Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2019 15.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2982
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining qarori, 15.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2982
Kuchga kirish sanasi
16.03.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.12.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2982]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 6-dekabrdagi 97, 103, 11-2019-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2982-1, 18.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2/qq-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazining 2018-yil 12-fevraldagi 12, 3, 2/qq-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (bundan buyon matnda akademik litseylar deb yuritiladi) oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tibbiyot boʻlimlaridagi (bundan buyon matnda tibbiyot boʻlimlari deb yuritiladi) harbiy-tibbiy komissiyalar (bundan buyon matnda HTK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. HTK tarkibi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. HTK faoliyatiga uslubiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasida tashkil etiladigan Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasi (bundan buyon matnda MHTK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nazorat qilish tartibida qayta tibbiy koʻrik yoki HTK qarorini qayta koʻrib chiqish MHTK tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻquvchilar birlamchi va yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiy koʻrik mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan uslubiy koʻrsatmalar asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tibbiy koʻrik davrida akademik litseylarda oʻqishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar (bundan buyon matnda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar deb yuritiladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar mazkur Nizomning 3-ilovasida koʻrsatilgan kasalliklar va jismoniy nuqsonlarni qoʻllash boʻyicha izohlar yordamida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Birlamchi tibbiy koʻrikda oʻquvchining shikoyatlari, sogʻligʻi holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi (025 h.sh.), oʻquvchi va uning ota-onasi haqidagi asosiy anamnestik maʼlumotlari (kasalliklari, jarohatlari, rivojlanishi, feʼl va xulq-atvori) oʻrganiladi hamda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi roʻyxatda belgilangan tibbiy tahlillar va tekshiruvlar asosida oʻquvchilar laborator-instrumental tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchi va uning ota-onasi sogʻligʻi holati haqidagi ambulator bemorning tibbiy kartasi (025 h.sh.) hamda asosiy anamnestik maʼlumotlar HTK tomonidan oʻquvchi roʻyxatda turadigan joyidagi tibbiyot muassasalaridan soʻrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Birlamchi tibbiy koʻrik davrida HTK tomonidan oʻquvchiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kartasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kartasi HTKning raisi imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birlamchi tibbiy koʻrik natijasiga koʻra oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan oʻquvchilar yakuniy tibbiy koʻrikka qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yakuniy tibbiy koʻrik oʻquvchining sogʻligʻida birlamchi tibbiy koʻrikdan keyingi oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida oʻquvchilar zaruratga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi tibbiyot muassasalarining ixtisoslashgan sohalari boʻyicha mutaxassis shifokorlar koʻrigiga tibbiy maslahat va tekshiruv uchun yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tibbiy maslahat va tekshiruv natijalari ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi oʻquvchining sogʻligʻi holatini tekshirish dalolatnomasiga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarning ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yakuniy tibbiy koʻrik natijalari oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kartasiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ishtirok etgan har bir mutaxassis shifokor oʻz yoʻnalishi boʻyicha tibbiy koʻrikni amalga oshiradi va tibbiy xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. HTK oʻquvchining salomatligi toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlar va uning jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda oʻquvchini oʻqishga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. HTKning yakuniy qarori HTKning barcha mutaxassis shifokorlari koʻrigi va tibbiy tekshiruvlari natijasi asosida chiqariladi, bundan HTKning barcha mutaxassis shifokorlari koʻrigi va tibbiy tekshiruvlari toʻliq oʻtkazilmasdan kasallik va jismoniy nuqson alomatlari aniqlangan holatlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. HTKning tibbiy koʻrik boʻyicha natijalari oʻquvchining oʻqishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi haqidagi qarori qabul qilingandan keyin, bu haqda mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi va ushbu maʼlumotnoma tegishli akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish komissiyalariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy koʻrik natijalari HTKning xulosa va qarorlarini qayd qilish kitobiga hamda oʻquvchining tibbiy koʻrikdan oʻtkazish kartasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HTKning xulosa va qarorlarini qayd qilish kitobi komissiya raisi, komissiya aʼzolari va kotibi tomonidan tekshiriladi va imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻquvchilar HTKning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda MHTKga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. HTK tibbiy koʻrik tugaganidan keyin 10 ish kuni ichida tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha MHTKga hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrik vaqtida tekshiruvlarni oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USLUBIY KOʻRSATMALAR

1. Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarning (bundan buyon matnda oʻquvchi deb yuritiladi) yaroqlilik darajasini aniqlashda kasallik yoki jismoniy nuqson xususiyati, ularning rivojlanish darajasi, oʻquv jarayoni xususiyatlari va sharoiti inobatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiy koʻrik kunduz kuni, maxsus ajratilgan, yorugʻ, iliq va keng xonalarda oʻtkaziladi. Kunduzgi yorugʻlikdan foydalanishning imkoni boʻlmagan hollarda tibbiy koʻrik mutaxassis shifokorlarning faoliyati uchun yetarli darajada sunʼiy yoritilgan xonalarda oʻtkazilishi kerak. Har bir mutaxassis shifokorga alohida xona ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishini obyektiv baholash uchun ularning sogʻligʻi yuzasidan shikoyat qilish yoki qilmasligidan qatʼi nazar, maqsadli yoʻnaltiruvchi savollar berish, subyektiv aniqlanmagan va yashirin kasallik mavjudligi yoxud kasallikni yashirishga, uning ahamiyatini kamaytirishga, shuningdek kasallik mavjudligi haqida notoʻgʻri maʼlumot berilishi mumkinligiga eʼtibor qaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarda yatrogen kasalliklarini keltirib chiqarmaslik uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida shifokorlik odob qoidalariga (deontologiyaga) rioya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tibbiy koʻrik laborator-instrumental, rentgen-flyuorografik, ultratovush tekshiruvi, fibrogastroskopiya va zaruratga qarab boshqa zamonaviy klinik tekshiruv usullarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrik vaqtidagi tekshiruvlarda qoʻllaniladigan usullar boshqa tibbiy koʻrik usullari (masalan, vestibulometriya), shuningdek oftalmolog tomonidan qoʻllaniladigan midriatiklar, miotiklar va boshqa anestetiklarning taʼsiri nerv va yurak-qon tomir tizimlarini tekshirish ishlari oʻtkazilishida qiyinchiliklar tugʻdirishi mumkinligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrik jarayonida eʼtiborni faqat kasallik xususiyati va jismoniy kamchiliklarni aniqlashga qaratmasdan, kasallik darajasini va kasallangan aʼzolar faoliyatining kompensator imkoniyatlarini aniqlash hamda organizmning moslashish qobiliyatini ham oʻrganish muhim ahamiyatga ega boʻlib, ushbu maʼlumotlarning barchasi mutaxassis shifokor xulosasida aks ettirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchining turmush sharoiti, aniqlangan jismoniy nuqson va kasallikning xususiyati, ifodalanishi, funksional oʻzgarishlar, kasallikning kompensatsiyasi individual tarzda inobatga olinib, oʻqishga yaroqli yoki yaroqsizlik darajasi baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarga oʻqishni davom ettirishga yaroqliligi boʻyicha individual baho berilayotganda uning sogʻligʻidagi oʻzgarishlar darajasini hamda kasallangan aʼzo va tizimning, umuman organizmning funksional moslashuvchanligi qay darajada ekanligi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan aniqlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Salomatlik holati boʻyicha meʼyoriy koʻrsatkichlardan chetga chiqish holatiga shubha qilinganda, aniqlangan oʻzgarishlarga muvofiq chuqurlashtirilgan tekshiruvlar oʻtkazilishi va tegishli soha mutaxassis shifokorlarining maslahat koʻrigidan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ambulator sharoitda oʻtkazilayotgan tekshiruvda diagnoz noaniq boʻlsa yoki shubha uygʻotsa, oʻquvchi statsionar tekshiruvga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiy koʻrikda oldingi shifokorlik kuzatuvlaridagi maʼlumotlar inobatga olinib, muayyan rejaga rioya etilgan holda qabul qilingan klinik usullar boʻyicha oʻtkazilishi zarur. Shifokorlik tekshiruvi bir-birini toʻldiradigan quyidagi usullar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrab bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzdan kechirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha (rentgenologik, laboratoriya, instrumental va boshqa) tekshirish usullarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekspert xulosasi oʻquvchining hayotiga oid ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda aniq qoʻyilgan diagnozga asoslangan boʻlishi zarur. Kasallikning kelib chiqishi aʼzolarda, tizimlarda yoxud organizmda roʻy bergan morfologik va funksional oʻzgarishlar natijasida aniqlangan diagnozda oʻz ifodasini topgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasallik etiologiyasini aniqlash toʻgʻri diagnoz qoʻyish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Etiologik omil sezilarli darajada patologik jarayonning dinamikasini, morfologik oʻzgarishlarning xususiyatini, ayrim aʼzo va tizimlardagi funksional buzilishlar darajasini aniqlab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tibbiy koʻrik oʻquvchi oʻzini qanday his qilayotganligini soʻrashdan, yaʼni tekshiruv davrida vujudga kelgan va uning sogʻligʻiga salbiy taʼsir etuvchi holatlar, qattiq charchash, uyqusizlik, stress va shunga oʻxshash holatlarni aniqlashdan boshlanishi kerak. Salbiy taʼsir etuvchi holatlar borligi aniqlanganda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni boshqa vaqtga koʻchirish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi holatlar mavjud boʻlmasa, batafsil soʻrab-surishtirish orqali turli sezgilarni, ayniqsa ogʻriqni sezishi, uning intensivligi, uzluksizligi, joylashishi, qancha vaqt davom etishi, boshlanish va tugash tezligi, paydo boʻlish vaqti, turli ichki va tashqi muhit omillari bilan bogʻliqligi, turli farmakologik vositalarning ushbu sezgilar (ogʻriqlar)ga taʼsirini aniqlash zarur. Oʻquvchilar shikoyatlari, shuningdek soʻrab-surishtirish yoʻli bilan passiv shikoyatlari aniqlanadi, aʼzolarning asosiy faoliyati, ayrim aʼzolar va tizimlar faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot toʻplanadi. Shundan soʻng turmush hamda kasallik anamnezi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikda anamnezga yetarli darajada baho berilmasligi kasallik diagnozi notoʻgʻri qoʻyilishiga olib kelishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassis shifokor oʻquvchi bilan suhbat vaqtida uning tugʻilgan va yashash joyi, turmush sharoiti, ovqatlanishi, sport bilan shugʻullanishi, irsiy kasalliklari va boshqa omillar toʻgʻrisidagi savollarga javob olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchiga oid xususiyatlar toʻgʻrisida olingan umumiy taassurot, oʻzini tutishi, harakat reaksiyalari, imo-ishoralari, gapirishi va boshqa xatti-harakatlari mutaxassis shifokor tomonidan oʻtkazilgan kuzatuvlar bilan toʻldirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrik paytida mutaxassis shifokor tomonidan olib borilgan kuzatuvlar, oʻtkazilgan boshqa tekshiruv natijalari tahlili ekspert xulosasini chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tibbiy koʻrik batafsil soʻrov ishlari bilan qoʻshib olib borilishi ogʻriqlar qay darajada namoyon boʻlayotganligi va xususiyati hamda ular oʻquvchining mehnat qobiliyati pasayishida qanday oʻrin tutayotganligini aniqlashda yordam beradi. Davolovchi shifokorlar tomonidan olib borilgan kuzatuvlar ham ogʻriqlar kelib chiqishini aniqlashda yordam berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Aʼzo faoliyatining yetishmovchiligi shartli ravishda uch darajaga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi (boshlangʻich) — yengil daraja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — oʻrtacha daraja;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — ogʻir darajaga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasallangan tizimning yetishmovchilik darajasi uning jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishga boʻlgan reaksiyasiga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Surunkali kasalliklarda rivojlanish darajasi inobatga olinib, patologik jarayon uchta bosqichga boʻlinadi. Har bir bosqich ifodalangan subyektiv sezgilar, morfologik oʻzgarishlar hamda turli aʼzo va tizimlar faoliyatining muayyan holati bilan farqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasallik bosqichini aniqlash uchun aʼzo va tizimlardagi zararlanish bosqichlari inobatga olingan holda har bir bosqichni aniq ifodalash uchun bemor chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi hamda aʼzolar va kasallikning klinik koʻrinishi tahlil qilinishi lozim. Oʻquvchining oʻqishga yaroqlilik masalasi hal qilinayotganda, kasallik bosqichini aniqlashdan tashqari kasallikning kechish tezligi, qaytalanishi, ogʻirlik bosqichi va asoratlari mavjudligi inobatga olinishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻquvchining oʻqishga yaroqliligini baholashda aniqlangan kasallikning turli bosqich va shakllari hamda kasallik alomatlarining namoyon boʻlishi, ifodalanishi, prognozi, shikastlangan aʼzo, umuman, butun organizmning funksional holatiga, shuningdek oʻqish sharoiti va xususiyatiga bogʻliqligi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Diagnozlar tekshiruv oʻtkazilayotgan kunda amalda boʻlgan Xalqaro kasalliklarning tasnifiga muvofiq ifodalanishi, unda kasallikning kelib chiqishi va patogenezi, kasallikning shakllari, klinik-morfologik oʻzgarishlar, funksional buzilishlarning xususiyati va darajasi, kompensatsiya darajalari yoki tibbiy koʻrikdan oʻtish kunidagi kasallik bosqichlari aks ettirilishi, kasalliklar ogʻirlik darajasini inobatga olgan holda ketma-ketlikda yozilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diagnozda koʻrsatilgan terapevtik yoki jarrohlik muolajalarining barcha turlari koʻrsatib oʻtilishi kerak. Bunda dastlab asosiy kasallik (jarohatlanish) koʻrsatiladi, keyin esa qoʻshimcha aniqlangan kasalliklar (jarohatlanish) va asosiy kasallik bilan etiopatogenetik jihatdan bogʻliq boʻlgan kasalliklar yoziladi, shuningdek boshqa barcha qoʻshimcha kasalliklar koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalida kasallik holatining barcha turlari va shakllari koʻzda tutiladi hamda kasalliklar dinamikasi toʻliq holda bayon etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ruhiy holatni tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Psixiatr-shifokor tibbiy tekshiruvining asosiy vazifasi ruhiy kasallik va ruhiy kasallikka chegaradosh holatlar bilan kasallanganlarni aniqlash, shuningdek oʻquvchilar ruhiy kasalligining dastlabki holatlarini erta aniqlash, ularni davolash uchun maxsus davolash muassasalariga oʻz vaqtida yuborish hamda oʻqishga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa chiqarishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchi tanasining teri qismiga tushirilgan turli surat va yozuvlar (tatuirovkalar) aniqlangan taqdirda, ularning kelib chiqishi, maʼnosi, xususiyati va hajmi hisobga olingan holda xulosa chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchi tomonidan qasddan oʻziga yetkazilgan tan jarohati alomatlari aniqlanganda, uning oʻqishga yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquvchining ruhiy holatidagi oʻzgarishlarni aniqlashda uning oʻzi bilan oʻtkazilgan suhbatga asoslaniladi. Yashash, oʻqish joyidagi davolash muassasalaridan, psixonevrologik va narkologik dispansyerlardan olingan hujjatlarda mavjud boʻlgan oʻquvchining bolaligidagi rivojlanishning oʻziga xos xususiyatlari, oʻtkazgan kasalliklari, jarohatlari, duduqlanish borligi yoki yoʻqligi, uyqusirab oʻrnidan turib yurishi, vahima bosish va boshqa ruhiy holatlari haqida maʼlumotlarga eʼtibor qaratish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchi bilan suhbat vaqtida uning tashqi koʻrinishi, yuzining ifodasi, imo-ishoralar bilan gapirishi, yurishi, oʻzini tutishi kabi xususiyatlariga, harakatlariga, adekvat reaksiyasiga, mutaxassis shifokor bilan oʻtkazilayotgan suhbatga boʻlgan munosabatiga (tafakkuri darajasiga, suhbatlashishga faol intilayotganligi yoki sust ravishda boʻysunib oʻtirishiga, suhbatdan oʻzini olib qochishga yoki umuman suhbatdan bosh tortishga harakat qilishiga, fikrlarining cheklangan, cheklanmaganligiga, suhbatga moyilligiga) eʼtibor berish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektiv, anamnestik maʼlumotlarning yoʻqligi tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchining sogʻligʻi toʻgʻrisidagi har bir qoʻshimcha axborot manbai sifatida alohida ahamiyat kasb etib, yakuniy ekspert qarori qabul qilinishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday manba sifatida yashash, oʻqish joyidagi tibbiyot muassasalaridan olingan maʼlumotlar, psixonevrologik dispanser maʼlumotlari, qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar (psixofiziologik, neyrofiziologik elektroensefalogramma va boshqalar) vaqtida olingan maʼlumotlar muhim oʻrin tutishiga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchining psixonevrologik va narkologik muassasalar kuzatuvida turishi yoki turmaganligi toʻgʻrisida ushbu muassasalardan maʼlumotlar olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchi oʻzi yashash joyini tez-tez oʻzgartirib turgan hollarda, maʼlumotlarni psixonevrologik va narkologik dispansyerlardan soʻnggi besh yilligi soʻrab olinadi. Psixonevrologik statsionarda tekshiruv oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlangan hollarda ushbu statsionardan kasallik tarixining batafsil koʻchirmasi soʻrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchilar anamnezida ruhiy kasalliklar oʻtkazganligi haqidagi maʼlumotlar aniqlangan hollarda, oʻqishga yaroqsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchiga nisbatan shifokor-psixiatr xulosasi faqat ambulator tekshiruv maʼlumotlari boʻyicha chiqariladi, zaruratga qarab ular tekshirish va diagnozni tasdiqlash uchun psixonevrologik muassasalarga yuborilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchida aniqlangan ruhiy yoki chegaradosh kasalliklar diagnozi oʻquvchining keyingi ijtimoiy mavqeyiga taʼsir qilmasligi uchun, ushbu maʼlumotlar faqat oʻquvchini tibbiy koʻrikka yuborgan ichki ishlar organlarining kadrlar boʻlimiga yuborilishi lozim. Oʻtkir psixoz holatlarida, sogʻliqni saqlash muassasalariga davolanish uchun kerakli maʼlumotlar beriladi. Ushbu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ruhiy kasallikka chalingan va ruhiy kasallikka chegaradosh boʻlgan holatlar aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan davolash muassasasiga yotqizilib, statsionar tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin psixonevrologik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Asab tizimini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tibbiy koʻrik vaqtida nevrolog-shifokor organik zararlanish oqibatida asab tizimida roʻy bergan oʻzgarishlarni aniqlashga, zararlanishning chegaralangan, tarqoq yoki diffuz tarzda ekanligini aniqlashga, vegetativ zararlanishlar mavjudligini aniqlashga, kasallikning kechish xususiyatini baholashga, kuchayib borayotgan, qaytalanayotgan kasallik oqibatlariga yoki turgʻun turgan, qoldiq koʻrinishlariga, funksional buzilishlarning ifodalanish darajasini aniqlashga, nevrologik simptomlarning birgalikda kelishiga, ichki aʼzolar faoliyatining buzilganligi bilan bogʻliqligini aniqlashga eʼtibor berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Klinik-nevrologik tekshiruv tibbiy hujjatlar bilan tanishib, shikoyatlar aniqlanganidan, umumiy anamnez toʻplanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy anamnezni aniqlash vaqtida ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillarning sogʻligʻiga, nasliy va oilaviy anamneziga, oilada yuqumli kasalliklar (zaxm, sil va boshqalar), intoksikatsiyalar, asab kasalliklariga chalinganlar bor-yoʻqligiga eʼtiborni qaratish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nevrologik tekshiruvidan oʻtuvchilarning mushaklaridagi atrofiya, badanidagi kesilgan jarohatlar, chandiq joylar, teridagi trofik oʻzgarishlar, yurish-turishidagi va tana tuzilishining oʻzgarishlariga toʻgʻri baho berish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bosh-miya nervlarini tekshirish vaqtida, eng avvalo, koʻz qorachigʻiga eʼtibor qaratiladi. Qorachiqning shakli va kattaligi, nurga (toʻgʻridan va yon atrofdan tushgan nurga) boʻlgan taʼsirlanishi, konvergensiya va akkomodatsiya vaqtidagi holatlari tekshiriladi. Alohida bir simptom sifatida koʻz qorachigʻining kattaligi har xil boʻlishi (anizokoriya) asab tizimining organik kasalligi alomati hisoblanmaydi. Bu hol tugʻma anomaliyaning, simpatik innervatsiyaning notekisligi va boshqa holatlarning oqibati boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz qorachigʻining deformatsiyasi asab tizimida organik jarohat bor degan shubha tugʻdirishi kerak, biroq koʻz qorachiqlarining reaksiyalari normal holatda boʻlsa, bunday deformatsiyaning ahamiyatini organik simptom sifatida haddan tashqari oshirib yubormaslik lozim. Koʻz qorachigʻi reaksiyalaridagi oʻzgarishlar koʻp hollarda markaziy asab tizimidagi organik kasallik alomati hisoblanadi va shuning uchun koʻz qorachigʻi reaksiyalarini tekshirish ishlari chuqur, nur manbai yetarli darajada intensiv boʻlgan sharoitda oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz qorachiqlarining akkomodatsiya bilan konvergensiyaga reaksiyasi tekshirilayotgan vaqtda bir qorachiqning qisqarishi ikkinchi qorachiq qisqarishi bilan taqqoslab koʻrilishi lozim. Koʻz qorachigʻi reaksiyalarini tekshirish vaqtida koʻz qorachiqlarining nurga, konvergensiyaga va akkomodatsiyaga boʻlgan reaksiyasidagi farqlarga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu holatda nafaqat koʻz qorachiqlari reaksiyasidagi qoʻpol buzilishlar (Archayl-Robertson simptomi, koʻz qorachigʻining reflektorli harakatsizligi, konvergensiyaga va akkomodatsiyaga reaksiyaning yoʻqligi), balki ancha nozik buzilishlar (bir koʻz qorachigʻi reaksiyasining boshqa koʻz qorachigʻi reaksiyasiga nisbatan farqi, reaksiyaning konvergensiya va akkomodatsiyaga nisbatan sustligi) ham ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz qorachigʻi reaksiyalarida oʻzgarishlar aniqlangan holatlarda harakat sohasining reflekslari, sezuvchanligi va hokazolar puxtaroq tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz qorachiqlari tekshirib boʻlinganidan keyin, koʻzlarning holati, gʻilaylik bor-yoʻqligi, koʻz qovoqlari tirqishining kengligi, koʻz soqqasining harakati, diplopiya (ikkita koʻrish) va nistagmga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻilaylik har doim ham koʻzni harakatga keltiruvchi nervlar jarohatlanganini koʻrsatavermaydi, gʻilaylik tugʻma kamchilik boʻlishi yoki koʻrish anomaliyalari sababli vujudga kelishi mumkin. Koʻz soqqasi oʻta yonga qaratilganda unda ayrim nistagmga oʻxshash titrashlar hosil boʻlishi, asab tizimining organik jarohati deb hisoblanmasligi kerak, ammo har bir nistagmga oʻxshash holatlarga alohida eʼtibor berishni hamda tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchini nevrologik jihatdan yana ham chuqurroq tekshirishni talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan tekshiruvlar oʻtkazilgandan keyin qolgan bosh miya nervlarining faoliyati tekshiriladi. Yuzdagi sezgirlikning har xil turlari, pastki jagʻ harakatlari, chaynashda qatnashuvchi muskullarning zoʻriqishi, korneal va konʼyunktiv reflekslari, burun-lab orasidagi teri burmalarning ifodalanganligi, tish oqini koʻrsatishi, qoshlarni chimirishi, koʻzlarni qisishi, peshonani tirishtirishi (alohida simptom sifatida, burun-lab teri burmalarining ozgina assimetrik shaklda boʻlishi ahamiyat kasb etmaydi), yumshoq tanglayning harakatchanligi, yutinish, fonatsiya (ovozdagi oʻzgarish), yumshoq tanglay refleksi, trapetsiyasimon va toʻsh-oʻmrov-soʻrgʻichsimon mushaklarining holati va kuchi, yelkaning koʻtarilishi, boshning burilishi, tilning harakati (alohida bir simptom sifatida tilning yon tomonga burilib ketishi asab tizimi zararlanganligini ifodalovchi koʻrsatkich deb qabul qilinmaydi) tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tildagi fibrillyar titrash va atrofiya holatlari alohida simptom sifatida organik kasallik alomati hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrish nervining faoliyati oftalmolog, eshitish nervining faoliyati esa otorinolaringolog tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Harakat sohasini tekshirish vaqtida oyoq va qoʻllarning faol va sust harakatlanishi, umurtqa pogʻonasi harakati, mushaklar kuchi, ularning tonusi, mushaklar atrofiyasi, uning tarqalganligi va ifodalanishi, fibrillyar va fassikulyar qisqarishlar, mushak va nervlarning mexanik qoʻzgʻaluvchanligi (Xvostek va Trusso simptomlari), sinkineziyalar, giperkinezlar, qaltirash, xoreya, atetoz, torzion spazmlar, tiklar (tana aʼzolarining titrashi va boshqalar), akineziyaga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harakatlar koordinatsiyasini tekshirishda barmoq-burun, tovon-tizza, koʻrsatkich barmoq sinamalari qoʻllaniladi, diadoxokinez, Romberg holatida barqaror turish hamda tekshirilayotganning yurishiga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzlar yumilganda qovoqlarning, tilning, uzatilgan qoʻl barmoqlarining titrashiga eʼtibor beriladi. Nutqdagi buzilishlar (soʻzlarni toʻliq talaffuz qilmaslik, dimogʻ bilan gapirish, dizartriya, duduqlanish, afonik oʻzgarishlar) tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchi bilan suhbat va soʻrab-surishtirish jarayonida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asab tizimining ayrim organik kasalliklari paylardagi reflekslarning oʻzgarishlari bilan kechadi, shu sababli ularni diqqat bilan tekshirish gʻoyat muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrik jarayonida karpo-radial (pereostal), qoʻl tirsakdan bukilgan (ikki boshli mushaklarda), qoʻl tirsakdan rostlangan (uch boshli mushaklarda), tizza va axill payi, qorin, moyak, tovon reflekslari tekshiriladi, patologik reflekslar (Babinskiy, Rossolimo, Bexterev, Oppengeym va boshqalar, ogʻiz mushaklari-nazolabial, xobotli, soʻruvchi mushaklardagi patologik reflekslar) bor yoki yoʻqligi tekshirib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda reflekslarning faqat mavjudligi emas, shu bilan birga ularning harakatchanligi va bir maromda ishlashi ham aniqlanadi. Reflekslarning bir maromda emasligi yoki ularning bir tomonlama chaqirilmasligi, koʻp hollarda periferik yoki markaziy asab tizimining organik zararlanganidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababli, reflekslarni tekshirishda eʼtiborni kuchaytirish zarur, aks holda reflekslar notoʻgʻri farqlanishi mumkin. Mushaklar zoʻriqish-tarang holatda boʻlganda reflekslar toʻxtab, qoʻzgʻalmay turishi mumkinligi eʼtiborga olinadi, ushbu holatda tibbiy koʻrikdan oʻtayotganlarning diqqatini chalgʻitib turib, reflekslar turli holatlarda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllarda reflekslarning yoʻqligi tugʻma anomaliya boʻlishi ham mumkin, shuning uchun reflekslarning bir maromda emasligi yoki reflekslarning bir tomonlama yoʻqligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Tizza va axill paylarida refleksning yoʻqligi asab tizimida organik kasalliklar mavjud boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizza va axill pay reflekslari mavjud boʻlmagan vaqtlarda qoʻshimcha tekshirish usullari (gavdaning bel-dumgʻaza qismini rentgenografiya qilish, qonni Vasserman reaksiyasiga tekshirish va boshqa usullar) qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar umurtqada patologik kasallik va zaxm alomatlari borligi aniqlanmasa, tizza va paylarda reflekslar yoʻqligini tugʻma holat deb hisoblash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reflekslarning bir tekisda kuchayib borishi, baʼzan klonuslar bilan va patologik reflekslarning hamda jonli qorin reflekslarning yoʻqligi asab tizimining organik zararlanishi alomati boʻlmay, reflekslarning bir tekisda kuchayib ortib borishi nevrozlarda ham kuzatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sezuvchanlik tekshirilayotganda ogʻriq mavjudligi, paresteziyalar aniqlanadi, ularning xususiyati, ifodalanish darajasi, joylashishi, asab tarmoqlarining ogʻriq sezishi, ogʻriq nuqtalari, asab tarmoqlarining taranglashuv simptomlari, ogʻriq, harorat, taktil va zarur hollarda sezuvchanlikning boshqa turlari, sezuvchanlikdagi buzilishlarning xususiyati (anesteziya, giposteziya, giperesteziya, giperpatiya) va uning joylashgan hududi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vegetativ asab tizimi tekshirilayotganda yuz terisi, gavda, oyoq-qoʻl terisining rangiga (oqarishi, qizgʻishligi, akrotsianoz, vazomotor oʻzgarishlarga), teridagi trofik buzilishlar mavjudligiga, ter ajralishiga hamda teri namlanishi va haroratidagi assimetriyaga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teri-vegetativ reflekslar, xususan mahalliy dermografizm, reflektor dermografizm, pilomotor refleks va yurak-qon tomir, koʻz, yurak, boʻyin reflekslari va boshqa reflekslar tekshiriladi. Ortoklinik sinov, Erben sinovi hamda boshqa sinovlar oʻtkaziladi. Arterial bosim dinamikasiga eʼtibor qaratilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Ichki aʼzolarni tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ichki aʼzolar va tizimlarni tekshirish tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchining tashqi koʻrinishidan boshlanadi. Bunda tananing tashqi koʻrinishi, gavdaning tuzilishi, teri-yogʻ toʻqimalarining rivojlanish darajasi, yuz ifodasi, teri sirtining rangi va koʻrinib turgan shilliq pardalarga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paypaslab koʻrish yoʻli bilan limfatik tugunlarning holati, mushaklar, tana harorati qanday ekanligi aniqlanadi. Soʻngra tizimlar boʻyicha tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qon aylanish aʼzolari tekshirilayotganda pulsning xususiyatlari va tekshiriluvchining arterial bosimi tinch holatda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori arterial bosim aniqlangan hollarda, emotsional va jismoniy zoʻriqishlar, uyqusizlik va boshqa omillar bartaraf qilingandan soʻng takroriy ravishda oʻlchab koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yurak-qon tomir tizimi boʻyicha funksional sinama oʻtkaziladi, bunda jismoniy zoʻriqishdan keyin (15-20-marta oʻtirib turishdan soʻng) yurak urishi qancha vaqtda oʻzining dastlabki holatiga qaytish tezligi aniqlanadi. Jismoniy zoʻriqishdan uch daqiqa oʻtganidan keyin oʻlchash boshlanadi va dastlabki holatiga qaytgunicha qancha vaqt oʻtganligi qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Periferik qon tomirlarini tekshirishda arteriyalar pulsatsiyasi mavjudligi va uning xususiyati turli joylarda (boʻyin venalarida, uyqu arteriyasida, yelka, qorin aortasi pulsatsiyasi va boshqa joylardagi arteriyalarda) tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Perkussiya va palpatsiya yoʻli bilan yurak chegarasi, yurakning tepa va choʻqqi qismidagi urishlari, yurak sohasidagi sistolik va diastolik tebranishlar aniqlanadi. Yurakni eshitib koʻrish vaqtida yurak tonlari va shovqinlarining tiniq eshitilishiga va xususiyatiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Organik shovqinlar yurak klapanlari zararlanganda va yurakning tugʻma nuqsonlarida kuzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Funksional shovqinlar har xil sabablar, xususan asabiylashish, asabiy zoʻriqish, yuqumli kasalliklar, kamqonlik, pubertat davridagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yurak shovqinlari xususiyatini aniqlash uchun qoʻshimcha tekshirish usullaridan, xususan turli holatlarda (tik turganda, yotganda, jismoniy zoʻriqishdan keyin) yurakni eshitib koʻrish, qiziloʻngachga kontrast modda yuborib yurakni uch proyeksiyadagi rentgenografiya, elektrokardiografiya, fonokardiografiya, exokardiografiya, angiografiya usullardan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diqqat bilan yigʻilgan anamnez yurak kasalliklari diagnostikasida katta ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oʻquvchilarning koʻkrak qafasi aʼzolari rentgenografik tekshiruvidan oʻtkaziladi. Bunda rentgenografik tekshiruv sifatiga alohida ahamiyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuzning tashqi koʻrinishini oʻrganishda, yuz terisida hamda koʻrinib turgan shilliq pardalarda tsianoz mavjudligini aniqlashga ahamiyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlangan tsianoz oʻquvchida kislorod almashuvi qiyin kechayotganini koʻrsatadi, nafas olish vaqtida burun qanotlarining sezilarli harakati nafas qisishi kasalligidan, ikki yuz yonoqlaridagi qizarish va boshqa alomatlar ichki aʼzolarda kasallik borligidan dalolat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chuqur nafas olganda va tinch holatda koʻkrak qafasining shakli, simmetriyasi, deformatsiyasi, nafas olishning turi va xususiyati, tezligi hamda chuqurligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palpatsiya yoʻli bilan koʻkrak qafasining ikkala simmetrik tomonlarida ovoz titrashi qay darajada ifodalanishiga qarab plevral boʻshliqlarda toʻplanib qolgan suyuqlik va oʻpkada infiltrat bor-yoʻqligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Perkussiya va auskultatsiya koʻkrak qafasining ikkala simmetrik tomonlarida oʻtkaziladi. Topografik perkussiya yoʻli bilan oʻpkaning chegaralari va oʻpka harakatchanligi aniqlanadi. Normal holatda oʻpka chegaralarining harakatchanligi 6-8 sm ni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Perkutor timpanik tovush, plevral boʻshliqda havo yigʻilib qolganligi (pnevmotoraks) hamda koʻkrakning devor qismiga yaqin joylashgan, oʻpkada patologik havo yoki suyuqlik boʻshligʻi (kaverna, abssess) borligini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Perkussiya paytida boʻsh quti tovushi aniqlanishi emfizema kasalligi, oʻpka toʻqimalarida havo meʼyordan ortiq toʻplanganligi va oʻpka toʻqimalarining elastik choʻziluvchanligining kamayganligi haqida maʼlumotlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻpkani auskultatsiya yoʻli bilan eshitib koʻrish vaqtida nafas olishning xususiyati, uning intensivligi, nafas olishning nafas chiqarishga boʻlgan nisbati qoʻshimcha shovqin yoki xirillashlar mavjudligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qorin boʻshligʻi aʼzolari tekshirilayotganda oshqozon-ichak trakti kasalliklarini aniqlash uchun anamnezni toʻgʻri yigʻish muhim ahamiyatga ega. Shikoyatlar tahlil qilinganda dispeptik buzilishlarning xususiyati, ogʻriqlarni sezishi, ularning ovqat isteʼmol qilish bilan bogʻliqligi, ogʻriqning davriyligi va mavsumiy qoʻzgʻalishiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrik vaqtida ogʻiz boʻshligʻidagi tishlar, milklar, til, yumshoq tanglay va halqum tekshiriladi. Soʻngra qorin aʼzolarini koʻrish va paypaslab aniqlash usuli bilan tekshirishga oʻtiladi. Mutaxassis shifokor tekshiriluvchi oʻquvchining oʻng tomonida turib uning qornini dastlabki palpatsiya qiladi va undagi ogʻriqli joylarni, qorin devorchasi mushaklarining tarangligi, qorinning oq chizigʻi churrasi, qorinning sirtqi qismida oʻsmalar va shunga oʻxshash boshqa oʻzgarishlar bor yoʻqligini tekshirib koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obrazsov usuli boʻyicha chuqur, sirgʻanuvchi palpatsiya yoʻli bilan jigar, qorataloq, buyrak, ichaklar tekshiriladi, undan keyin chuqur joylashgan oʻsmalar bor yoʻqligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorin boʻshligʻi aʼzolarida kasallik borligini koʻrsatuvchi alomatlar aniqlanganda qoʻshimcha laborator, instrumental va rentgenologik tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchilar majburiy ravishda qiziloʻngach, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak tizimi endoskopiyasi, qorin boʻshligʻi, qorinparda orqasi sohasi aʼzolari ultratovush tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Jarrohlik tekshiruvlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tibbiy koʻrikni oʻtkazish vaqtidagi jarrohlik tekshiruvining vazifasi koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchining umumiy jismoniy rivojlanishini, shuningdek jarrohlik kasalliklari va tayanch-harakati tizimidagi meʼyordan farqlanadigan holatlarni hamda ulardagi oʻqishga toʻsqinlik qiladigan oʻzgarishlarni aniqlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tekshirishni boshlashdan oldin jarroh shikoyatlarni eshitadi, oʻtkazilgan jarohatlar, kasalliklar va jarrohlik amaliyotlari toʻgʻrisida maʼlumot olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jismoniy rivojlanishni aniqlash antropometrik koʻrsatkichlarni tekshirishdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan oʻquvchining boʻyi, vazni, koʻkrak qafasi aylanasining oʻlchami aniqlanadi, qoʻl panjalari va gavda kuchini oʻlchash dinamometriyasi oʻtkaziladi. Zarur hollarda oyoq-qoʻllarning simmetrik sohalari aylana oʻlchami oyoq-qoʻllarning uzunligini oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Antropometrik oʻlchovlar oddiy usulda oʻtkaziladi. Qoʻl panjalarining kuchi qoʻlni uzatib turib maksimal kuch bilan dinamometrni qisish yoʻli bilan oʻlchanadi. Tekshirilayotgan oʻquvchi gavda kuchini oʻlchashda gavda dinamometri yordamida, tekshirilayotgan oʻquvchi oyoqlarini bukmasdan tizza boʻgʻinlari balandligida joylashgan dinamometr dastagini yuqoriga tortishi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchi yorugʻ xonada tekshiriladi, ushbu sharoitda teri qavati, suyak-mushak tizimi hamda periferik qon-tomirlari tizimi holatiga baho berish mumkin boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlab umumiy koʻrik oʻtkaziladi, bunda tananing qad-qomati sagittal va frontal tomondan oʻrganiladi, gavda tuzilishiga, teri va teri ostidagi yogʻ qatlamiga, mushaklarga va limfatik tugunlar holatiga baho beriladi. Soʻngra bosh, boʻyin sohasi, qoʻl-oyoqlar, umurtqa pogʻonasi, qorin devori, periferik qon tomirlari, chot orasi va anal teshigi, siydik va jinsiy aʼzolar tizimi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Teri qoplami tekshirilayotganda uning rangi, harorati, quruq yoki nam ekanligi, yupqaligi, pigmentlari, qitiqlanishi va boshqa trofik buzilishlari, tirnoqlar va teri osti yogʻi qatlamining ahvoliga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chandiqlar mavjud boʻlgan hollarda ularning xususiyatiga, koʻrinishiga baho beriladi va kelib chiqishi aniqlanadi. Palpator yoʻl bilan limfa (quloq yonidagi, jagʻ ostidagi, boʻyin, qoʻltiqdagi, chovdagi) tugunlarning holati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kattalashgan limfa tugunlari aniqlangan hollarda, ularning lokalizatsiyasi, kattaligi (santimetrlar bilan oʻlchangan diametri), konsistensiyasi, harakatchanligi, ogʻriq mavjudligi va boshqa oʻzgarishlar koʻrsatib oʻtiladi. Bir vaqtning oʻzida qalqonsimon bez ham tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Suyak-mushak tizimi tekshirilayotganda boʻgʻimlarning shakli va hajmiga, ularning harakatchanligi, koʻkrak qafasi, umurtqa pogʻonasi, tos va oyoq-qoʻllarning deformatsiyasiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻgʻimlar harakatining cheklanish darajasini aniqlash uchun burchak oʻlchagichdan foydalaniladi. Suyak patologiyasi aniqlangan hollarda, patologik oʻzgarishning darajasi va xususiyatini aniqlash uchun rentgenografik tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Oqma yaralar mavjud boʻlgan hollarda ularning xususiyatini aniqlash maqsadida fistulografiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Periferik qon-tomirlari tizimini tekshirishda, ularning topografik rivojlanishi xilma-xil boʻlishi ehtimoli borligini inobatga olgan holda, tovon va boldir orqa arteriyalari pulsatsiyasi tekshiriladi (kasallik boʻlmagan holatda ham oyoq kaftida palpatsiyada tomir urishi aniqlanmasligi mumkin).