Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUSTAQILLIGI EʼLON QILINIShI MUNOSABATI BILAN AMNISTIYA TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi eʼlon qilinishi munosabati bilan qaror qilaman:
1. Ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan quyidagi shaxslar jazodan ozod qilinsin:
a) 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar;
6) I va II guruh nogironlari;
v) voyaga yetmagan bolalari boʻlgan va homilador ayollar;
g) Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar.
2. 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan ayollar jazodan ozod qilinsin.
3. 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm etilgan voyaga yetmagan oʻgʻil bolalar jazodan ozod qilinsin.
6. Tergovdagi va hali sudda koʻrilmagan quyidagi barcha ishlar:
a) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 1-moddasida sanab oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar haqidagi;
b) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 2-moddasida aytib oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilanishi koʻrsatilgan jinoyatlar haqidagi;
v) ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar Farmonning 3-moddasida sanab oʻtilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan va qonunda 3 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo belgilanishi koʻrsatilgan jinoyatlar haqidagi ishlar harakatdan yotqizilsin.
a) alohida xavfli davlat jinoyatlari uchun, shuningdek milliy va irqiy teng huquqlilikni buzganlik; davlat sirini oshkor qilganlik; banditizm; axloq tuzatish mehnat koloniyalari faoliyatini izdan chiqaruvchi xatti-harakatlar; kontrabanda; ommaviy tartibsizliklar; qalbaki pul va qimmatbaho qogʻozlarni yasaganlik yoki oʻtkazganlik; valyuta operatsiyalari qoidalarini buzganlik uchun hukm qilinganlarga;
b) alohida xavfli retsidivist deb tanilganlarga;
v) qasddan odam oʻldirganlik; qasddan ogʻir tan jarohati yetkazganlik; militsiya xodimi yoki xalq drujinachisining hayotiga tajovuz qilganlik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda nomusga tekkanlik; davlat, kooperativ yoki jamoat mulkiga tamagirlik qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini alohida yirik miqdorlarda talon-toroj qilganlik; davlat yoki jamoat mulkini xonaga yoki mulk saqlanadigan joyga kirib oʻgʻirlaganlik; uyga kirib oʻgʻirlik qilganlik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda talonchilik; bosqinchilik; aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda tamagirlik (reket); aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda pora olganlik, pora berganlik, pora olish va berishda vositachilik qilganlik; ashaddiy bezorilik, oʻta ashaddiy bezorilik uchun, shuningdek Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 209-2, 209-3, 210-1-moddalarida; 213-moddasining 2-qismida va 216-2, 216-3, 216-4, 216-5-moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun jazoga hukm qilinganlarga;
d) avval afv etish yoki amnistiya tufayli jazodan ozod etilgan va yana qasddan jinoyat sodir qilganlarga;
e) alkogolizm, giyohvandlik yoki tanosil kasalligiga qarshi davolash kursini toʻliq oʻtmaganlarga;
j) jazoni oʻtash davrida rejimni ashaddiy buzuvchilarga nisbatan amnistiya qoʻllanilmaydi.
8. Ushbu Farmon eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, faqat Oʻzbekiston SSR sudlari tomonidan sudlangan va respublika tergov organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslarga tadbiq qilinadi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 31-avgust,
PF-240-son