlarning ilmiy kotiblari Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Bo‘limlarning byurosi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limlarning umumiy yig‘ilishlarini chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limlarning vakolatlari doirasiga kiruvchi ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqishni tashkil etadi, uning qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqot institutlari direktorlarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi, institutlar faoliyati natijalariga baho beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy muassasalarning ish yo‘nalishlarini o‘zgartirish haqidagi masalalarni ko‘rib chiqadi va shu masalalar yuzasidan Akademiya Prezidiumiga tegishli takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqot ishlari dasturlarini va ularning bajarilishi haqidagi hisobotlarni, shuningdek Akademiyaning shu bo‘limga qarashli haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar faoliyatiga ko‘maklashadi va uni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bo‘limlar tarkibiga kiruvchi ilmiy jamiyatlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng muhim muammolar bo‘yicha ilmiy kengashlar ishni va ular faoliyati natijalarini muhokama qilishni uyushtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ilmiy markazlarda muddatli tajriba o‘rganish maqsadida nomzodlar tanlashni amalga oshiradi va bo‘lim ixtisosiga kiruvchi mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash ishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ilmiy tadqiqot institutlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini shakllantiradi, ushbu dasturlarning ilmiy darajasini belgilovchi ekspert komissiyalarini tuzadi va keyinchalik ularni ko‘rib chiqish uchun Akademiya Prezidiumiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Bo‘limlarning byurolari bo‘limlar umumiy yig‘ilishiga va Akademiya Prezidiumiga bo‘ysunadi va har yili bo‘limlar umumiy yig‘ilishiga o‘z ishi haqida hisobot berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. O‘ZBEKISTON QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING QORAQALPOG‘ISTON BO‘LIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qoraqalpog‘iston bo‘limi o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston bo‘limi nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bo‘lim muassasalariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni uning Prezidiumi amalga oshiradi. Uning tarkibiga rais, rais o‘rinbosari, bosh ilmiy kotib va Prezidium a’zolari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisining o‘rinbosari va bosh ilmiy kotib Qoraqalpog‘iston bo‘limi Prezidiumi raisining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limi o‘z bo‘limi bo‘yicha ajratiladigan haqiqiy a’zolar va muxbir a’zolarning bo‘sh o‘rinlariga nomzodlarni muhokama qiladi va sohalar bo‘yicha saylash uchun o‘z tavsiyasini Akademiyaning tegishli fan bo‘limlariga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limi Prezidiumini saylashda uning tarkibini muntazam ravishda yangilab turish va rahbarlikning davomiyligi prinsipiga rioya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limining Prezidiumi Akademiyaning Umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi va bo‘limlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limining Prezidiumi yuridik shaxs hisoblanadi va bo‘limlarning barcha moliyaviy masalalarini hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston bo‘limining Prezidiumi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Prezidiumiga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Qoraqalpog‘iston bo‘limining Nizomi Akademiyaning Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Qoraqalpog‘iston bo‘limi Prezidiumining raisi egallab turgan lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidenti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI AKADEMIYASINING ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI (INSTITUTLARI, ILMIY-IShLAB ChIQARISh BIRLAShMALARI, KONSTRUKTORLIK BYuROLARI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy tadqiqot muassasalarida (institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolarida) jamlangandir. Institut va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati yo‘nalishiga muvofiq Akademiya bo‘limlari tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi o‘z faoliyatini Akademiya bo‘limining ilmiy-uslubiy rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining bosh direktorlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining direktorlari, direktorlarning o‘rinbosarlari Akademiya Prezidenti tomonidan 65 yoshdan oshmagan yirik olimlar, odatda fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori o‘zi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasaning muvaffaqiyatli faoliyati uchun shaxsan javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmasi (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bo‘limi, sektori, laboratoriyasi) mudiri institut ilmiy kengashida tanlovdan o‘tgan, odatda, fan doktorlaridan kontrakt asosida direktor tomonidan tayinlanadi. Fan nomzodi laboratoriya mudiri lavozimiga ko‘pi bilan ikki muddatga tayinlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi huzurida belgilangan tartibda zavodlar, konstruktorlik, texnologik va loyiha byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xo‘jaliklar, zavodlar, ustaxonalar, sexlar, shuningdek, kooperativlar, kichik korxonalar, qo‘shma korxonalar tashkil qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, konstruktorlik byurolari) ushbu Nizomga hamda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi Umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Namunaviy nizomiga muvofiq ish yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Akademiya faoliyatining iqtisodiy asosini ularning mulkchilik shakllarini o‘zgartirmagan holda egalik qilish va foydalanish uchun o‘ziga davlat tomonidan berilgan asosiy fondlar va boshqa mol-mulklar tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya o‘z faoliyatini o‘ziga mulk sifatida va foydalanish uchun berilgan fondlar va boshqa davlat mol-mulklariga tayanib, davlat topshiriqlari asosida va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Akademiyani mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbai O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining mablag‘i hisoblanadi. Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar FTDQ tomonidan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun yo‘llanadi. Ilmiy tadqiqotlar davlat fondlaridan, jamoat va xususiy jamg‘armalardan olinadigan mablag‘lar, shuningdek, manfaatdor buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomalar, bitimlar va kontraktlardan olinadigan mablag‘lar mablag‘ bilan ta’minlashning qo‘shimcha manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Ilmiy-tadqiqot, xo‘jalik, tashqi iqtisodiy faoliyatdan, tashkilotlar va ayrim shaxslar badallaridan tushadigan mablag‘lar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning xayriya badallari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa yo‘llar bilan olingan mablag‘lar Akademiyaning mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari kundalik va boshqa ishlarini bajarishda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tasarrufidagi asosiy va oborot fondlaridan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Akademiyaning mol-mulki va mablag‘larini uning muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida taqsimlash va ulardan foydalanish qoidalari amaldagi qonunchilik va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi Nizomiga ko‘ra Akademiya Prezidiumi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Akademiya va uning tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda, kadrlarni tayyorlash va moddiy-texnika hamda ijtimoiy bazasini rivojlantirishda ilmiy tadqiqot institutlari va davlat budjetidagi boshqa tashkilotlar xo‘jalik faoliyatlarini o‘z nizomlariga muvofiq yuritadilar va bu faoliyatdan olingan daromadlarni tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Akademiyaning xo‘jalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘z xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatlarini shu faoliyatdan olinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Akademiya Prezidiumi, tashkilotlari va muassasalari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga birlashmalarning ta’sischisi bo‘lish huquqiga egadirlar. Ular shunday faoliyatdan, ilmiy ishlanmalar natijalaridan, shuningdek, kichik seriyadagi priborlarni, ko‘p ilm talab qiladigan asbob-uskunalarni, materiallarni, ilmiy-texnika va reklama-tijorat xizmatlarini ichki va tashqi bozorda sotishdan olinadigan foydaga egalik qilish va tasarruf etish subyektlari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Davlat budjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari Akademiya olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etgan holda davlatga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning ilmiy xodimlari va mutaxassislari shu tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulkka nisbatan mualliflik huquqiga ega bo‘lgan subyektlar hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning muassasalari, tashkilotlari va boshqa bo‘linmalari shu muassasalar xodimlari bilan amaldagi qonunchilik asosida shartnomalar tuzish yo‘li bilan intellektual mulkka va uning obyektlariga (ilmiy tadqiqot ishlari natijalari), ekspremental-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, sanoat namunalari, seleksiya-urug‘chilik yutuqlari va boshqalarga egalik qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi o‘z mablag‘lari (budjetdan tashqari) va o‘z muassasalarining xo‘jalik hamda tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan daromadning bir qismi, shuningdek, jalb qilingan boshqa mablag‘lar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya fondlarni (ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlantirish, olimlarni, innovatsiyalarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlar) tashkil etish mumkin. Bunday fondlarni tashkil etish va ularning mablag‘larini sarflash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLAR AKADEMIYASINING ALOHIDA HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Akademiya olimlarining qo‘lyozmalari va arxivlarini, shuningdek, o‘z muassasalarining fan uchun ahamiyatli bo‘lgan arxiv va boshqa materiallarini saqlash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Akademiya boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalari, muzeylari, nashriyotlari va muassasalari bilan matbaa nashrlarni ayirboshlash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII. QIShLOQ XO‘JALIGI FANLAR AKADEMIYASI NIZOMINING AMALDA BO‘LIShI VA UNI O‘ZGARTIRISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Akademiyaning Nizomi Akademiya Umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasining Nizomi tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Nizomni o‘zgartirish Umumiy yig‘ilishning ko‘pchilik ovozi bilan — Akademiya Umumiy yig‘ilishi a’zolari ro‘yxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari to‘plami, 1996-y., 1-son, 2-modda)