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlgan hollarda tizza osti, boldir va boshqa arteriyalarda pulsatsiya tekshiriladi. Qon aylanishida yetishmovchilik borligini koʻrsatuvchi simptomlar, xususan ogʻriq, sovuqni sezish, tez charchash, rangi oʻzgarishi (oqarishi va tsianoz), pulsning susayishi yoki mavjud emasligi, teridagi trofik oʻzgarishlar (pigmentatsiya, yupqalashish, yaralar) aniqlanganda periferik qon aylanish holatini qoʻshimcha tekshirish usullarini (reovazografiya, angiografiya, dopplerografiya va boshqalar) qoʻllab oʻrganish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Venalar tizimi tekshirilayotganda, vena qon tomirlarida venoz yetishmovchiligi bor yoki yoʻqligi va uning ifodalanish darajasi aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Churraning doʻppayib chiqishlarini aniqlash uchun churra hosil boʻlish ehtimoli boʻlgan barcha joylar tekshirib koʻriladi. Qorin devori, tekshirilayotgan oʻquvchi tik turgan va yotgan holatda, qorin mushaklarini boʻshashtirgan, shuningdek ularni taranglashtirib va yoʻtal turtkisi belgisi orqali tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Dumgʻaza-dum suyagi sohalari, chot orasi va anal sohasi tekshirilganda bavosil, paraproktit, dumgʻaza epitelial yoʻllari, toʻgʻri ichakning tashqariga chiqishi va boshqa kasalliklar bor-yoʻqligiga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻgʻri ichak odatda barmoq bilan tekshirib koʻriladi, zarur hollarda rektoromanoskopiya, kolonoskopiya va boshqa tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tanosil aʼzolari tizimi tekshirilayotganda moyak xaltachasida moyaklar bor-yoʻqligiga, moyak hosilasi holati, urugʻ tizimchasidagi vena tomirlariga eʼtibor beriladi. Shuningdek, olat siydik chiqaruv teshigi joylashuvi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siydik-toshi kasalligi va boshqa urologik kasalliklarga gumon qilingan hollarda, maxsus urologik tekshiruvlar oʻtkaziladi va uning natijalariga asoslanib ekspert qarori chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Quloq va yuqori nafas yoʻllarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tibbiy koʻrik jarayonida shikoyatlar aniqlanadi hamda anamnez oʻrganiladi. Quloq, tomoq va burun aʼzolari faoliyatini tekshirishda kerakli tibbiy-instrumental tekshiruv usullaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Anamnez toʻplash vaqtida koʻrikdan oʻtkazilayotgan oʻquvchidan unda ilgari quloq, tomoq, burun kasalliklari mavjudligi, anamnezda quloqdan yiring oqishi, tomoq ogʻrishi, tez-tez yoki uzoq vaqt burun shamollashi, chayqalganda koʻngli behuzur boʻlishi, bosh aylanishi, burundan nafas olishi holati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir vaqtning oʻzida nutqidagi nuqsonlar, ularning ifodalanishi va xususiyati aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Obyektiv tekshiruvlar uzunligi kamida 6 m boʻlgan, shovqindan muhofaza etilgan, qorongʻulashtirilgan xonada sunʼiy yorugʻlik manbalari yordamida oʻtkaziladi. Oldin tashqi koʻrikni amalga oshirib, soʻngra ichki va funksional tekshiruvlar oʻtkaziladi. Quloq eshitish oʻtkirligini aniqlash metrlar va yarim metrli masofalar oʻlchangan xonada bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Eshituv aʼzolarini tekshirish quloq suprasi va quloqning soʻrgʻichsimon oʻsimtasini tekshirishdan va ularning sezuvchanligini aniqlashdan boshlanadi. Tashqi eshituv yoʻli tekshirilayotganda quloq suprasi yuqoriga va orqaga choʻziladi, chunki bu holatda tashqi eshitish yoʻlining boshlangʻich qismi biroz toʻgʻrilanadi. Soʻngra maxsus asbob yordamida quloqning nogʻora pardasi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Duduqlanish aniqlanganda shifokor-nevrolog, psixiatr maslahatidan, zarur hollarda esa logoped maslahatidan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Hidni sezish, toʻrtta standart sirka kislotasining 0,5 foizli eritmasi (kuchsiz hid), toza vino spirti (oʻrtacha hid), oddiy valerian eritmasi (kuchli hid), nashatir spirti (oʻta kuchli hid) yordamida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu suyuqliklar shakli va rangi bir xil boʻlgan raqamlangan idishlarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dissimilatsiyani aniqlash uchun toza suv toʻldirilgan shunday shakldagi flakonlar tayyorlab qoʻyilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hid bilish xususiyati keskin darajada pasayib ketgan oʻquvchilarning burun boʻshligʻida boshqa kasalliklar aniqlanmaganligidan qatʼi nazar nevrologik tekshiruvidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tomoqni tekshirish (faringoskopiya) quyidagi ikki qismga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismida, tekshiriluvchi, tilini tishlar chetiga chiqarmasdan, tomoq mushaklarini boʻshashtirib sokin nafas olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismida, “e” deb tovush chiqarishi lozim, shu paytda uning yumshoq tanglayi yuqoriga koʻtariladi va bu bilan uning harakatchanlik darajasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻiz boʻshligʻida yotgan til ohista shpatel bilan bosilib tomoq koʻriladi. Tomoq koʻrilayotganda shilliq pardalar, bodomsimon bezlar hamda boʻyin limfatik tugunlari tekshiriladi. Zarur hollarda laringoskopiya tekshiruvi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Oʻquvchining pichirlab aytilgan soʻzlar yordamida eshitish oʻtkirligi aniqlanadi. Buning uchun har bir quloqning eshitish faoliyati alohida tekshiriladi. Tekshirilmaydigan quloq teshigi quloqning kichik suprasini barmoq bilan bosib turish yoʻli bilan berkitib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshiruv kamida 6 metrlik masofadan turib boshlanadi. Tekshirilayotgan oʻquvchi mutaxassis shifokor pichirlab aytayotgan soʻzlardan koʻp qismini 6 tadan 5 tasini yoki 5 tadan 4 tasini takrorlagan masofa eshitish oʻtkirligining aniqlangan darajasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eshitish darajasining pasayishi obyektiv tekshiruv maʼlumotlari bilan mos kelmaganda va barcha gumonli holatlarda eshitish qobiliyati va boshqa quloq, tomoq va burun aʼzolari har tomonlama tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karlik darajasini aniqlash maqsadida audiometriya oʻtkaziladi, barofaoliyatlarni tekshirish uchun quloq manometridan foydalangan holda vestibulyar faoliyat tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yuz-jagʻ sohasi va ogʻiz boʻshligʻi aʼzolarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Yuz-jagʻ sohasi va ogʻiz boʻshligʻi aʼzolarini tekshirish shikoyatlarni aniqlash, anamnez toʻplash, oldingi va yoʻldosh kasalliklar, yuz-jagʻ sohasidagi jarohatlar, oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlarini aniqlash, klinik, antropometrik, rentgenologik va funksional tekshiruvlardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Obyektiv tekshiruvlar yuz-jagʻ sohasi aʼzolarini koʻrishdan boshlanadi. Koʻrik davomida yuz va boʻyin sohasi teri qoplamiga, lab qizil hoshiyasi holatiga, shish, assimetriya, nuqson va deformatsiyalar mavjudligiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nuqsonlar hajmi, deformatsiyalar xususiyati aniqlanadi. Zarur hollarda antropometrik tekshiruvlar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limfatik apparatni tekshirish uchun bir qoʻlni tekshiriluvchining boshiga qoʻyib, boshni engashtirgan holatda tutiladi, ikkinchi qoʻl bilan boʻyin, jagʻ osti sohalaridagi limfatik tugunlar paypaslab koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limfatik tugunlar tekshiruvi boshni avval bir tomonga, keyin ikkinchi tomonga burgan holatda oʻtkaziladi. Paypaslash usuli bilan limfatik bezlardagi ogʻriq, ularning konsistensiyasi, hajmi va teri bilan birikkanligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chakka-pastki jagʻ boʻgʻimlari faoliyati ogʻiz ochiq hamda pastki jagʻning har ikki yonga va oldga harakatlantirib tekshiriladi. Ogʻiz ochilishi darajasi kesuvchi tishlar orasida uch barmoq kengligida oʻlchanadi, ikki yoki bir barmoq kengligidagi ogʻiz ochilishi mos ravishda uchdan bir yoki uchdan ikki darajada chegaralanganligini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Ogʻiz boʻshligʻi va tishlarni obyektiv tekshirish ularni koʻrib chiqish, paypaslab ushlab koʻrish, zondlash va dukillatib urib koʻrishdan iborat boʻladi. Zarur hollarda elektroodontodiagnostika va tishlar, jagʻlar hamda burun oldi boʻshliqlarining rentgenologik tekshiruvlari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻizni tekshirish boshni biroz orqaga egib, ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqichda jagʻlarni yumgan holatda lablar, ogʻiz dahlizi, tish qatorlari jipslashuvi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqichda ogʻiz boʻshligʻining oʻzi, tishlar, parodont, shilliq pardasi, tanglay va til tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tishlar kasalliklari, parodont holati, alveolyar oʻsimtaning atrofiya darajasi, jagʻlarning yumshoq va qattiq toʻqimalaridagi patologik oʻzgarishlari, shish va oqma yaralar mavjudligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tishlarning zararlanish darajasi doimiy tishlardagi kariyes jadalligi (kariyes bilan zararlangan, plombalangan va olingan tishlar sonlarining yigʻindisi) bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tishlarning rangi, shakli va hajmiga eʼtibor beriladi. Olingan va yoʻq tishlar, olib tashlanadigan tishlar miqdori va tishsizlik turi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parodont holati tekshirilganda milklarning rangi, boʻrtishi, yemirilishi, qonashi, shish va yaralar mavjudligiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugmachali parodontologik zond yordamida patologik tish-milk choʻntagi chuqurligi oʻlchanadi. Tishlarning qimirlash darajasi pinset bilan tebratib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I darajali patologik qimirlashda tish ogʻiz-dahliz yoʻnalishida 1 mm gacha tebranadi, II darajali patologik qimirlashda ogʻiz-dahliz va yon yoʻnalishlarida 2 mm gacha tebranadi, III darajali patologik qimirlashda ogʻiz-dahliz, yon va tik yoʻnalishlarda 2 mm dan ortiq tebranadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parodontit kasalliklarida rentgenologik tekshiruvlar asosida alveolyar oʻsimtaning atrofiya darajasi aniqlanadi. Alveolyar oʻsimtaning I darajali atrofiyasida tish ildizining uchdan bir qismigacha, II darajali atrofiyasida ikkidan bir qismigacha, III darajali atrofiyasida ikkidan bir qismidan ortiq suyak toʻqimasining yemirilishi kuzatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lablar, lunjlar, tanglay, til va til osti sohalari shilliq pardasi koʻriladi va ulardagi rang, namlik darajasi, toshmalar, shish, boʻrtish, chandiq, oʻsmalar, eroziya va yaralar mavjudligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chandiq mavjudligida uning xususiyati, shakli, oʻlchamlari va ogʻiz boʻshligʻi aʼzolari faoliyatlarining buzilishiga aloqadorligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanglayni koʻrish davomida tugʻma va orttirilgan nuqsonlar mavjudligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orttirilgan nuqsonlarda ularning hajmi, shakli, chandiqli oʻzgarishlar mavjudligiga eʼtibor beriladi va oʻlchamlari aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻma nuqsonlarda ularning turi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tish qatorlarining jipslashuvi markaziy okklyuziya holatida bir-biri bilan oʻzaro perpendikulyar boʻlgan uch yoʻnalishda (sagittal, vertikal, transverzal) tekshirib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tishlov anomaliyalarida uning turi, patologik okklyuziya va chaynov faoliyatining buzilishi mavjudligi aniqlanadi, shuningdek tish qatorlarining surilishidagi oʻzgarishlarni chiziqli oʻlchash yordamida anomaliyalar darajasi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tish qatorlari bir yoʻnalishda oraliqda 5 mm gacha surilgan hollarda I darajali tishlov anomaliyasi, 5 mm dan 10 mm ga qadar surilganda II darajali, 10 mm dan ortiq surilganda III darajali tishlov anomaliyasi deb belgilanadi. Oʻlchamlar anomaliya turi va darajasi aniqlanganidan keyin millimetrlarda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida, yuz-jagʻ sohasi va ogʻiz boʻshligʻi tizimiga taalluqli aʼzolarning quyidagi asosiy faoliyatlari tekshirib koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nafas olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hid sezish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼm bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nutq soʻzlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yutinish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaynash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻlak ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Koʻrish aʼzolarini tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Koʻrish aʼzolarini tekshirish uzunligi kamida 5,5 m boʻlgan, yorugʻ xonada oʻtkaziladi (bu belgilangan 5 metrlik masofadan turib koʻrish oʻtkirligini tekshirish imkonini beradi) va oftalmoskopiya, skiaskopiya va boshqa tekshiruvlar qorongʻilashtirilgan xonada oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Anamnez toʻplanayotganda tekshirilayotgan oʻquvchining koʻrishidagi oʻziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Oʻquvchining hayoti davomida umumiy va koʻrish aʼzolari kasalliklari, jarohatlanishlariga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining oila aʼzolari orasida tugʻma, irsiy koʻz aʼzosi kasalligi (tugʻma nistagm, gemeralopiya va boshqalar) bor-yoʻqligi aniqlanadi. Suhbat davomida koʻz olmasining holati va harakatlariga, nigohning yoʻnalishiga, qovoqlarning, kiprik chetlarining holatiga va boshqalarga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Koʻz faoliyatini tekshirish kam charchatadigan usullardan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda rangni ajratish barcha tekshiriluvchilarda oʻtkaziladi. Bu tekshiruv kunduzgi yoki sunʼiy lyuminessentli yorugʻlik nurida Rabkin polixromatik jadvali yordamida tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiya etiladigan yoritish hajmi 300 — 500 lyuksdan iborat boʻlishi kerak. Tekshirilayotgan oʻquvchi boshini tik tutib, yorugʻlik manbaiga orqasini oʻgirib oʻtirishi kerak. 0,5 — 1,0 metr masofada koʻzlariga teng balandlikda vertikal tekislik ustiga joylashtirilgan jadvallarning butun seriyasi namoyish etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir jadval ekspozitsiyasining davomiyligi 5 sekundgacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Koʻrish oʻtkirligi barcha oʻquvchilarda tekshiriladi. Ushbu tekshiruv Golovin-Sivsev jadvali oʻrnatilgan Rot apparati yordamida oʻtkaziladi. Jadval 40 vattli elektr lampasi bilan yoritilib, har bir belgi uchun ekspozitsiya vaqti 2-3 sekunddan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval xonadagi deraza oynalariga qarama-qarshi tomondagi devorga, tekshirilayotgan oʻquvchidan 5 m uzoqlikdagi masofada, jadvalning eng pastdagi qatorlari yerdan 120 sm balandlikda joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan oʻquvchining koʻrish oʻtkirligi jadval qatoridagi barcha belgilarni toʻliq oʻqigan qator boʻyicha aniqlanadi. 0,7, 0,8, 0,9 va 1,0 qatorlari oʻqilayotganda bir belgidan ortiq boʻlmagan xatoga yoʻl qoʻyishga ruxsat etiladi. Koʻrish oʻtkirligini oshirish maqsadida koʻzni zoʻriqtirib jadvalga qarash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq koʻrish maydoni perimetrda (oddiy yoki proyeksion perimetrda) tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Kampimetriya tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Koʻrish aʼzosining anatomik holatini tekshirish barcha tekshirilayotganlarda muayyan izchillikda oʻtkaziladi. Dastlab koʻzning himoya apparati tekshiriladi. Bunda qosh sohasi, koʻz kovaklarining shakli va bir xilligi, qovoqlarning joylashuvi va holati, kipriklarning holati, intermarginal boʻshliq, qovoqlar konʼyunktivasi holati, rangi hamda chandiqlar mavjudligiga eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz yoshi ajratish aʼzolari tekshirilayotganda koʻz yoshi nuqtalarining joylashishi eʼtiborga olinib, yosh qopchasi uning atrofini bosib koʻrish yoʻli bilan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz yoshi ajratish faoliyati buzilganligiga gumon qilinganda va koʻz yoshi doimiy oqib turganda, koʻz yoshi ajratish faoliyati rangli koʻz yosh kanali sinamasi va koʻz yosh, burun sinamasi (kollargolning 3 foizli eritmasi yoki flyuresseinning 2 foizli eritmasi) yordamida tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olingan sinamalar salbiy natija bergan hollarda koʻz yoshi yoʻllari suyuqlikni oʻtkazishini anatomik holati tekshirib koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻzni oldingi kesimi va koʻzning nur sindirish holati toʻgʻrisidagi xulosa koʻzni yonboshdan yoritish orqali nur tushirish yoʻli bilan va tirqishli lampa nurida tekshirib koʻrilganidan keyin chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz tubi qisman siklopegiya sharoitida (midriatsil eritmasi tomizib) tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Koʻzning harakat apparati tekshirilayotganda har bir koʻz harakati alohida-alohida tekshiriladi va binokulyar harakatlanishiga qaraladi. Bunda gʻilaylik, nistagm kabi kasalliklarni aniqlash, konvergensiya holati oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻilaylik darajasi perimetr yoyi yordamida aniqlanadi hamda graduslar bilan belgilanadi, shuningdek Meddoks shkalasi yordami bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplopiya (qoʻshaloq koʻrish) borligiga shikoyat boʻlsa va bu holat koʻz olmasining harakatini sezilarli darajada cheklamayotgan boʻlsa, u holda qoʻshaloq koʻrish qizil oyna orqali tekshirib koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nistagm aniqlanganda uning xususiyati va kelib chiqish sabablari oʻrganilishi kerak. Nistagmga koʻz patologiyasi sabab boʻlmagan hollarda nevrolog va otolaringolog konsultatsiyasini oʻtkazish zarur boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorachiq reaksiyalari koʻrikdan oʻtkazilayotgan barcha oʻquvchilarda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Binokulyar koʻrish darajasini aniqlash katta diploskopda, rangli testda (polyaroid koʻzoynaklardan foydalangan holda) oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Koʻzning ichki bosimi paypaslash yoʻli bilan aniqlash barcha koʻrikdan oʻtayotgan oʻquvchilarda oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrsatma mavjudligida tonometr yordamida koʻzning ichki bosimi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Teri-tanosil aʼzolari tekshiruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Teri-tanosil kasalliklari boʻyicha tibbiy koʻrikni yorugʻlik yetarli xonada oʻtkazish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavatini koʻrikdan oʻtkazishda yorugʻlik yoʻnaltirilgan elektr chirogʻi va yogʻoch shpatel ishlatiladi. Yogʻoch shpatel ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavatini soʻlakdan quritishda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgan oʻquvchi terisida toshmalar aniqlanganda, ularning tarkibiy elementlari, xususiyati, rangi, joylashuvi, teri oʻsimtalarining holati va boshqalarga eʼtibor qaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Toshmalarning morfologik elementlariga xolisona baho berishda quyidagi maxsus tekshiruv usullari qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diaskopiya yoki vitropressiya usuli — toshmalar morfologik elementining asl rangini aniqlashda foydalaniladi. Ushbu rang giperemiya bilan niqoblanadi. Shu maqsadda, shisha tayoqcha yoki predmetli oyna tekshirilayotgan elementning yuza qismiga bosiladi va uning haqiqiy rangi aniqlanadi. Ushbu usul tomirli elementlarni gemorragik va pigmentli elementlardan farqlashga imkon beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchirib olish yoki terini qirish usuli — teri poʻsti qurishini (psoriaz, parapsoriaz, qizil volchanka va boshqalarni) aniqlashda qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ravshanlashtirish usuli — toshmaning morfologik elementlari noaniq ifodalanish xususiyatlarining tiniqroq aks etishida qoʻllaniladi. Elementning yuza qismiga vazelin yoki suv surtiladi. Masalan, ushbu usul qoʻllanilganida Uikxem toʻri koʻzga tashlanadi, bu qizil temiratkaning patonomik belgisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Ginekologik tekshiruvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Qizlar ginekologik tekshiruvidan pediatr ginekolog shifokor mutaxassis tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kasalliklarning nomlanishi, faoliyatning buzilish darajasi

Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar

yuzasidan chiqariladigan qaror

1-bob. Ruhiy kasalliklar

1.

Tugʻma aqliy zaiflikning barcha turlari va darajalarida.

Yaroqsiz

2.

Epilepsiya (tutqanoq kasalligi) barcha turlarida.

Yaroqsiz

3.

Maniakal-depressiv psixozning barcha turlarida.

Yaroqsiz

4.

Shizofreniya.

Yaroqsiz

5.

Bosh miyaning organik kasalliklari natijasida sodir boʻladigan ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

6.

Oʻtkir va surunkali zaharlanishlarda hamda infeksiyalar taʼsiridagi ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

7.

Shaxs buzilishlarida.

Yaroqsiz

8.

Nevrozlar, reaktiv holatlarda.

Yaroqsiz

9.

Miya jarohatlanishi natijasidagi ruhiy buzilishlarda.

Yaroqsiz

2-bob. Asab tizimi kasalliklari va jarohatdan keyingi asoratlari

10.

Bosh miya va orqa miya tomirlari kasalliklari:

a) bosh miyada qon aylanishining ogʻir va oʻrta darajada buzilishida;

Yaroqsiz

b) yengil darajadagi hushdan ketish holatlari, markaziy asab tizimi faoliyati saqlanganligida.

Yaroqsiz

11.

Markaziy asab tizimining virusli infeksiyalar, bakteriyalar va infeksion-allergik kasalliklardan keyingi asoratlari, bosh miya va orqa miya infeksiyalari tufayli oʻtkir va uzoq davom etgan zaharlanishdan keyingi asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyati buzilmagan hollarda ayrim tarqoq organik alomatlarning mavjudligida;

Yaroqsiz

v) oʻtkir kasallikdan keyingi rezidual organik alomatlarsiz holatlarda.

Yaroqsiz

12.

Bosh miya va orqa miya jarohatdan keyingi asorati:

a) faoliyat buzilishi;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda;

Yaroqsiz

v) oʻtkir yopiq jarohatdan keyingi organik oʻzgarishlar kuzatilmagan holatlarda.

Yaroqsiz

13.

Markaziy asab tizimi tugʻma kasallikliklari, anomaliyalari, miopatiya, miasteniya va boshqalar.

Yaroqsiz

14.

Pereferik asab tizimi jarohatlari va jarohat asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda.

Yaroqsiz

15.

Pereferik asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining sezilarsiz darajada buzilishidagi qoldiq asoratlarda.

Yaroqsiz

3-bob. Ichki aʼzolar kasalliklari

16.

Suyak-mushak tizimini va terosti yogʻ toʻqimalarining rivojlanishida yuzaga kelgan umumiy jismoniy yetishmovchilikda.

Yaroqsiz

17.

Oʻtkir yuqumli, parazitar kasalliklar va intoksikatsiyalardan keyingi holatlar.

Yaroqsiz

18.

Qiyin davolanadigan surunkali yuqumli kasalliklar.

Yaroqsiz

19.

Endokrin kasalliklar, oziqlanish va modda almashinuvi buzilishlari:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) oʻtkir kasalliklar va jarrohlik amaliyotlaridan keyingi faoliyat buzilishlari, semizlikning ikkinchi, uchinchi darajalarida;

Yaroqsiz

v) vazn yetishmovchiligi, semizlikning birinchi darajasida.

Yaroqlilik masalasi individual tartibda aniqlanadi

20.

Qon sistema kasalliklari: anemiyalar, agranulotsitov, gemoblastoz, gemotosarkoma, limfogranlomatez, gemorragik diatez va boshqalar. OITS
va uning tashuvchilari:

a) jadal rivojlanuvchi shakllarida;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan qon ishlab chiqaruvchi tizimning yengil darajada buzilishlarida, ikkilamchi anemiyalar, leykopeniyalar, trombotsitopeniyalar.

Yaroqsiz

21.

Oʻtkir va surunkali ekzogen intoksikatsiyalar asoratlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan oʻtkir ekzogen intoksikatsiya va uning taʼsiridan keyingi asoratlar va vaqtinchalik funksional buzilishlar mavjudligida;

Yaroqsiz

v) oʻtkir ekzogen intoksikatsiya va uning taʼsiridan keyingi funksional buzilishlarsiz asoratlarida.

Yaroqsiz

22.

Oʻpkaning, plevraning va koʻkrak qafasi limfatik tugunlarining sili.

Yaroqsiz

23.

Shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan ekssudativ sil plevritidan keyingi qoldiq asoratlar.

Yaroqsiz

24.

Oʻpkaning, plevraning, nafas yoʻllarining sil boʻlmagan surunkali kasalliklari va nuqsonlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan oʻtkir faoliyat buzilmagan kasalliklar va asoratlarida.

Yaroqsiz

25.

Bronxial astma.

Yaroqsiz

26.

Yurak mushaklari, perikard, shoh arteriyasi, klapanlar apparati kasalliklari umumiy va koronar qon aylanishining buzilishlari:

a) uchinchi, ikkinchi, birinchi darajalari, dekstrakardiya, ichki organlar joylashishi anomaliyalarida;

Yaroqsiz

b) mitral klapan birlamchi prolapsi, yurakning umumiy va koronar qon aylanishining buzilmagan holatlarida.

Yaroqsiz

27.

Gipertoniya kasalligi.

Yaroqsiz

28.

Neyrotsirkulyator distoniyaning barcha shakllari.

Yaroqsiz

29.

Yurak tomirlari oʻtkir kasalliklarining asoratlari, shuningdek qon aylanishi va shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan yurak ritmining vaqtinchalik buzilishlari.

Yaroqsiz

30.

Qorin boʻshligʻi aʼzolari kasalliklari:

a) faoliyatining buzilishi bilan;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik oʻzgarishlarda.

Yaroqsiz

31.

Buyrakning yalligʻlanish yoki distrofik kasalliklari

Yaroqsiz

32.

Boʻgʻinlar, paylar, mushaklarning infeksion, infeksion-allergik, distrofik va modda almashinuvlari natijasida hosil boʻlgan kasalliklari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) oʻtkir kasallikdan keyin shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik oʻzgarishlarda.

Yaroqsiz

4-bob. Jarrohlik kasalliklari

33.

Teri chandiqlari:

a) tez-tez yaralanuvchi yoki harakatlanishni chegaralovchi, kiyimlarini, oyoq kiyimini kiyishga yoki qurol-yarogʻ olib yurishda toʻsqinlik (xalaqit) qiladigan hollarda;

Yaroqsiz

b) jarrohlik amaliyoti yoki jarohatdan keyingi qotmagan chandiqlarda.

Yaroqsiz

34.

Koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻi, kichik chanoq, qorin pardasidan tashqaridagi aʼzolarida shikastlanish va jarrohlik kasalliklar tufayli oʻtkazilgan amaliyotlar hamda jarohatlangandan keyingi asoratlarning mavjudligida:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) oʻtkir kasallikdan keyin shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik oʻzgarishlarda.

Yaroqsiz

35.

Markaziy asab tizimining organik jarohatlanishi alomatlarisiz bosh suyagining tugʻma nuqsonlari
va jarohatlari asoratlari.

Yaroqsiz

36.

Umurtqa pogʻonasi kasalliklari, rivojlanish nuqsonlari, jarohatlar va kasalliklar asoratlari.

Yaroqsiz

37.

Jarohatlanish va kasalliklar oqibatida hamda tugʻma nuqson bilan bogʻliq boʻlgan tos-chanoq suyagining oʻzgarishlari.

Yaroqsiz

38.

Suyakl�r, paylar, togʻaylar mushaklar va boʻgʻinlarning surunkali kasalliklari.

Yaroqsiz

39.

Suyaklar, paylar, togʻaylar mushaklar va boʻgʻinlarning jarohatdan keyingi asoratlari:

a) faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) shikastlangandan yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi tayanch-harakat tizimi faoliyatining vaqtinchalik buzilganligi va suyakning toʻliq bitmagan holatlarida.

Yaroqsiz

40.

Oyoq-qoʻllar qiyshiqligi yoki kaltaligida faoliyatning buzilishi, oyoq kiyimi va kiyim kiyishda qiyinchilik tugʻdirishi:

a) qoʻlning 2 sm dan, oyoqning 1 sm dan ortiq kaltaligi, qiyshayishi, faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) qoʻlning 2 sm gacha, oyoqning 1 sm gacha kaltaligi, faoliyati buzilmagan holatlarda.

Yaroqsiz

41.

Samarasiz davolashdan keyin yirik boʻgʻinlardagi eski yoki odatiy suyak chiqishlari.

Yaroqsiz

42.

Barmoqlar yoki qoʻl panjalari nuqsonlari, qiyshayishi, faoliyat buzilishida.

Yaroqsiz

43.

Oyoq barmoqlarining nuqsonlari:

a) ikkala oyoq panjalarining yoʻqligi, polidaktiliya yoki sindaktiliyasi, faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) ikkala yoki bitta oyoq panjalarining qisman yoʻqligi, faoliyatining sezilarsiz buzilishida.

Yaroqsiz

44.

Yassitovonlik yoki oyoqning boshqa deformatsiyalari:

a) faoliyatining buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining buzilishisiz.

Yaroqsiz

45.

Oyoq yoki qoʻlning yoʻqligi.

Yaroqsiz

46.

Limfa tugunlari va qorin boʻshligʻi aʼzolarining sil kasalligi:

Yaroqsiz

47.

Buqoq:

a) kiyimlarni kiyishda xalaqit beradigan endokrin buzilishlarda;

Yaroqsiz

b) kiyimlarni kiyishda xalaqit bermaydigan endokrin buzilishlarsiz.

Yaroqsiz

48.

Xavfli oʻsmalar.

Yaroqsiz

49.

Xavfsiz oʻsmalar:

a) aʼzolar faoliyatining buzilishiga olib keluvchi yoki bosh, tana va oyoq-qoʻllarning harakatlanishini chegaralaydigan holatlarda;

Yaroqsiz

b) kiyimlarni kiyish, qurol-aslahalarni olib yurishni sezilarsiz darajada chegaralaydigan holatlarda.

Yaroqsiz

50.

Aorta magistral, peri�erik, artriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari hamda jarohatdan keyingi asoratlar:

a) faoliyatining ogʻir va oʻrta darajada buzilishida;

Yaroqsiz

b) faoliyatining yengil darajada buzilishida.

Yaroqsiz

51.

Chov, son, kindik, operatsiyadan keyingi va boshqa churralar:

a) retsidiv yoki yurganda xalaqit berib, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishi asoratlarida;

Yaroqsiz

b) kichik hajmdagi, faoliyatining buzilishisiz holatlarda.

Yaroqsiz

52.

Toʻgʻri ichakning tushishi.

Yaroqsiz

53.

Gʻayri tabiiy orqa chiqarish teshigi, axlat chiqarib turuvchi oqma, orqa chiqarish teshigining torayishi yoki anal sfinkterning yetishmovchiligi.

Yaroqsiz

54.

Surunkali paraproktit.

Yaroqsiz

55.

Bavosil:

a) tez-tez qon ketuvchi ogʻir formalari, ikkilamchi kamqonlik, gemorraidal venalari trombozlarining tez-tez qaytalanishida;

Yaroqsiz

b) muvaffaqiyatli davolashdan keyin, asoratsiz holatlarda.

Yaroqli

56.

Siydik — tanosil aʼzolarini anomal rivojlanishi polikistoz, nefroptoz, tanosil aʼzolarining oʻtkir va surunkali kasalliklari. Siydik — tosh kasalligi (buyrak siydik oʻtuvchi yoʻli, qovuq va prostata bezining toshi) siydik va tanosil sistemasida oʻtkazilgan operatsiya va jarohatlangandan keyingi asoratlar:

a) faoliyat buzilishida;

Yaroqsiz

b) shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan vaqtinchalik oʻzgarishlar, faoliyati buzilishisiz holatlarda.

Yaroqsiz

57.

Buyrak va siydik chiqaruv yoʻllari sil kasalligi.

Yaroqsiz

58.

Tanosil (jinsiy bezlar) sil kasalligi.

Yaroqsiz

59.

Tunda siydik tuta olmaslik.

Yaroqsiz

60.

Urugʻ yoʻllari venasining varikoz kengayishi:

a) qon aylanishning buzilishi, ogʻriq sindromi;

Yaroqsiz

b) qon aylanishning sezilarsiz buzilishi, ogʻriqsiz.

Yaroqsiz

61.

Moyaklar va urugʻ tizimchasi istisqosi.

Yaroqsiz

62.

Moyak(lar)ni qorin boʻshligʻida yoki chov yoʻllarida ushlanib qolishi.

Yaroqsiz

5-bob. Quloq va yuqori nafas yoʻllari kasalliklari

63.

Surunkali epitimpanit.

Yaroqsiz

64.

Surunkali yiringli mezotimpanit.

Yaroqsiz

65.

Otit bilan kasallanishdan keyingi asoratlar, chandiqli oʻzgarishlar, nogʻora boʻshligʻiga qoʻshilib ketganligi, ikki yoki bir tomonlama nogʻora pardasining teshilishi.

Yaroqsiz

66.

Tashqi eshituv yoʻli, quloq suprasining yoki quloq atrofi sohalarining surunkali ekzemasi.

Yaroqsiz

67.

Vestibulyar apparati faoliyatining buzilishi.

Yaroqsiz

68.

Ikkala qulogʻida karlik, soqovlik.

Yaroqsiz

69.

Pichirlab gapirganda ikki yoki bir quloqda 4 m gacha eshitishning pasayishi.

Yaroqsiz

70.

Quloq barofunksiyasining buzilishi.

Yaroqsiz

71.

Burun atrofi boʻshliqlarining surunkali kasalliklari:

a) polipozli yoki yiringli kasalliklarda;

Yaroqsiz

b) yiringsiz kasalliklarda.

Yaroqsiz

72.

Sassiq hidli tumov (ozena).

Yaroqsiz

73.

Surunkali toksik-allergik asoratli, tonzillit II darajasi.

Yaroqsiz

74.

Yuqori nafas olish yoʻllari va quloq terisining volchankasi, sili va skleromasi.

Yaroqsiz

75.

Nutq nuqsonlari, duduqlik.

Yaroqsiz

76.

Oʻtkir jarohatlardan soʻnggi holat, kasalliklar asorati
va quloq hamda yuqori nafas olish yoʻllarida oʻtkazilgan operatsiyadan keyingi aʼzolar faoliyatining toʻliq tiklanmaganligida.

Yaroqsiz

6-bob. Ogʻiz boʻshligʻi va jagʻ sohasining tugʻma va orttirilgan kasalliklari

77.

Tishlov anomaliyasi:

a) nafas olish, hid sezish, chaynash va soʻlak ajralish faoliyatlarining buzilishida;

Yaroqsiz

b) tishlov anomaliyasi I darajasi, faoliyat toʻliq saqlangan holatlarda.

Yaroqli

78.

Birlamchi va ikkilamchi adentiya bitta jagʻida 6 ta va undan ortiq tishning yoʻqligi va ularning oʻrnini yasama tanglay tishlar bilan almashtirilganligi, kurak tishi, qoziq tishi, kichik oziq tishlarining ketma-ket yoʻqligi yoki ularning oʻrni yasama tanglay tishlar bilan almashtirilganligida.

Yaroqsiz

79.

Tishlar, paradont va ogʻiz boʻshligʻi shilliq pardasining kasalliklari:

a) koʻplab, asoratli kariyes, parodontoz oʻrta va ogʻir darajasida;

Yaroqsiz

b) parodontit, parodontoz yengil darajasida.

Yaroqsiz

80.

Oʻtkir jarohatlar, kasalliklar va jagʻ-yuz sohasidagi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlari tufayli aʼzolar faoliyatining toʻliq tiklanmagan hollarida.

Yaroqsiz

7-bob. Koʻrish aʼzolari kasalliklari

81.

Ikkala koʻz qovoqlari yaqqol ifodalangan yetishmovchiliklari (ptozdan tashqari), ikkala koʻzda yuqori qovoqlarning ogʻir darajada ptozi, bitta koʻz yuqori qovogʻining ogʻir darajada ptozi yoki jarrohlik yoʻli bilan davolanishga koʻrsatma boʻlmagan ikkala koʻzda oʻrta darajada ifodalangan shakllari, bitta koʻz qovogʻi oʻrta darajada yetishmovchiliklari, bitta koʻz qovogʻi yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan shakli, lagoftalm.

