15.03.2018 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmonini bajarish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini hisobga olishning idoralararo axborot tizimini yaratish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida interaktiv davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda “Ijtimoiy himoya” IAT deb ataladi) ko‘rsatilishini tashkil qilish ishlarini amalga oshirayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlarini (keyingi o‘rinlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari deb ataladi) tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishning asosiy maqsadlari va vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlar faoliyatini samarali nazorat qilish orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilayotgan va ijtimoiy yordam olayotgan keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ajratiladigan moliyaviy va boshqa resurslarni maqsadli taqsimlash, xarajatlarni samarali rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat funksiyalarini bajarish jarayonlarini, jumladan, taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar va axborot sonini qisqartirish yoki aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda bunday hujjatlar va axborot taqdim etish amaliyotini to‘liq bekor qilish orqali optimallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini olish uchun tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi organlar va tashkilotlarga elektron shaklda murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 1-iyungacha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari to‘g‘risidagi kompleks axborotni o‘z ichiga olgan, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashish va budjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishining oldini olish, shuningdek, suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradigan “Ijtimoiy himoya” IATning bir qismi hisoblanadigan Reyestrni tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya” IATni tashkil qilish bo‘yicha Texnik-iqtisodiy hisob-kitobni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UZINFOCOM” Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ “Ijtimoiy himoya” IATni ishlab chiquvchi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Ijtimoiy himoya” IAT egasi va uning uzluksiz ishlashi uchun mas’ul organ etib;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya” IATni tashkil etish tadbirlari Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilsin.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev, Sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 203-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini yaratish

1.

Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Avtomatlashtirilgan yagona elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda Reyestr deb ataladi) yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Texnik topshiriqni tayyorlash va tasdiqlash

2018-yil

15-aprelgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

2.

Tasdiqlangan texnik topshiriqqa muvofiq Reyestrni yaratish va ishga tushirish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil

1-iyungacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

3.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ma’lumotlar bazasidan va boshqa manbalardan pensiya va nafaqalar oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni Reyestrga kiritish.

Tashkiliy tadbirlar

2018-yil

1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

4.

Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar tomonidan ularga tegishli qismda axborotni taqdim etish va kiritish �artibini belgilovchi Reyestrni yuritish reglamentini, shuningdek, berilgan vazifalarga muvofiq Reyestrdagi axborotdan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Reglamentni tasdiqlash

2018-yil

1-avgustgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

5.

Reyestrning keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish jarayonlarida ishtirok etayotgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa organlar hamda tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashtirish.

Integratsiyalashtirish jadvali

va tashkiliy tadbirlar

2018-yil

1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

6.

Manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini o‘qitish va ish jarayoniga tayyorlash.

O‘qitish jadvali

2018-yil

1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

II. Taqdim etiladigan xizmatlarning ko‘rsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish bo‘yicha idoralararo axborot tizimini yaratish

7.

Taqdim etiladigan xizmatlarning ko‘rsatilishi, hajmi va sifatining doimiy monitoringini olib borish imkonini beradigan, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, ularga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish bo‘yicha idoralararo axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda “Ijtimoiy himoya” IAT deb ataladi) konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2019-yil

1-yanvargacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

8.

“Ijtimoiy himoya” IATni yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2019-yil

1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

9.

“Ijtimoiy himoya” IATni yaratish loyihasi bo‘yicha loyiha hujjatini (LTII/TII) ishlab chiqish va tasdiqlash.

Texnik hujjatlar

2019-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari vazir�igi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

10.

“Ijtimoiy himoya” IATni, shu jumladan tegishli interaktiv xizmatlarni taqdim etgan holda quyidagi kichik tizimlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy qilish:

keksalar va nogironlarni aniqlash, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Reyestrga kiritish, keksa va nogiron kishining elektron kartochkasini yuritish, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga muvofiq ijtimoiy xizmatlarning alohida dasturini ishlab chiqish;

shifokorlik-mehnat ekspert komissiyalarida tekshiruvdan o‘tish va alohida reabilitatsiya dasturining (keyingi o‘rinlarda ARD deb ataladi) elektron shaklini yaratish;

ARDga muvofiq Milliy va hududiy reabilitatsiya markazlaridagi reabilitatsiya qilish;

