18.03.2018 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tezkor yordam ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K.M. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 206-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini (keyingi o‘rinlarda maxsus tadbirlar deb ataladi) amalga oshirish tartibini, shuningdek, ushbu jarayonga jalb etilgan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomning amal qilishi xorijiy davlatlar hududida boshqa holatlarda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maxsus tadbirlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi xalqaro shartnomalariga, shuningdek, mazkur Nizom talablariga amal qiladilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘iga zarar yetishiga hamda hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarda jabrlanuvchi — favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi oqibatida shikastlangan yoki moddiy zarar ko‘rgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat hududi — favqulodda vaziyat manbalarining paydo bo‘lishi yoki uning oqibatlari boshqa joylardan tarqalishi natijasida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hudud yoki akvatoriya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirishga umumiy rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi hamda tegishli hududiy komissiyalarga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan maxsus Hukumat komissiyasi shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda FVV deb ataladi), Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, shuningdek, favqulodda vaziyatning xususiyatiga ko‘ra boshqa vazirlik va idoralarning mas’ul vakillaridan iborat maxsus guruh tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus tadbirlarni amalga oshirishni muvofiqlashtirish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida — FVVga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar hududida — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlari ushbu Nizomga ilova qilingan sxemadagi tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni evakuatsiya qilish, fuqarolarning xorijiy davlatlarda bo‘lishi sharoitlarini (mehnat faoliyati, o‘qish va boshqalarni) hamda ularning xohishini hisobga olib belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maxsus tadbirlarni o‘tkazishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maxsus tadbirlarni o‘tkazishdagi asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga jalb etiladigan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning davlat organlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni tashkil etish va amalga oshirish, tezkor ma’lumotlar bilan almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi yoki sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushganda, manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga tezkor ma’lumot almashinuvini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlar (xavfi) yuzaga kelgan xorijiy davlatlarga jo‘nab ketish maqsadida, biriktirilgan kuch va vositalarning yig‘ilish joyiga tezkor kelishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat hududida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuklangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlangan fuqarolarni va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilish (tashish) bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok bo‘lganlarni oila a’zolarining yashash joylariga yetkazish, ularni dafn etishda yordam berish, oila a’zolariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, shuningdek, tibbiy reabilitatsiya masalalarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga, ularning hamda halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga tushuntirish ishlarini va psixologik yordam ko‘rsatishni, shuningdek jamoat tartibini saqlashni ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar maxsus tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) FVV:

xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatida jabrlangan (vafot etgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risida tegishli vazirliklar va idoralarga tezda xabar va ma’lumot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat xususiyati va darajasi, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi, umumlashtiradi, tahlil qiladi va tezkor ma’lumot almashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus guruh tarkibi, kuch va vositalarni favqulodda vaziyat hududiga yetkazish (tegishli vazirlik va idoralarning havo yo‘llari, temir yo‘llari va avtomobil transportlarini jalb qilish)hamda evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga kelishish uchun taqdim qiladi;
(9-bandning 1-kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchish (jo‘nab ketish) uchun buyurtma beradi, havo kemasining (temir yo‘l/avtomobil transportining) parvoz etish (harakatlanish) yo‘nalishiga aniqlik kiritadi va kelishadi, parvozning (harakatlanishning) vaqti va davomiyligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus guruhni jo‘nab ketish joyiga o‘z vaqtida yig‘ish va yetkazishni hamda zarur mol-mulklarni (dorilar, quruq ovqatlar, issiq kiyim va boshqalarni) olib ketish uchun tayyorlashni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning qutqaruv bo‘linmalari bilan hamkorlikda, zaruratga ko‘ra, qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni, shuningdek, jabrlangan fuqarolarni va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasiga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok bo‘lganlarni ular oila a’zolarining yashash joylariga yetkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji to‘g‘risida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xorijiy davlatlarning davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilishda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik ustaviga, ushbu sohadagi qonunchilikka hamda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi;
(9-band 2-kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining jalb etiladigan tuzilmalarini favqulodda vaziyat to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVning talabnomasiga asosan, maxsus guruh kuch va vositalarini (maxsus texnika va mulklarini) yuboriladigan mamlakatga yetkazish va qaytarib olib kelish, shuningdek, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish uchun havo transportini tayyorlaydi va ajratilishini ta’minlaydi;

FVVga havo transportining jo‘nab ketish sanasi, joyi, tayyorgarlik muddati, vaqti, shuningdek, harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida oldindan ma’lumot beradi;

zarur holatlarda, FVVning talabnomasiga asosan, halok bo‘lganlarni ular oila a’zolarining yashash manzillariga yetkazib berishni ta’minlaydi;