Yaroqsiz

82.

Davolanishi qiyin kechadigan surunkali yarali blefaritlar, surunkali, kam xurujli samarali davolanadigan blefaritlarning oʻrta yoki yengil darajasi.

Yaroqsiz

83.

Ikkala yoki bitta koʻz yoshi yoʻllari kasallik?ari natijasida toʻxtovsiz koʻz yoshi oqib turishi.

Yaroqsiz

84.

Koʻz olmasini harakatlantiruvchi nervlarning turgʻun falajligi, gʻilaylikning barcha turlari:

a) koʻz mushaklari kasalliklari, ikki koʻzning hamkorlikda koʻrish faoliyatining buzilishi;

Yaroqsiz

b) diplopiya mavjudligida, gʻilaylik 15°dan ortiqligi, binokulyar koʻrish boʻlmaganida;

Yaroqsiz

v) diplopiya boʻlmaganida, gʻilaylikni barcha turlari 15°gacha, nistagm va koʻzning boshqa gʻayriixtiyoriy harakatlarida.

Yaroqsiz

85.

Koʻrish faoliyatining pasayishiga olib keladigan jarohatlanish, yalligʻlanishlar va degenerativ xususiyatdagi surunkali kasalliklari:

a) koʻz faoliyatining pasayishiga olib keladigan ikkala �oʻzda jadal rivojlanib borayotgan yoki tez-tez qaytalanadigan asoratlarida;

Yaroqsiz

b) koʻz faoliyatining pasayishiga olib keladigan ikkala yoki bitta koʻzda oʻrta darajada rivojlanib borayotgan turida.

Yaroqsiz

86.

Akkomodatsiya spazmi yoki falajligi.

Yaroqsiz

87.

Afakiya, artifakiya:

a) ikkala koʻzda;

Yaroqsiz

b) bitta koʻzda.

Yaroqsiz

88.

Koʻzi ichida joylashgan, yalligʻlanish yoki distrofik oʻzgarishlar keltirib chiqarmaydigan yot jismlar mavjudligida.

Yaroqsiz

89.

Glaukoma.

Yaroqsiz

90.

Koʻz toʻr pardasi koʻchishi.

Yaroqsiz

91.

Koʻruv nervi atrofiyasi.

Yaroqsiz

92.

Koʻrish oʻtkirligining pasayishi yoki koʻz tubining oʻzgarishlari, refraksiya anomaliyalari va boshqa sabablar (jarohat, organik kasalliklar va boshqalar) tufayli xiralashuvi bir yoki ikkala koʻzda koʻrish oʻtkirligining korreksiya bilan 0,6 dan past boʻlishi.

Yaroqsiz

93.

Refraksiya anomaliyalari miopiya yoki gipermetropiya
4,0 D, astigmatizm O 2,0 D dan yuqori holatlarda.

Yaroqsiz

94.

Dixromaziya, anomal trixromaziya A yoki V turi.

Yaroqsiz

95.

Koʻrish qobiliyatining vaqtinchalik buzilishi.

Yaroqsiz

8-bob. Teri va teri osti qavati kasalliklari

96.

Terining qiyin davolanadigan surunkali kasalliklarida.

Yaroqsiz

97.

Teri qatlami kasallanishi bilan kechuvchi biriktiruvchi toʻqimaning diffuz kasalliklari, dermatomiozit tizimli qizil volchanka va tarqalgan sklerodermiya.

Yaroqsiz

98.

Oʻchoqli alopetsiyaning va vitiligo kasalligi, albinizm.

Yaroqsiz

99.

Keng tarqalgan, avj olgan (giperkeratozlar), shuningdek xavfli, xavfli oʻsma oldi xalati, rentgen, adiodermatitlar, fotodermatitlar.

Yaroqsiz

100.

Keng tarqalgan oʻtkir teri kasalliklari, shu qatorda (piodermiyalar, qichima va boshqalar), shuningdek oʻtkir teri yalligʻlanishlari, toksikodermiya va dermatitlar.
Eshak yemi.

Yaroqsiz

101.

Moxov (Lepra).

Yaroqsiz

102.

Teri sili.

Yaroqsiz

103.

Terining zamburugʻli kasalliklari (epidermofitiya, favus, mikrosporiya, trixofitiya).

Yaroqsiz

9-bob. Tanosil kasalliklari

104.

Oʻtkir uretritlarning barcha turlari.

Yaroqsiz

105.

Zaxm (sifilis).

Yaroqsiz

10-bob. Ayollarning jinsiy aʼzolari surunkali yalligʻlanishlar bilan kechadigan va tugʻma kasalliklari

106.

Ayollarning jinsiy aʼzolari surunkali va oʻtkir kasalliklari:

a) faoliyatning ogʻir va oʻrtacha darajada buzilishlari;

Yaroqsiz

b) faoliyatning yengil darajada buzilishlari.

Yaroqsiz

107.

Endometrioz.

Yaroqsiz

108.

Genital prolaps, siydikni tuta olmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy aʼzolarining boshqa yalligʻlanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan, tugʻma boʻlgan).

Yaroqsiz

109.

Hayz koʻrish faoliyatining buzilishlari:

a) faoliyatning ogʻir va oʻrtacha darajada buzilishlari;

Yaroqsiz

b) faoliyatning yengil darajada buzilishlari.

