Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2001 yildagi 338-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI YaNADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish tajribasini hisobga olgan holda ularni oqilona joylashtirish va texnika bilan jihozlash, oʻtkazilayotgan tarkibiy qayta oʻzgartirishlarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 20-son, 199-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi 2002-2003-yillar mobaynida moliya va moddiy-texnika resurslarini 5-ilovaga* muvofiq akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar-texnika bilim yurtlari va texnikumlarni rekonstruksiya qilishga hamda toʻliq taʼmirlashga jamlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-2003-yilgi davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda tejalgan stipendiyalar hisobiga boʻshaydigan budjet mablagʻlaridan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan kasb-hunar bilim yurtlari va texnikumlar binolarini rekonstruksiya qilish hamda toʻliq taʼmirlashda maqsadli foydalanishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralarning 6-ilovaga* muvofiq kasb-hunar kollejlarini oʻz mablagʻlari hamda jalb etilgan mablagʻlar hisobiga foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqarishni respublika korxonalarida mahalliylashtirish dasturi 7 va 8-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6 — 8-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-texnik asbob-anjomlar ishlab chiqarishni tashkil etish hamda ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshiriqlarining bajarilishini oʻz vaqtida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirib borish yuzasidan javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika davlat budjetini shakllantirishda oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar sotib olish uchun zarur mablagʻlarning har yili maqsadli ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini rekonstruksiya qilish va qurish faqat tanlov (tender) asosida, keyinchalik oʻzgartirilmaydigan shartnomaviy narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilishda tender savdolarini oʻtkazish hamda qatʼiy belgilangan shartnomaviy narxlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishning belgilangan mexanizmiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Foydalanishga topshirilayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 9-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 9-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini respublikada ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-anjomlari, taʼlimning texnik vositalari va oʻquv-koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan jihozlash uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb etish boʻyicha mufassal chora-tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda obyektlar qurilishi va qayta taʼmirlanishiga oid loyiha va tender hujjatlarining koʻrsatib oʻtilgan aniq Dasturga muvofiq oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va respublika hududida joylashtirishning aniq Dasturi belgilangan muddatlarda toʻliq bajarilishi uchun shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi rahbari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 23-sentabrdagi 406-son qarori, qarorning 5-bandi birinchi va uchinchi xatboshi, 6-bandi, 7-bandining birinchi xatboshi va 10-bandi bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilovaning 15-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
338-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 15-16-son, 102-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 20-son, 199-modda)