4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub bo‘linmalarini sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida xabardor qiladi va ma’lumotlar to‘plashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning tergov organlariga zarur tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini o‘tkazishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatning yuzaga kelishi holatini aniqlash, halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlarini respublika hududida qidirish bo‘yicha zarur tezkor-tergov tadbirlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur holatlarda maxsus guruh a’zolari uchun chetga chiqish hujjatlarining darhol rasmiylashtirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini saqlash hamda jabrlanganlarni va halok bo‘lganlarni belgilangan joylarga yetkazib borishda transport vositalarini kuzatib borishni tashkillashtiradi va ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tibbiyot xizmatlari va muassasalarini favqulodda vaziyat sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ogohlantirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda xorijiy hamkasblariga konsultativ ko‘maklashish uchun malakali mutaxassislar guruhini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlarning tegishli tibbiyot muassasalari bilan birgalikda, hodisa sodir bo‘lgan joyda jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy ta’minotini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashish mumkin bo‘lmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning ro‘yxatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tadbirlarni o‘tkazish davrida maxsus guruhni uzluksiz aloqa (mobil aloqa, ma’lumotlarni uzatish) bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tadbirlarni o‘tkazayotgan maxsus guruhni umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya vositalari va idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ustuvor tartibda ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVning talabnomasiga asosan evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish davrida “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlari orqali “Tezkor aloqa”ni tashkil etish va faoliyatini ta’minlashda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida, xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarni xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub bo‘linmalarini sodir bo‘lgan voqea to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan xorijiy davlatning bojxona organlari bilan ushbu davlatga maxsus guruhni jo‘natishda (qaytib kelishida), shuningdek, jabrlanganlarni va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilishda tegishli bojxona nazorati tadbirlarini soddalashtirilgan tartibda o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tegishli bo‘linmalarini xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

chetga chiquvchilar chegara nazoratidan o‘z vaqtida o‘tkazilishini, shuningdek, jabrlangan fuqarolar yetib kelganda (olib kelinganda) tegishli chegara nazorati tadbirlarining soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tegishli bo‘linmalarini xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVning talabnomasiga asosan, maxsus guruh kuch va vositalarini (maxsus texnika va mulklarini) yuboriladigan mamlakatga yetkazish va qaytarib olib kelish, shuningdek, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish uchun havo transportini tayyorlaydi va ajratilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVga havo transportining jo‘nab ketish sanasi, joyi, tayyorgarlik muddati, vaqti, shuningdek, harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida oldindan ma’lumot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur holatlarda, FVVning talabnomasiga asosan, halok bo‘lganlarni ular oila a’zolarining yashash manzillariga yetkazib berishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tegishli bo‘linmalarini xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVning talabnomasiga asosan, maxsus guruh kuch va vositalarini (maxsus texnika va mulklarini) yuboriladigan mamlakatga yetkazish va qaytarib olib kelish, shuningdek, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish uchun temir yo‘l transportini tayyorlaydi va ajratilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur holatlarda, FVVning talabnomasiga asosan, halok bo‘lganlarni ular oila a’zolarining yashash manzillariga, shuningdek, jabrlanganlarni doimiy yashash joylariga yetkazishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi:
(9-band 12-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tegishli bo‘linmalarini xabardor qiladi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVVning talabnomasiga asosan, jabrlanganlarni va halok bo‘lganlarni hamda ularning kuzatuvchilarini tegishli manzillarga yetkazishni ustuvor ravishda belgilangan tartibda ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVV talabnomasiga asosan, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga ketayotgan mutaxassislar, shuningdek, jabrlangan shaxslar uchun oziq-ovqat mahsulotlari va birinchi navbatdagi moddiy boyliklar bilan ta’minlashni tashkil etadi va ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, jabrlanganlarni va halok bo‘lganlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan joydan ularning oilalari istiqomat qilayotgan joylargacha yetkazish uchun yetarli miqdorda transport vositalari jalb etilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jalb etgan holda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga dafn marosimlarini o‘tkazishda yordam beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb etgan holda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga belgilangan tartibda ijtimoiy yordam ko‘rsatadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FVV va yuqori davlat organlarini amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida xabardor qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari va ular sodir bo‘lganda harakat qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari doimiy ravishda olib borilishini tashkil etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkillashtiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda televideniye, radiokanallari va internet orqali aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda birinchi navbatda bajariladigan ishlar to‘g‘risida tushuntirishlar olib borilishini ta’minlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

* FVning miqyosi va xususiyati, shuningdek tadbirlarni tashkil etish sharoitlariga ko‘ra bajarish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/206/0936-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)