Yaroqsiz

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvali bandlarini qoʻllash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IZOHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Ruhiy buzilishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandi — ogʻir va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik diagnozi har tomonlama isbotlangan boʻlishi lozim. Aqliy zaiflik yaqqol alomatlarida yaroqsizlik masalasi statsionarda tekshiruvlarsiz hal qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rivojlanayotgan organizmlarda kuzatiladigan ruhiy infantilizm alomatlarida kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 16-bandiga muvofiq qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandi — simptomatik epilepsiya va uning boshqa turlari (narkolepsiya, katalepsiya) boʻyicha ushbu band boʻyicha qaror chiqarilmaydi. Epileptik tutqanoq mutaxassis shifokor nazorati va guvohlar dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi lozim. Zaruratga qarab, yashash va oʻqish joylaridan kerakli maʼlumotlar olinadi. Oʻquvchida avval kuzatilgan epileptik tutqanoq haqidagi maʼlumotlar mavjudligi ushbu bandni qoʻllashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandi — reaktiv psixozlarni, nevrotik, dissotsiativ va somatik shakldagi buzilishlarni, psixogen depressiv holatlar va reaksiyalarni, oʻquvchining nevrotik rivojlanishini, surunkali reaksiyadan keyingi shaxs oʻzgarishlarini hamda jarohatdan keyingi stress buzilishlarini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bandi — shizofreniya diagnozini qoʻyishga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Shizofreniya kasalligiga gumon boʻlgan har bir holatda, yuqori malakali mutaxassislar shifokorlar jalb qilinib, statsionar sharoitda tekshirish lozim, chunki ayrim hollarda oʻquvchining individual xususiyatlariga xos boʻlgan feʼl va xulq-atvorning biron-bir kasallik jarayoniga aloqasi boʻlmagan baʼzi belgilari shizofreniya belgilari deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bandi — intoksikatsion (psixoaktiv moddalarni isteʼmol qilishdan keyingi holatlardan tashqari) va yuqumli kasalliklar hamda somatogen psixozlarni nazarda tutadi. Ushbu bandga radiomagnit, yuqori chastotali nurlanish manbalari va boshqalar taʼsiridan kelib chiqqan ruhiy buzilishlar ham kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bandi — shaxs buzilishlari, psixopatiyalar, oʻquvchining patologik rivojlanishi, ruhiy infantilizmni (barcha shakllarini, bundan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 16-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno) nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs oʻzgarishlarining diagnostikasi uchun sinchkovlik bilan va obyektiv yigʻilgan anamnez hamda ruhiy kasalliklar statsionarida oʻtkaziladigan har tomonlama tekshiruv natijalari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandga eng chuqur va turgʻun kasallik koʻrinishlariga ega boʻlgan uzoq muddatga mehnat qobiliyatini yoʻqotadigan va xizmat majburiyatlarini bajarishga xalaqit beradigan, yaqqol ifodalangan, kompensatsiya qilib boʻlmaydigan, yadro shaklidagi psixopatiyalar deb ataladigan shakllar va shaxsning patologik rivojlanishlari (paranoyal, obsessiv-fobik va boshqalar), turgʻun, toʻsatdan paydo boʻladigan hissiy-irodaviy affektiv buzilishlari, reaktiv holatlarning rivojlanishi, vegetativ asab tizimining turgʻunsizligi bilan namoyon boʻladigan oʻrtacha darajada shaxs buzilishlarining shakllari, kompensatsiyali psixopatiyalar va shaxsning patologik rivojlanishi hamda turgʻun va ifodalangan patologik reaksiyalarga moyil boʻlgan ruhiy infatilizmi, hissiy-irodaviy va boshqa koʻrinishlari, shu jumladan shaxsning aksentuatsiyalashgani, tranzitor shaklidagi, tashqi zararlar (infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar va boshqalar) bilan sababiy bogʻliq boʻlgan psixopatiyaga oʻxshash holatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining oʻziga qasddan yetkazgan tan jarohati alomatlari aniqlanganda, oʻqishga qabul qilishga yaroqsizligi haqida xulosa chiqariladi. “Shaxsning aksentuatsiyasi” diagnozini qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining sogʻligʻi holatidan kelib chiqmagan, maqsadli xulq-atvor xatti-harakatlarining oʻzgarishi hamda intizomsizlik koʻrinishlarini kasallik alomatlari deb baholab boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandi — ushbu bandga asosan emotsional-vegetativ buzilishlar bilan kechadigan yengil darajada nevrotik holatlar kiradi. Shuningdek, mazkur bandga birlamchi, qisqa muddatda shakllangan, sezilarsiz darajada ifodalangan oʻzgarishlar, nevrotik, hissiyotga asoslangan, moslashuv reaksiyasining buzilishi holatlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bandi — bosh yoki orqa miyaning jarohat tufayli kelib chiqqan markaziy asab tizimining oʻzgarishlari va uning faoliyati buzilishi mavjudligi, markaziy asab tizimining shikastlanishi hamda portlash toʻlqini va boshqa tashqi omillar taʼsiri tufayli zararlanishining asoratlarini nazarda tutadi. Davolanish muolajalari tugaganidan keyingi sezilarsiz asoratlar mavjudligida kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 12-bandi boʻyicha qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandi — ushbu band oddiy va talvasali hushidan ketishlar bilan kechadigan, krizlari mavjud boʻlgan vegetativ tomir distoniyasi hamda vegetativ asab tizimidagi oʻzgarishlarda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga oʻrtacha darajada kasallik vaqtida mavjud boʻlgan koʻngil zaifligi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyqu buzilishi, xushdan ketish, ish qobiliyatining pasayishi, markaziy asab tizimi tomonidan boshlangan ayrim turgʻun organik kasallik belgilari mavjud boʻlgan emotsional sohadagi faoliyat buzilishi aniq koʻrinib turgan gipomimiya, anizorefleksiya, koʻz qorachigʻining nurga nisbatan reaksiyasi, piramidal kasallik simptomlari va boshqalar tegishli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “v” kichik bandiga markaziy asab tizimining virusli infeksiyalari, bakteriyalari va infeksion-allergik kasalliklaridan keyingi asoratlari, bosh miya va orqa miya infeksiyalari tufayli davolangandan keyingi holatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandida bosh miya va orqa miya jarohatlarining oqibatlari, markaziy asab tizimida sodir boʻlgan jarohatlarning asoratlari, shuningdek havoda sodir boʻlgan portlash toʻlqini taʼsiri natijasida yuz bergan jarohat oqibatlari, bosh miya va orqa miya jarohatlanishi oqibatida nevrologik kasalliklarning organik belgilari mavjudligi (burun-labning burmalarida sezilarsiz assimetriya alomatlari hamda anizorefleksiya belgilari, sezuvchanlikning yengil tarzda buzilishi va boshqalar), ularning vegetativ tomir kasalliklari va turli nevrotik holatlar bilan birga kelishi nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “v” kichik bandiga jarohatlanishdan keyin markaziy asab tizimi faoliyatining toʻliq asoratsiz tiklangan holatlari kiradi. Bosh miya va orqa miya jarohati oʻtkazgan oʻquvchilarning yaroqliligi statsionar davolashdan keyin aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandi asab tolalarining jarohatlanishi davolash natijasida, ularning faoliyati toʻliq tiklangan, ayrim sezuvchanlikning yengil darajada hamda jarohatlangan asab tolalari bilan bogʻliq boʻlgan mushaklar kuchining biroz zaiflashuvchi, oyoq-qoʻllar faoliyatining cheklanmagan holatlarida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-bandi — pereferik asab tizimi kasalliklari va kasallik asoratlarini davolash natijasida ularning faoliyati toʻliq tiklangan, asab tolalari bilan bogʻliq boʻlgan mushaklar kuchining biroz zaiflashuvchi, oyoq-qoʻllar faoliyatining cheklanmagan holatlarida ushbu bandning “b” kichik bandi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ichki aʼzolar kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bandi — tibbiy koʻrikdan oʻtuvchining mushaklar tizimi, boʻyi va vazni, koʻkrak qafasining aylanasi, qomati hamda yoshi hisobga olingan holda qatʼiy ravishda jismoniy rivojlanishining darajasi haqidagi xulosa individual beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchining jismoniy rivojlanishini baholashda uning yoshiga eʼtibor beriladi, chunki organizm jadal oʻsayotgan vaqtda uning vazni boʻyiga nisbatan orqada qolishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson vazni va boʻyining nomutanosibligi tana rivojlanishining salbiy koʻrsatkichi boʻlishi mumkin emas. Tibbiy koʻrikdan oʻtuvchining jismoniy rivojlanish xulosasi mushak tizimining rivojlanish darajasiga baho berish asosida qatʼiyan individual hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mushak tizimining rivojiga baho berishda teri osti yogʻ toʻqimasining toʻplanish darajasi hamda ayrim tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarning mushaklarining rivojlanish xususiyatlari inobatga olinadi. Boʻy koʻrsatgichi 150 sm dan pastligida, tana vazni 40 kg dan kamligida ushbu band qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-bandi — oʻtkir yuqumli, parazitar kasalliklar, intoksikatsiyalar natijasida vaqtinchalik funksional buzilishlar mavjudligida, bemor shifoxonadan chiqqanidan keyingi umumiy astenizatsiya, quvvatsizlik, oziqlanish buzilgan holatlar koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtkir virusli gepatit “A” bilan davolangan, jigar faoliyati toʻliq tiklangan, statsionarda davolanganiga 6 oy muddat oʻtgan oʻquvchilar oʻqishga yaroqli deb eʼtirof qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-bandi — ushbu bandda koʻrsatilgan kasalliklar aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar tibbiy koʻrikdan faqat statsionar tekshiruv va davolanishdan soʻng oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Endokrin aʼzolarda aniqlangan kasalliklar va jarrohlik amaliyotlari orqali davolangan oʻquvchilarga ushbu bandning “b” kichik bandi boʻyicha qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-bandi — qonning tizimli kasalligi sababchi boʻlmagan, biroq ozib ketish va mehnat qobiliyatining pasayishi bilan kechadigan, xar xil sabablar keltirib chiqaradigan, oʻrtacha namoyon boʻladigan anemiya, leykoyeniya va trombotsitopeniya kasalliklariga chalingan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarga ushbu bandning “b” kichik bandi boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-bandning “b” kichik bandiga kelib chiqishi sil bilan bogʻliq boʻlmagan surunkali oʻpka-bronx kasalliklari, shuningdek bronxlar, oʻpka, plevraning oʻtkir shamollashdan keyingi, tashqi nafas faoliyatining yengil, oʻrta, ogʻir darajada buzilgan qoldiq asoratlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-bandi — mazkur bandda nazarda tutilgan neyrodiskulyator distoniya diagnozi statsionar sharoitida, nevropatolog, okulist va zaruratga qarab boshqa mutaxassis shifokorlar koʻrigi natijasida jismoniy, ortostatik, sinamalar, giperventilatsiya va boshqa tibbiy koʻrik usullari orqali aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-bandi — ushbu bandga yurak tomirlari oʻtkir kasalliklarining asoratlari, shuningdek qon aylanishi va shifoxonada davolanishni talab qilmaydigan yurak ritmining vaqtinchalik buzilishlari kiradi. Bu band yurak tugʻma nuqsoni bilan ogʻrigan, faol shakllanmagan revmatizimdan, infeksion-toksik miokarditdan, yurak ishemik kasalliklarining oʻtkir shakllari holatini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-bandi — ushbu band qiziloʻngach, oshqozon, ichak, qorin pardasi, jigar, oʻt qopi, oʻt yoʻllari, oshqozon osti bezi, taloq kasalliklarini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “b” kichik bandiga qorin boʻshligʻi aʼzolari ovqat hazm qilish, oziqlanish, holsizlik kabi faoliyatini buzmagan oʻtkir kasalliklari, surunkali gastritlar va duodenitlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavfsiz bilirubinemiya alomatlari aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarga nisbatan yaroqsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jarrohlik kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-bandi — ushbu bandga jarohatlar, jarrohlik amaliyotlari, katta hajmdagi tatiurovka, kelloidli, gipertrofik, atrofik chandiqlar, bosh, gavda yoki oyoq-qoʻllar harakatini oʻrtacha cheklab turadigan yoxud kiyim kiyishga, poyabzalda yurishga yoki qurol, aslaha anjomlari koʻtarishga qiyinchilik tugʻdiradigan turli chandiqlar kiradi. Shuningdek, bosh, yuz, boʻyin sohalari husn buzuvchi chandiqlar, turli maʼnodagi hamda katta hajmdagi koʻp sonli tatuirovkalar mavjudligi ushbu bandni qoʻllashga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-bandi — ushbu band koʻkrak qafasidagi, qorin boʻshligʻidagi, kichik tos va qorin boʻshligʻi ortidagi aʼzolarning yaradorlik, jarohat yoki jarrohlik muolajalari oqibatida vujudga kelgan asoratlarni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “b” kichik bandiga koʻkrak qafasidagi, qorin boʻshligʻidagi, kichik tos va qorin boʻshligʻi ortidagi aʼzolarning yaradorlik, jarohat yoki jarrohlik muolajalari oqibatida vujudga kelgan vaqtinchalik oʻzgarishlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-bandi — umurtqa pogʻonasining koʻndalang yoki oʻtkir qirralarning asoratsiz sinishi, beshinchi bel umurtqasining birinchi dumgʻaza umurtqasiga qoʻshilib ketishi, sokralizatsiyasi, shuningdek umurtqa pogʻonasi va orqa miyaning faoliyati buzilishi hollari kuzatilmagan umurtqa pogʻonasining besh gradusgacha qiyshayishi aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-bandi — suyaklar sinishi holatlarida yaroqlilik haqidagi harbiy tibbiy komissiya qarori davolanish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-bandi — sonning ichki oʻsiqlari orasidagi masofa 9 sm dan yuqori boʻlgan oyoqlarning O simon egriligida yoki boldirning ichki toʻpiqlari orasidagi masofa 9 sm dan yuqori boʻlgan oyoqlarning X simon egriligi aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-bandi — ushbu bandda qoʻl barmoqlari yoki panjalari yoʻqligi, nuqsonlari, egriligi, kasalligi natijasida faoliyati buzilishi holatlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barmoqlar paylari, asab tolalari jarohatlanishi natijasidagi toʻliq qiyshayishi yoki harakatsizlanishi barmoqning yoʻqligi deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-bandi — ushbu bandda oyoq barmoqlari yoʻqligi, nuqsonlari, egriligi, kasalligi natijasida faoliyati buzilishi holatlari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oyoq barmoqlari paylari, asab tolalari jarohatlanishi natijasidagi toʻliq qiyshayishi yoki harakatsizlanishi barmoqning yoʻqligi deb qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oyoq panjasi faoliyatini buzmaydigan, birinchi barmoqdan tashqari, boshqa bitta barmoqning tirnoq falangasi yoʻqligi aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-bandi — ushbu band oyoq panjasi va tovonlaridagi tugʻma, shuningdek orttirilgan deformatsiya holatlarini hamda yassi tovonlik yoki bolalik yoxud oʻsmirlik davridagi yassi tovonlik natijasida uning mushaklardagi asoratli oʻzgarishlarni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning “b” kichik bandiga, yassi tovonlikning II darajasi, osteoartrozning boshlangʻich alomatlari aniqlangan holatlari taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oyoq panja suyaklarining osteoartroz asorati kuzatilmagan I va II darajali yassi tovonlik aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-bandi — ushbu bandga tugunli yoki kistoz buqoq kasalligi kiradi. Endokrin kasalliklari mavjud boʻlganda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 19-bandi qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aʼzo faoliyatining buzilish alomatlari boʻlmagan qalqonsimon bezning I darajali diffuz tarzdagi kattalashuvida ushbu band qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-bandi — xavfsiz oʻsmalar: lipomatoz, gemangiomalar, nevuslar, dermoidli kista pufaklar, xondromalar va boshqa shu singari standart poyabzal, kiyim kiyishga, anjomlar olib yurishga xalaqit bermaydigan kasalliklar, oshqozon-ichak traktidagi yakka holda oʻsgan poliplar, qovuqdagi xavfsiz, ichki aʼzolar faoliyatini buzmaydigan papilomalar aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-bandi — aorta, magistral, periferik, arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari hamda jarohatdan keyingi asoratlarida ushbu band asosida qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oyoq terisi osti venalarining alohida sohalarida, asoratsiz kengayishida ushbu band qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-bandi — kindikdagi kichik churralar, shuningdek chov halqasining churrasiz kengayishi holatlari aniqlangan oʻquvchilarga ushbu band qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi asoratsiz tashqi bavosil taalluqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-bandi — ushbu bandning “b” kichik bandiga siydik chiqarish yoʻlidagi, ultratovush tekshiruvi bilan tasdiqlangan, yakka holdagi kichik (0,5 sm gacha) toshlarni instrumental yoʻl bilan (loxanka-buyrak jomi, siydik yoʻli, qovuq-siydik pufagidan) olib tashlanganidan yoki zarb toʻlqinli litotripsidan keyin buyraklar faoliyati buzilmagan holatlar, takroriy ravishda tosh hosil boʻlmasdan yakka toshning tushib ketishi, ogʻriq sindromisiz kechadigan I darajali nefroptoz, qisqa muddatli gematuriya bilan kechadigan buyrak lat eganidan keyingi holatlar hamda gipospadiya va epispadiya kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-bandi — kechalari siydik tutolmaslik diagnozi statsionarda tekshirilib, tasdiqlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-bandi — urugʻ naychasi venalarining yaqqol koʻzga tashlanadigan tarzdagi kengayishi (vena tugunlari moyakning pastki qismiga osilib tushgan holatlar, moyak hajmi kichrayishi, kremaster refleksining mavjud boʻlmasligi, varikoz kengaygan venalarda qoʻshimcha yalligʻlanish bilan bogʻliq oʻzgarishlar hamda ogʻriq sindromi mavjud boʻlgan holatlar) mazkur bandning “a” kichik bandiga taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Varikoz tarzdagi urugʻ naychasi atrofidagi venalarning varikoz tarzidagi II darajali kengayishi (naycha moyak polyusining oʻrta qismidan pastroqqa tushib ketishi, moyakning atrofiyasi va ogʻriq sindromining yoʻqligi) holatlari mazkur bandning “b” kichik bandiga taalluqli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chap tomondagi urugʻ naychasi venalarining sezilarsiz, I darajali kengayishi holatlari aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-bandida koʻrsatilgan kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi holatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-bandida koʻrsatilgan kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash natijalaridan keyingi holatlarda tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Quloq, burun va yuqori nafas yoʻllarining kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-bandi — oldingi perforatsiya oʻrnidagi chandiqlar hamda ohaklanishi-qattiqlashishi natijasida hosil boʻlgan oʻzgarishlar — chandiqlar quloq nogʻora pardasiga zarar yetkazmagan, eshitish darajasi oʻzgarmagan hamda quloqning barofunksiyasi buzilmagan hollarda yaroqli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-bandi — burun boʻshliqlarida yiringli yaralar bilan kechadigan surunkali kasalliklar mavjudligi rinoskopiya va burun boʻshligʻini rentgenografiya qilish orqali, gaymor boʻshligʻi uchun esa davolash muassasasi tomonidan oʻtkazilgan diagnostik punksiya orqali olingan natijalar bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-bandi — ushbu bandga yiliga kamida ikki martadan takrorlanib turadigan surunkali tonzillit zoʻriqishi bilan kechadigan, tonzillogen intoksikotsiya, bodomsimon bezlar oldi toʻqimalarida yalligʻlanish, regional limfa tugunchalari yalligʻlanishi (paratonzillar absess, regional limfadenit) singari holatlarining surunkali dekompensatsiyalanuvchi tonzilliti kiradi. Surunkali tonzillitning boshqa oddiy shakllari hamda bodomsimon bezlar gipertrofiyasining boshqa shakllari mavjud boʻlgan hollarda, tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar davolanganlaridan soʻng yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-bandi — oʻquvchilar kasallik, jarohat, operatsiyadan keyingi vaqtda ularga kasalligi boʻyicha davolanish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilib, maxsus davolanish tamom boʻlgan, lekin shu qobiliyatining toʻla tiklanishi uchun muddat talab qilinadigan hollarda, ushbu band qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta quloq, traxeya burunda radikal, rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari oʻtkazgan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarga yaroqsiz xulosa chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Ogʻiz boʻshligʻi va jagʻ kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-bandi — ushbu bandga yuz-jagʻ sohasining tugʻma va orttirilgan nuqsonlari va shakl oʻzgarishlari, davolash muolajalari, shu jumladan jarrohlik amaliyotlaridan keyin samarasiz kechadigan jagʻning, soʻlak bezlarining, chakka pastki jagʻ boʻgʻimlarining surunkali kasalliklari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tish qatori bir yoʻnalishda oraliq 5 mm gacha surilgan hollarda I darajali, 5 mm dan 10 mm ga qadar surilganda II darajali, 10 mm dan ortiq surilganda III darajali tishlov anomaliyasi deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning “a” kichik bandiga pastki jagʻning xavfsiz oʻsmalar tufayli toʻliq yoki qisman kesib olingan va boshqa toʻqima koʻchirib oʻtqazilgan nuqsonlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandga II-III darajali tishlov anomaliyalari (tish qatorlarining siljishi 10 mm dan koʻp) yoki chaynash samaradorligini Agapov usuli boʻyicha 60 foizdan kamroq, chakka pastki jagʻ bitishuvlari, tutashib ketishlari va jagʻning soxta boʻgʻimlari, yuz nervining asosiy shoxi yoki yirik shoxlaridan birining shikastlanishidan yuzaga kelgan mimik mushaklarning falajlanishi, surunkali, tez-tez qaytalanuvchi soʻlak bezlari yalligʻlanishlari, yuz-jagʻ sohasining aktinomikozlari, chirigan suyak boʻshliqlari va parchalari mavjud boʻlgan jagʻ osteomiyeliti kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchilarda tish qatorlarini 5 mm gacha (I daraja) siljiganida, chaynash jarayonining buzilishi yoki chaynash samaradorligini Agapov usuli boʻyicha 60 foizdan kamroq boʻlishi bilan birga kechadigan tishlov anomaliyalari, yuqori labning yorigʻi va boshqa tugʻma nuqsonlari mavjud boʻlganda yaroqsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-bandi — tishlarida koʻplab kariyes, karioz, plombalangan va sugʻurib tashlangan tishlar soni 6 taga yetgan hamda bunda tishlarning kamida 4 tasi tish pulpasi bilan yoki periodont bilan jarohatlangan, shu jumladan ildiz kanallari plombalangan tishlari boʻlgan oʻquvchilar mazkur bandning “b” kichik bandi boʻyicha yaroqsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protezlashning iloji boʻlmagan tish ildizlari mavjudligida, tishlarning yoʻqligi haqida qaror chiqariladi, bundan echilmaydigan protezli tishlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-bandi — parodontit va parodontoz diagnozlari tasdiqlanganda ushbu band qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parodontit va parodontoz diagnozlar tish-jagʻ tizimi toʻliq tekshirilib, rentgenografiya tekshiruvi yordamida tasdiqlanishi va boshqa hamroh kasalliklar (koʻp shakldagi ekssudativ eritema, qizil yassi temiratki, poʻrsildoq, stomatitlar, xeylitlar, gingivitlar, leykoplakiya va prekanserozlar: Mangotti abraziv xeyliti, Bouena kasalligi va boshqalar) aniqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Koʻrish aʼzolari va koʻz yordamchi aʼzolari kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-bandi — ushbu bandda ikkala koʻz qovoqlari yaqqol ifodalangan yetishmovchiliklari (ptozdan tashqari), ikkala koʻzda qovoqlarning ogʻir darajada ptozi, bitta koʻz yuqori qovogʻining ogʻir darajada ptozi yoki jarrohlik yoʻli bilan davolanishga koʻrsatma boʻlmagan bitta koʻz qovogʻi oʻrta darajada yetishmovchiliklari, bitta koʻzda qovoq yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan shakllari, ikkala koʻzda oʻrta darajada ifodalangan shakllari, lagoftalm, shuningdek koʻrish va koʻz harakati faoliyati inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugʻma ptoz — yaʼni qovoqlarning pastga tushishi yoki kasallik natijasida yuqori qovoq pastga tomon osilib, koʻz qorachigʻining yarmidan koʻproq qismini bekitib qoʻygan (peshona mushaklari zoʻriqmagan) holatlarda ushbu band qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-bandi — ushbu bandga surunkali blefaritlar va konʼyuktivitlarning turli shakllari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oddiy blefaritning asoratsiz turlari, poʻstloq — tangachalar qoplangan oddiy blefarit va koʻz qovoqlari chekkasida biroz giperemiya boʻlgan holatlar, yakka-yakka follikulalar mavjud boʻlgan, follikulyar konʼyuktivitlar, koʻz qovoqlarining burchaklarida konʼyuktivaning silliqlashuvi hamda konʼyuktivial gumbazlar sohasidagi silliqlashishlar, ayrim mayda sirtqi chandiqlar traxomatoz boʻlmagan konʼyuktiva chandiqchalari hamda konʼyuktiva koʻzning shox pardasida boshqa oʻzgarishlarsiz silliq chandiqlari bilan kechadigan koʻz kasalliklari yaroqsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bahorgi katar, koʻz pardasida soxta va haqiqiy qanotsimon shakldagi pardalari aniqlanganda yaroqsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-bandi — nistagm markaziy asab tizimi yoki vestibulyar apparat kasallanishining belgilaridan biri boʻlgan hollarda, harbiy tibbiy komissiyaning qarori asosiy kasallik boʻyicha chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-bandi — optika-rekonstruktiv, oldingi keratotomiya va lasik (lazerli keratomilez) jarrohlik amaliyoti bilan davolanganlar koʻrish faoliyatidan qatʼi nazar yaroqsiz deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz va uning hosilalarida oʻsmalar mavjudligida, ularning xususiyatiga qarab, kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining 48 va 49-bandlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-bandi — akkomodatsiyaning turgʻun spazmida nevropatolog, terapevt va boshqa mutaxassis shifokorlarning ishtirokida tibbiy koʻrik oʻtkazilishi lozim. Agar spazmlar (mushaklarning tonik taranglanishi) nerv tizimi, ichki aʼzolar va boshqa kasalliklar sababli vujudga kelgan hollarda asosiy kasallik boʻyicha qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻz akkomodatsiyasi (moslashish) bir tomonlama turgʻun falajlikka uchragan hollarda koʻzning boshqa faoliyatlariga (koʻrish quvvatiga, koʻrish maydoniga) qarab qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkomodatsiya spazmi va falajligi, u qay darajada ifodalanganligidan qatʼi nazar, yaroqsiz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-bandi — koʻz gavharining chiqishi va uning joyidan qoʻzgʻalishi afakiya tarzida baholanadi. Agar yalligʻlanish va koʻz bosimi oshishi mavjudligi aniqlansa, kasalliklar jadvalining 85 yoki 89-bandlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-bandi — glaukoma diagnozi statsionar sharoitida tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-bandi — koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan har bir koʻzda 0,6 dan past boʻlmasligi kerak. Ushbu hollarda miopiya yoki gipermetropiya 4,0 D gacha yoki astigmatizmning ikki asosiy meridiandagi refraksiya farqi 2,0 D dan koʻp boʻlmagan hollarda yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-bandi — refraksiya anomaliyalari turi va darajasi skiaskopiya yoki refraktometriya tekshiruv usullari yordamida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Refraksiya anomaliyasining xususiyat va darajasi barcha tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilarda quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subyektiv usul — bunda koʻrish oʻtkirligi korreksiya yoʻli bilan tekshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektiv usul — bunda koʻzning nur sindirish qobiliyati skiaskopiya yoʻli bilan (qisman sikloplegiya sharoitida midriatsil eritmasidan tomizib turib) aniqlanadi yoki refraktometriya usuli qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektiv va obyektiv tekshirish yoʻli bilan olingan maʼlumotlar bir-biridan farq qilgan hollarda obyektiv tekshirish natijalari inobatga olinib, koʻrish oʻtkirligi takroriy ravishda korreksiya oʻtkazib tekshirib koʻrilishi kerak. Shubha tugʻilgan hollarda refraksiyani obyektiv aniqlash toʻla sikloplegiya sharoitida oʻtkaziladi (bu muolajani oʻtkazishda koʻzga tomiziladigan dorilar: gomotropinning bir foizli eritmasi yoki bir foizli atropin eritmasi tomiziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biomikroskopik tekshiruv yordamida aniqlanadigan, koʻrish oʻtkirligini pasaytirmaydigan ranglar jilosi va gavharning oldi kapsulasidagi pigment (tugʻma qorachiq qoldiq membranasi) mavjudligi yaroqli deb topishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-bandi — rang ajratish qobiliyati Rabkin jadvali yordamida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Anomal trixromaziya “S” turi aniqlangan hollarda tibbiy koʻrikdan oʻtuvchi yaroqli deb topiladi. Ushbu hollarda Rabkin jadvalining 12 ta jadvaldagi ranglar aniqlanishi, buning ichida Rabkin jadvalining XVIII jadvali boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-bandi — mazkur bandga koʻzning shoxpardasi, rangli pardasi va boshqa pardalarining oʻtkir kasalliklari, shuningdek jarohatlar va jarrohlik muolajalari sabab boʻlgan koʻrish qobiliyatining vaqtinchalik buzilish holatlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Teri va teri osti qavati kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96-bandi — qiyin davolanadigan, surunkali keng tarqalgan shaklidagi kasalliklar: ixtioz, ekzema, psoriaz (artropatik eritrodermiya), teri qavatlarining keng tarqalgan lixnefikatsiya bilan kechadigan atopik dermatit, neyrodermit, bullali dermatitlar (poʻrsildoq yaraning barcha turlari, bullali pemfingoid, gerpes shaklli Dyuring kasalligi, qizil yugirikning tarqalgan teri shakli, surunkali tez-tez qaytalanadigan krapivnitsa, dermatomiozit, tarqalgan sklerodermiya) kasalliklarida ushbu band orqali qaror chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchida seboreya alomatlari mavjud boʻlganda, u yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-bandi — yakka pigmentli yoxud soʻgalsimon nevuslar mavjud oʻquvchilar yaroqli deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Tanosil kasalliklari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-bandi — tanosil kasalligi mavjudligi aniqlangan tibbiy koʻrikdan oʻtuvchilar yaroqsiz deb topiladi. Bu haqida tegishli sogʻliqni saqlash muassasasiga xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Ginekologik tekshiruvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-bandi — ginekologik tekshiruv oʻtkazilayotganda tashqi koʻrik natijalari, vaginal ajralmalari va surtmalarining tsitologik hamda bakteriologik va ultratovush tekshiruvlari xulosalari inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining mazkur izohda koʻrsatilmagan bandlarida nazarda tutilgan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yuzasidan xulosa mutaxassis shifokorlar tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylariga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda majburiy boʻlgan tibbiy tahlillar va tekshiruvlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qon tahlili — kengaytirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy peshob tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Gijja tuxumlari va sodda organizmlarni aniqlovchi axlat tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Gepatitning “V” va “S” (NVsAg, NCV) markyerlarini aniqlovchi qon tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonning RW (Vasserman reaksiyasi) tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonning OITS/OIV tahlili (OITSga qarshi kurash markazlarida).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qonning ALT, AST, umumiy oqsil va bilirubin (fraksiyalari bilan) tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Endoskopik ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ultratovush tekshiruvi (UTT).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining F.I.O. hamda tekshiruv tartib raqami va oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎

‎‎Rasm uchun
‎joy

‎‎

‎‎(M.Oʻ.)

‎‎‎Akademik litseyga oʻqishga kirayotgan oʻquvchining tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
‎KARTASI

‎‎1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________________________
‎‎2. Tugʻilgan yili ___________________________________________________________________________________
‎3. Doimiy yashash joyi (manzili) ______________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tekshiruv turlari‎‎‎‏‎‎

Mutaxassis shifokor tekshiruvining maʼlumotlari va diagnozi

Birlamchi
‎tibbiy koʻrik‎‎

Yakuniy
‎tibbiy koʻrik‎‎

1‎‎

2‎‎

3‎‎

‎‎1. Shikoyatlar va anamnezi ‎‎ ‎‎
‎‎2. Oʻtkazilgan kasalliklar va jarohatlar ‎‎ ‎‎
‎‎‎3. Antropometrik koʻrsatkichlar: ‎‎ ‎‎
‎‎Boʻyi ‎‎ ‎‎
Tana vazni‎‎ ‎‎ ‎‎
Dinamometriya:‎‎ ‎‎ ‎‎
Oʻng qoʻl‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap qoʻl‎‎ ‎‎ ‎‎
Gavdani tik turish paytida‎‎ ‎� ‎‎
4. Jarrohlik tekshiruvi natijalari:‎‎
Umumiy jismoniy rivojlanishi‎‎ ‎‎ ‎‎
Teri va koʻrinadigan shilliq qavatlar‎‎ ‎‎ ‎‎
Limfa tugunlari‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Suyak-mushak tizimi‎‎ ‎‎ ‎‎
Periferik tomirlar‎‎ ‎‎ ‎‎
Siydik chiqarish va jinsiy tizim‎‎ ‎‎ ‎‎
Anus‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Sana, jarrohning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi ‎‎ ‎‎
5. Ichki aʼzolar tekshiruvi natijalari:‎‎ ‎‎ ‎‎
Oziqlanish‎‎ ‎‎ ‎‎
Endokrin tizimi‎‎ ‎‎ ‎‎
Yurak: chegaralari‎‎ ‎‎ ‎‎
Tonlar‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Faoliyat sinamalari‎‎ ‎‎ ‎‎
Puls‎‎ ‎‎ ‎‎
Arterial bosim‎‎ ‎‎ ‎‎
Nafas aʼzolari‎‎ ‎‎ ‎‎
Ovqat hazm qilish aʼzolari‎‎ ‎‎ ‎‎
Jigar‎‎ ‎‎ ‎‎
Taloq‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Buyraklar‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, terapevtning imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
6. Asab tizimi tekshiruvi natijalari:‎‎ ‎‎
Bosh-miya nervlari‎‎ ‎‎ ‎‎
Harakat faoliyati‎‎ ‎‎ ‎‎
Reflekslar‎‎ ‎‎ ‎‎
Sezish‎‎ ‎‎ ‎‎
Vegetativ asab tizimi‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, nevropatologning imzosi, familiyasi, ismi vaotasining ismi‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
7. Ruhiy holatni tekshiruv natijalari:‎‎ ‎‎ ‎‎
Ong‎‎ ‎‎ ‎‎
Diqqat-eʼtibor‎‎ ‎‎ ‎‎
Xotira‎‎ ‎‎ ‎‎
Tafakkur ‎‎ ‎‎ ‎‎
Intellekt‎‎ ‎‎ ‎‎
Hissiy-irodaviy faoliyat ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, psixiatrning imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
8. Koʻrish aʼzosining tekshiruv natijalari
‎Rang ajratish (Rabkin boʻyicha)
‎‎ ‎‎
Koʻrish oʻtkirligi ‎‎korreksiyasiz‎‎‏‎‎ Oʻng koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‏Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan Oʻng koʻz‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
Refraksiya skiaskopik‎‎ Oʻng koʻz‎‎‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎Binokulyar koʻrish
‎‎‏Yaqqol koʻrishning eng yaqin nuqtasi Oʻng koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap koʻz‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Koʻz yoshi yoʻllari‎‎ ‎‎ ‎‎
Qovoq va konʼyunktiva‎‎ ‎�� ‎‎
Koʻz olmalarining joylashuvi, harakatchanligi ‎‎ ‎‎ ‎‎
Qorachiq va ularning taʼsirga javobi‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‏Optik muhitlar Oʻng koʻz‎‎ ‎‎ ‎‎
Chap koʻz‎‎‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, oftalmologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
9. LOR-aʼzolarning tekshiruv natijalari:‎ ‎‎ ‎‎
Nutq ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‏Burun orqali nafas oʻng‎‎ ‎‎ ‎‎
chap‎‎ ‎‎ ‎‎
Hid bilish‎‎‏ oʻng‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
chap‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‏Pichirlab gapirishga eshitish oʻtkirligi oʻng‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
chap‎‎ ‎‎ ‎‎
Quloqning barofaoliyati oʻng‎‎‎‎ ‎‎ ‎‎
chap‎‎ ‎‎ ‎‎
Vestibulyar apparatining faoliyati (aylanish bilan ikki hissa tajriba)‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, otolaringologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
10. Tishlar va ogʻiz boshligʻining tekshiruv natijalari:‎‎ ‎‎ ‎‎
Tishlash holati‎‎ ‎‎ ‎‎
Ogʻizning shilliq qavati‎‎ ‎‎
Tishlar‎‎ ‎‎ ‎‎
Milklar‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa:‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, stomatologning imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
11. Teri tanosil tekshiruv natijalari‎‎ ‎‎ ‎‎
Diagnoz:‎‎ ‎‎ ‎‎
Xulosa‎‎ ‎‎ ‎‎
Sana, dermatovenerologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi‎‎ ‎‎ ‎‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎12. Rentgen, tahliliy va boshqa tekshiruvlar hamda boshqa mutaxassis shifokorlarning xulosalari yozuvlari: _________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

‎13. Harbiy tibbiy komissiyaning birlamchi tibbiy koʻrik boʻyicha yakuniy diagnozi:
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

‎14. Harbiy tibbiy komissiyaning birlamchi xulosa va qarorlari:

‎‎‎‎20____yil “___” _________________________________________________________________________huzuridagi

(ichki ishlar organi)

harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan birlamchi tibbiy koʻrik natijalariga koʻra kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining ______ bandi ______ kichik bandi(lari) asosida _____________________________________ ga kirishga

‎‎(akademik litseyning nomi)

_________________________________.
‎‎‎(yaroqli yoki yaroqsizligi koʻrsatiladi)

‎��Komissiya raisi ___________________________________________________________________________________
(unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Komissiya kotibi __________________________________________________________________________________
‎(unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.‎
‎‎15. Harbiy tibbiy komissiyaning yakuniy tibbiy koʻrik boʻyicha diagnozi: _________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎16. Harbiy tibbiy komissiyaning yakuniy xulosa va qarorlari:

‎20____yil “___” _________________________________________________________________________huzuridagi

‎‎(ichki ishlar organi)

‎‎harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan yakuniy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining ______ bandi ______ kichik bandi(lari) asosida _____________________________________ ga kirishga

‎‎(akademik lits?yning nomi)

_________________________________.
‎‎‎(yaroqli yoki yaroqsizligi koʻrsatiladi)

‎‎Komissiya raisi ___________________________________________________________________________________
‎(unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
‎Komissiya kotibi __________________________________________________________________________________
‎(unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Oʻquvchining sogʻligʻi holatini tekshirish
‎DALOLATNOMASI

‎________________________________________________________________________________________________
‎(familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)

‎‎________________________________________________________________________________________________

‎_______________________________________________________ ichki ishlar organi HTK tomonidan 20____yil “_____” ______________________ dagi ________-son yoʻllanmasi asosida statsionar (ambulator)‎ ravishda ‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(davolash-profilaktika muassasasining nomi)

‎‎20____ yil “_____” __________________ dan 20___ yil “______” _________________gacha tekshiruvdan oʻtkazilgan.
‎Shikoyatlari: _____________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Anamnezi _______________________________________________________________________________________
‎______________________‎_________________________________________________________________________________________________‎_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎Obyektiv tekshiruv maʼlumotlari ____________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Maxsus tekshiruvlar natijalari (tahliliy, rentgenologik, uskunaviy va boshqalar) ____________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Diagnoz _________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎Davolash-profilaktika muassasasining bosh shifokori __________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎
‎Tekshiruv oʻtkazgan shifokor ________________________________________________________________________

‎‎(imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi)

Sana_____________

M.Oʻ.

‎‎Davolash-profilaktika muassasasining manzili: ________________________________________________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎______________________________________(Harbiy-tibbiy komissiyaning nomi
‎(toʻliq koʻrsatiladi)

MAʼLUMOTNOMA

‎‎20____yil “___” _____________

‎‎_______-son‎

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(oʻquvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)

‎‎Diagnoz: ________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________

‎Boʻyi_____ sm, Vazni _____ kg, Koʻkrak aylanasi (tinch holatda) ______ sm.

‎_______________________________________________________________________________________huzuridagi

‎‎(ichki ishlar organi)

‎‎harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan tibbiy koʻrik oʻtkazilib, kasalliklar va jismoniy nuqsonlar jadvalining ‎________ bandi __________________________ kichik bandi(lari) asosida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan ______________________________________________________________________________________ deb topildi.

‎‎(oʻqishga qabul qilishga yaroqli yoki yaroqsizligi koʻrsatiladi)

Komissiya raisi ___________________________________________________________________________________‎
‎(imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎Komissiya kotibi __________________________________________________________________________________
‎(imzosi, familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎M.Oʻ.

‎‎Harbiy-tibbiy komissiyaning manzili ________________________________________________________________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2982/0901-son)