O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 24-oktabrdagi PQ-715-sonli “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 11-oktabrdagi PF-3498-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika hududida har xil transport turlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Uyushma xodimlarining cheklangan umumiy soni 30 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 25 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Uyushma boshqaruvi raisiga zarurat bo‘lganda Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi;
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi ijro etuvchi apparatining ta’minoti Uyushma ustaviga muvofiq uning muassislari ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi.
3. “Toshtemiryo‘lloyiha” va “O‘zyo‘lloyiha” loyihalash tashkilotlarining ularning tegishli aksiyadorlik kompaniyalari tarkibidan chiqishi hamda bevosita O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasiga uning muassislari huquqlari bilan kirishi to‘g‘risidagi qarorlariga rozilik berilsin.
4. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi bir oy muddatda:
Uyushmaning ta’sis yig‘ilishini o‘tkazsin va uning ijro etuvchi apparatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlagan holda shakllantirsin;
Uyushma ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda zarur aloqa turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining ijro etuvchi apparati Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 16“a”-uyga joylashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahar, O‘zbekiston ko‘chasi, 16“a”-uyda joylashgan bino kommunikatsiyalarini Toshkent shahar hokimligi binolardan foydalanish direksiyasi balansidan O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi balansiga bepul o‘tkazsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, o‘tkazilayotgan bino qiymati qo‘shilgan qiymat solig‘ini va daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin;
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-oktabr,
470-son
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi muassislarining tarkibi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi
“O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
“Davavianazorat” — O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Xalqaro avtomobillarda yuk tashuvchilar uyushmasi
Xalqaro ekspeditorlar uyushmasi
“O‘ztranssanoat” uyushmasi
“Toshtemiryo‘lloyiha” AJ
“Boshtransloyiha” OAJ
“Aviamaxsusmontaj” MChJ
“O‘zyo‘lloyiha” instituti
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga
1a-ILOVA
2004-yil 12-oktabrdagi 470-son qaroriga
1a-ILOVA
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-fevraldagi 64-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 7-son, 57-modda)
O‘zbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 40-41-son, 438-modda; 2005-y., 7-son, 57-modda)