Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2010 21.09.2000 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2010
Hujjat 10.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TABIIY MONOPOLIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish va tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini narxlar bilan tartibga soluvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning III boʻlimi birinchi xat boshi “Narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibini (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan)” soʻzlaridan keyin “Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
364-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narx (tariflar) belgilash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga (keyingi oʻrinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash tartibini oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari (pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yoki uning topshirigʻiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — narxlarni boshqarish organi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasida maxsus vakil qilingan organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirmaydigan tabiiy monopoliya subyektlari narxlar (tariflar) loyihalarini koʻrib chiqish uchun bevosita narxlarni boshqarish organiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, tabiiy monopoliya subyekti davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kirgan taqdirda tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarning narxlari (tariflari) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihalarini koʻrib chiqish uchun narxlarni boshqarish organiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajalarini belgilash uchun tabiiy monopoliya subyektlari narxlarni boshqarish organiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oxirgi hisobot davri va prognoz qilinayotgan davr uchun quyidagi koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oluvchi narxlar (tariflar) yoki ularning eng yuqori darajalari loyihasini asoslovchi hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar ishlab chiqarish (sotish) chiqimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqini yoyib koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xomashyo va materiallar qiymatini yoyib koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish xarajatlarini (yuklama xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini) yoyib koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yalpi foydani, davr xarajatlarini (shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni) yoyib koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dotatsiyalariga yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlariga boʻlgan ehtiyoj.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruriyat boʻlganda narxlarni boshqarish organi qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni soʻrab olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovar ishlab chiqarish chiqimlarini aniqlashda tabiiy monopoliya subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli idoraviy normativ va uslubiy hujjatlariga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Narxlarni boshqarish organi narxlarni (tariflarni) yoki ularning eng yuqori darajasi loyihalarini koʻrib chiqish uchun barcha zarur hujjatlar toʻliq hajmda olingan kundan boshlab bir hafta muddatda qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan narxlarni (tariflarni) asoslash boʻyicha hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda narxlarni boshqarish organi uch kun muddatda mavjud kamchiliklarni yozma ravishda asoslagan holda narxlar (tariflar) loyihalarini qayta ishlashga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarda narxlar (tariflar)ni tasdiqlash boʻyicha qaror qayta ishlangan hujjatlarning toʻliq turkumi olingan kundan boshlab 5 kun mobaynida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Narxlar (tariflar) darajasi boʻyicha qaror qabul qilishda narxlarni boshqarish organi ularning isteʼmolchining mahsulotlari narxlariga taʼsirini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Narxlarni boshqarish organining tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar narxlarini (tariflarini) yoki ularning yuqori darajasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori ular kuchga kirishidan 15 kun oldin tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida majburiy tartibda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar narxlarini (tariflarini) yoki ularning yuqori darajasini belgilashda tabiiy monopoliya subyektlari keyinchalik narxlarni boshqarish organini xabardor qilgan holda ular darajasini mustaqil pasaytirish huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tovarlarni respublika tashqarisiga yetkazib beruvchi tabiiy monopoliya subyektlari ular boʻyicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar boʻyicha amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qoʻllanilishi ustidan davlat nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizomga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va uning boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — davlat monopoliyaga qarshi organi) tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nazoratni amalga oshirish uchun davlat monopoliyaga qarshi organi davlat va xoʻjalik boshqaruv organlaridan yoki tabiiy monopoliya subyektlaridan tasdiqlangan narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini asoslash boʻyicha materiallarni soʻrab olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilgan va cheklangan narxlar (tariflar)ni hamda ustamalarni oshirib yuborish, narxlar (tariflar)ni belgilash uchun yoki rentabellikning cheklangan darajasini aniqlash uchun moliya organlariga notoʻgʻri axborot berish, ularning oshirib yuborilishiga sabab boʻlgan ustamalarni qoʻllash, shuningdek mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda ishlatilmagan materiallarni yoki bajarilmagan ishlarni kiritish hollari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan aniqlangan taqdirda asossiz olingan daromad (foyda)ni bevosita isteʼmolchiga qaytarish yoxud isteʼmolchilarni aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asossiz olingan daromad (foyda) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni oshirilgan narxlar va tariflar boʻyicha (ularga qoʻshimcha toʻlov, chegirmalar va shu kabilarni hisobga olgan holda) sotishdan amalda olingan tushum bilan qonun hujjatlariga muvofiq shakllantirilgan narxlar va tariflar boʻyicha (ularga qoʻshimcha toʻlov, chegirmalar va shu kabilarni hisobga olgan holda) aynan shu mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
(1-ilova 13-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan monopol mahsulotlarning ayrim turlari tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan birja savdolari va auksionlar orqali, shuningdek birja (auksion) kotirovkalarining oʻrtacha narxlariga koʻra toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilganda, deklaratsiya toʻldirilgan cheklangan narx oshirib yuborilganligi uchun ularga nisbatan jazo qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan yoqilgʻi-energetika resurslari, xomashyo va materiallarni tejash natijasida qoʻshimcha daromad (foyda) olish mazkur Nizomning buzilishi hisoblanmaydi hamda ushbu daromad (foyda) olib qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan yangi narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarni amalga kiritish muddatlariga rioya qilmaslik hollari aniqlangan taqdirda asossiz olingan daromad yangidan joriy etilgan va ilgari amalda boʻlgan narxlar (tariflar) oʻrtasidagi farqning qonun hujjatlarida nazarda tutilganiga nisbatan qisqartirilgan kunlar davrida sotilgan tovar hajmiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizom buzilishini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan tabiiy monopoliya subyekti ularni isteʼmolchiga qaytaradi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga yoki tegishli budjetga oʻtkazadi. Bu holda jarima qoʻllanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning buzilishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan aniqlangan taqdirda noqonuniy olingan summaning 10 foizidan 20 foizigacha, aynan shu buzilish jarima qoʻllangandan keyingi ikki yil mobaynida takroran aniqlangan taqdirda esa — 20 foizidan 50 foizigacha jarima qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish sud tartibida, tayyorlovchilar (ijrochilar, sotuvchilar) tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olinganda va jarima ixtiyoriy ravishda toʻlanganda esa — monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimani undirish unga jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoni bergan holda amalga oshiriladi.
(1-ilovaning 15-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Qonun hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun tabiiy monopoliyalar subyektlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun tabiiy monopoliya subyektlariga nisbatan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jazolar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlarning oʻz xarajatlarini oʻzi qoplashiga bosqichma-bosqich oʻtish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-fevraldagi 54-son qarorining 2-bandi toʻrtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan elektr energiyasi tariflari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 453-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 9-son, 43-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtish toʻgʻrisida” 1994-yil 8-sentabrdagi 454-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 9-son, 44-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida kichik gidroenergetikani rivojlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 28-dekabrdagi 476-son qarori 5-bandining birinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan “Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi”ning 2-bandi uchinchi xatboshi va III boʻlimi.