Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 05.03.2018 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 140-sonli “Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida taʼlim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishlarida hal etilishi lozim boʻlgan qator dolzarb masalalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va uning atrofidagi Termiz, Angor, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Boysun va Jarqoʻrgʻon tumanlarida 158 ta davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida 1500 nafardan ziyod tarbiyachi, 404 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 4082 nafar oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi faoliyat koʻrsatmoqda. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim muassasalari uchun 457 nafar, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarni oliy maʼlumotli kadr etib tayyorlash bilan birga, qoʻshimcha 244 nafar oliy maʼlumotli mutaxassisga ehtiyoj sezilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga muvofiq 2018-yildan boshlab, hududda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish belgilangan boʻlib, bu qoʻshimcha ravishda oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududdagi taʼlim muassasalarining malakali pedagoglarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylardagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni milliy va xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilgʻor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishga keng jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimizning pedagogika fani boʻyicha qadimdan rivojlanib kelgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasi va Surxondaryo viloyatidagi taʼlim muassasalarining talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-uslubiy adabiyotlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida pedagogika sohasidagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017/2018 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida” 2017-yil 5-maydagi PQ-2955-son qarori talablariga muvofiq Surxondaryo viloyatidagi taʼlim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Filialning 2017/2018 oʻquv yili uchun talabalar kontingentini Surxondaryo viloyatida doimiy yashayotgan (doimiy propiska qilingan) Termiz davlat universiteti va boshqa turdosh oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur oliy taʼlim muassasalariga toʻplagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (68,0 balldan) kam boʻlmagan, Filial uchun toʻlov kontrakt asosida mos taʼlim yoʻnalishlari abituriyentlari hisobidan shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda tegishli taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi test natijalari qaydnomalarini chop etsin va belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun Filialga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda Filialning 2017/2018 oʻquv yili qabul kvotalari hamda oʻqishga tavsiya etiladiganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Surxondaryo viloyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriga zarur hollarda, Filialning tuzilmasiga oliy taʼlim muassasasi uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yuridik shaxs maqomidagi tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2018-yil 10-martgacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-kurs yuklamasini 2018-yilning iyul oyi yakuniga qadar bajarish boʻyicha moslashtirilgan maxsus oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialda oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 oʻquv yilida Filialga talabalikka qabul qilingan abituriyentlar oʻqishni bitirgandan soʻng Surxondaryo viloyatidagi doimiy yashash joyida oʻn yil mobaynida tegishli taʼlim muassasalarida ishlab berishlari (aniq ish joyi koʻrsatilgan) toʻgʻrisida tuman hokimligi, oliy taʼlim muassasasi va jismoniy shaxs (abituriyent) oʻrtasida belgilangan tartibda uch tomonlama shartnomalar tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 228 “B”-uyda joylashgan Termiz maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Filialga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji faoliyati 2017/2018 oʻquv yili yakuniga qadar Termiz axborot texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji bino va inshootlarida davom ettirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mazkur bandda koʻrsatilgan bino va inshootlarning belgilangan tartibda qabul qilinishi va topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Termiz maktabgacha taʼlim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining Termiz shahri, Islom Karimov koʻchasi, 228 “B”-uyida joylashgan bino va inshootlari Filialga berilishi munosabati bilan mazkur kollej faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan 2018-yilning 1-iyuliga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialni saqlash xarajatlari 2018-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2019-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Filialning dastlabki faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq xarajatlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining budjetdan tashqari, oʻqitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Filialni onlayn maʼruza hamda masofaviy taʼlim uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilmasi bilan taʼminlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralarini koʻrish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Surxondaryo viloyati hokimligi respublika oliy taʼlim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan taʼminlash, uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlarini ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov va Surxondaryo viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 170-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filialining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Filial (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun oʻrnatilgan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 09/18/170/0854-son)