ARDga muvofiq protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalar bilan ta’minlash;

sanatoriy-kurortlarda davolanish;

internat muassasalariga joylashtirish;

uyda xizmatlar ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar alohida dasturining (AD) elektron shaklini yaratish;

dori-darmonlarni hisobga olish va berish;

qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning monitorlarida tahliliy axborotni aks ettirgan holda, taqdim etiladigan xizmatlarning ko‘rsatilishi, hajmi va sifatining monitoringi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil qilish, shuningdek, ish o‘rinlarini zaxiraga olish va ushbu ish o‘rinlarida ishga joylashtirishni nazorat qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq keksa va nogiron kishining elektron kartochkasi arxivini yuritish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
1-iyungacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

11.

“Ijtimoiy himoya” IATni “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiya platformasiga ulash.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish

2020-yil

1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va �doralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

12.

“Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish jarayonlarida ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar xodimlarini tizimda ishlashga o‘qitish.

O‘qitish jadvali

2020-yil

1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

13.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tavsiyalariga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya” IAT axborot xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish

muntazam

Axborot texnologiyalari vazirligi, ““UZINFOCOM” Yagona integrator” MChJ, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

III. Ko‘rish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun ovozni qayta eshittirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni joriy qilish

14.

Ko‘rish qobiliyati buzilgan shaxslar uchun davlat tilidagi ovozlarni qayta eshittirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni yaratish va ushbu ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni turli kompyuter va mobil dasturiy ta’minotlar, shuningdek, operatsion tizimlar bilan integratsiyalashtirishga doir (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulot deb ataladi) texnik topshiriqni ishlab chiqish

Texnik topshiriq

2018-yil

1-iyungacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

15.

O‘zbek tilidagi so‘zlar va ifodalar lug‘atini yaratish va har bir so‘z, shu jumladan atamalar talaffuzini yozish.

So‘zlar talaffuz etilgan lug‘at

2018-yil

1-noyabrgacha

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda

16.

Elektron matnlarni avtomatik ravishda o‘qish va ovozni boshqarish uchun so‘zlar talaffuz qilinadigan lug‘at bazasida ixtisoslashtirilgan dasturni, jumladan, mobil qurilmalar uchun ham ishlab chiqish, shuningdek, elektron matnni avtomatik ravishda o‘qish tizimini PDF, DjVu va boshqa formatdagi matnlarni o‘qish uchun matnni ajratish dasturlari bilan integratsiyalashtirish.

Ixtisoslashtirilgan dasturni ishlab chiqish

2019yil

1-martgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

17.

Ixtisoslashtirilgan dasturni erkin tarqatish choralarini ko‘rish, shuningdek, uni ko‘rish qobiliyati buzilgan shaxslar o‘qiydigan va ishlaydigan ta’lim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda o‘rnatish, uning Internet axborot tarmog‘ida tarqatilishini ta’minlash.

Tashkiliy masalalar

muntazam

Axborot texnologiyalari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

IV. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish

18.

Vazirliklar va idoralarning “Ijtimoiy himoya” IATda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish jarayonlarida foydalaniladigan mavjud kompyuter va tashkiliy texnikasini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek, ularni zamonaviy kompyuter va tashkiliy texnika uskunalari bilan to‘ldirish.

Xatlovni o‘tkazish jadvali

“Ijtimoiy himoya” IATdan foydalanish uchun mas’ul xodimlarni texnika bilan ta’minlash

2018-yil

1-iyungacha

2019-yil

1-yanvargacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

19.

Davlat organlari va “Ijtimoiy himoya” IAT ishtirokchilari bo‘lgan tashkilotlarni Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulash.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish

2018-yil

1-sentabrgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
“O‘zbektelekom” AK

20.

Joylarda hududiy dispetcherlik punktlarining imkoniyatlarini jalb qilganda holda, mobil aloqa tarmoqlari orqali, shu jumladan nutqi va eshitish qobiliyati buzilgan shaxslardan shoshilinch xizmatlarga kelib tushadigan qisqa matnli xabarlar (SMS) ko‘rinishidagi murojaatlarni qabul qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish

2019-yil

1-maygacha

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, FVV, “O‘ztransgaz” AJ , O‘zbekiston respublika karlar jamiyati, Moliya vazirligi , Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/203/0906-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)