1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishning muhim sharti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi subyektlarning innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning oʻrta muddatli va istiqbolli yoʻnalishlari belgilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini toʻliq kuzatib borishni taʼminlash, shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini taʼminlamayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, koʻpchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta oʻylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab boʻlmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qoʻllash eʼtiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va obyektlarni qurish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga yetarlicha eʼtibor berilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali roʻyobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy ragʻbatlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi va Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb yuritiladi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi hamda Taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi bazasida Vazirlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishda texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil qilinsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish sohasida tegishli faoliyat turlarini litsenziyalash funksiyasini Vazirlikka oʻtkazgan holda Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash boʻyicha Respublika komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi tugatilsin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Vazirlikning arxitektura va qurilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish, shuningdek, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va oʻrta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan chet eldagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish, seysmik xavfsizlikning taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash hamda nazorat qilish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Inspeksiyaning qurilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektlarida (Inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmaydigan obyektlar bundan mustasno) qurilish-montaj ishlarini bajarish va qurilish materiallaridan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma, qoida va standartlariga soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi texnik nazorat va loyiha tashkilotlari mualliflik nazorati olib borishi ustidan monitoring oʻtkazish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish-montaj tashkilotlari reyestrini yuritish toʻgʻrisidagi talab bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasidan moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi doirasida tovar (ish, xizmat)larni xarid qilish boʻyicha tanlov (tender) savdolarida belgilangan tartibda ishtirok etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududlari boʻyicha shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarini puxta rejalashtirishning bosh rejalarini va loyihalarini oʻz ichiga oladigan shaharsozlik hujjatlarining arxiv materiallari davlat mulki hisoblanadi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorisiz uchinchi yuridik va jismoniy shaxslarga berilmaydi, shuningdek, sotilmaydi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashning quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya shartnomasini imzolash zaruratini bekor qilgan holda, aniq va toʻliq litsenziya talablari va shartlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy javobgarlik hamda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik 2018-yilning oxiriga qadar 1-ilovada nazarda tutilgan ilgari berilgan litsenziyalarning ushbu Farmon bilan belgilangan litsenziyalashning yangi mexanizmini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan akkreditatsiya organining mustaqilligini taʼminlash, subyektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qurilish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PF-5392-son Farmoniga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish shakli
Bajarish muddati
Ijro uchun masʼullar
I. Qurilish sohasini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalar
1.
Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vazifa va funksiyalarini tanqidiy oʻrganish va qayta koʻrib chiqish orqali qurilish sohasidagi faoliyatda takrorlanishlarni istisno etish maqsadida ularning tashkiliy-shtat tuzilmasi va vakolatlarini optimallashtirish.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 1-iyungacha
Qurilish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Qurilish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun shaxslarning, jumladan mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligini kuchaytirish.
Qonun
2018-yil 15-iyungacha
Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berish boʻyicha elektron savdolarni tashkil etish yuzasidan maxsus portalni ishlab chiqish, uning ishlashi va doimiy yangilanib borishini taʼminlashni;
vakolatli davlat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni faqat elektron shaklda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda koʻrib chiqish va kelishishni;
hokimlarning jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlarini ular qabul qilingandan keyin bir kun mobaynida maxsus portalda majburiy eʼlon qilishni;
qurilish sohasidagi uning rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan barcha ruxsat beruvchi tartib-taomillarni qayta koʻrib chiqish va bekor qilishni.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 1-iyulgacha
“Yergeodezkadastr”
davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Manfaatdor shaxslarga Internet tarmogʻi orqali yer osti muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi axborot va materiallar, topografik xaritalar, hududlarning tasdiqlangan bosh rejalaridan erkin foydalanish imkoniyatini hamda ularning shaffofligini taʼminlash.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 15-iyulgacha
Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Qurilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishni takomillashtirish
5.
Qurilish xavfsizligiga talablarni shakllantirish, shaharsozlik shartlari va cheklovlarini eʼlon qilish, shuningdek, qurilish sohasi ishtirokchilariga malaka talablarining yangi tartibini joriy etish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining (gaz, elektr, issiqlik, suv taʼminoti va kanalizatsiya, telekommunikatsiya va boshqalar) joriy holati, texnik tavsiflari, rejalashtirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlardan erkin foydalanishni taʼminlashni;
tuman (shahar)larni rejalashtirishning umumiy makon sxemalari/rejalarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlarni markazlashtirilgan tarzda sotib olishni joriy etish, shuningdek, Internet tarmogʻida eʼlon qilish orqali ulardan erkin foydalanishni taʼminlashni;
xalqaro miqyosda tan olingan qurilish xavfsizligi norma va qoidalarini ularni ishlab chiqishga xususiy sektorni jalb etgan holda joriy qilishni;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligini shaharsozlik hujjatlarining yagona buyurtmachisi va egasi etib belgilashni.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 1-avgustgacha
Qurilish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, manfaatdor idoralar
6.
Akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali, jumladan akkreditatsiya organining mustaqilligini taʼminlash, subyektlarning malaka talablariga muvofiqligini baholash tartibini belgilashni nazarda tutgan holda, qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 1-iyulgacha
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor idoralar
7.
Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va qurilish obyektlarini inspeksiya qilish tartibini joriy etish, jumladan quyidagilarni nazarda tutish:
akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlarining qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish huquqini;
akkreditatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxslar — ekspertlarning qurilish obyektlarini inspeksiya qilish huquqini;
akkreditatsiyadan oʻtgan subyektlarning faoliyati ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, ularning moddiy (moliyaviy) javobgarligini.
Normativ-huquqiy hujjat
2018-yil 1-sentabrgacha
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor idoralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda, normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2018-y., 06/18/5392/0982-son; 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 30.05.2022-y., 06/22/144/0457-son; 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son; 16.04.2025-y., 06/25/66/0348-son)