Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2009 16.08.2001 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMI UChUN DARSLIKLAR VA O‘QUV ADABIYoTLARINING YaNGI AVLODINI YaRATISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-martdagi 80-sonli “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, ta’limning belgilangan standartlari va zamonaviy talablariga javob beradigan darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini shakllantirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni muntazam ravishda nashr etish, yangilab borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratishga tayyorgarlik ko‘rish, ularni qayta ko‘rib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan 2001—2006-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish dasturi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash va nashr etish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun 2002-yilda nashr etiladigan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan 2006-yilgacha nashr etiladigan darsliklar miqdoridan kelib chiqqan holda joriy yilda nashr etish mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv adabiyotlarining aniq ro‘yxatini har yili aniqlasin va ko‘rib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratishga tayyorgarlik ko‘rish, ularni qayta ko‘rib chiqish va yaratishni muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mualliflarni yuqori malakali olimlar, amaliyotchilar va mutaxassislardan tanlov asosida tanlanishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar qo‘lyozmalarining ta’limning belgilangan standartlariga va zamonaviy metodik talablarga muvofiqligi yuzasidan mustaqil ekspertizadan o‘tkazilishi tashkil etilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv va metodik adabiyotlarni tayyorlashning, shu jumladan masofadan turib o‘qitishda foydalanish uchun multimediya tizimlari, kompyuter texnologiyalari va boshqa zamonaviy usullaridan keng foydalanilishiga alohida e’tiborni qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar aholining turli tabaqalari uchun mumkin qadar arzon bo‘lishini ta’minlovchi narxlarni shakllantirish maqsadida darsliklarning yangi avlodini tayyorlayotgan va nashr etayotgan nashriyotlarga soliq imtiyozlari va preferensiylar berish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yildan boshlab o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarining kutubxona fondini 15 foizga to‘ldirib borish uchun har yili budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning yangi avlodini yaratish xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarish bo‘yicha tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun nazarda tutilgan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda darsliklar va o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va nashr etishni mablag‘ bilan ta’minlash uchun chet el grantlari hamda imtiyozli kreditlar jalb etilishini ta’minlasinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” aksiyadorlik kompaniyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmanomalariga muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarning to‘liq nashr qilinishini ta’minlasinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-noyabrdagi 548-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 47-son, 485-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda darsliklar aholining barcha tabaqalari uchun mumkin qadar arzon bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv adabiyotlari narxlarining shakllantirilishi ustidan muntazam ravishda qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari H.S. Karomatov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 15-16-son, 103-modda; 2002-y., 15-16-son, 125-modda; 2004-y., 47-son, 485-modda)