22.02.2018 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining shahar tashish yo‘lovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi 913-son qarorlariga muvofiq, Toshkent shahrining shahar yo‘lovchi tashish transporti tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan Toshkent shahrida transportda tashuvlarga tariflarning keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 2017-2018-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJga subsidiyalar ajratish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-noyabrdan keyin “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinayotgan hamda muntazam harakatlanadigan shahar yo‘lovchi, navbatchi, xo‘jalik tashuvlarini bajarish, shuningdek, avtobuslarni servis xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirish uchun foydalanilayotgan dizel yonilg‘isi qiymatidagi tafovut summasiga subsidiya beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga binoan soatbay va boshqa tijorat tashuvlari bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan yonilg‘iga xarajatlarga subsidiya berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Toshshahartransxizmat” AJga uning asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan 2017-yilda sotib olingan va 2018-yilda sotib olinadigan dizel yonilg‘isi qiymatidagi narx tafovutini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq “Toshshahartransxizmat” AJ subsidiyalar olish uchun har oyda Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari bo‘yicha sotib olingan dizel yonilg‘isi miqdori va qiymati to‘g‘risidagi axborotni 1-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlarining hamda neft mahsulotlari sotishni amalga oshiruvchi “O‘zneftmahsulot” AJning tegishli tashkilotlari mas’ul shaxslari imzolari bilan tasdiqlangan, olingan dizel yonilg‘isining schyot-fakturasi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan soatbay va boshqa tijorat tashuvlarida foydalanilgan dizel yonilg‘isi qiymatining hisob-kitobi 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiya beriladigan “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinadigan dizel yonilg‘isining 2017-yil 15-noyabrdan boshlab belgilangan qiymatidagi tafovutning hisob-kitobi 3-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda Toshkent shahar Davlat moliya nazorati boshqarmasi bilan birgalikda, subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosani tayyorlaydi va uni barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida tegishli xulosa olingandan keyin bir hafta muddatda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga “Toshshahartransxizmat” AJga ajratilishini ta’minlaydi, bu to‘g‘rida “Toshshahartransxizmat” AJni yozma shaklda xabardor qiladi. Xabarnomada ajratilgan subsidiyalar summasi, ajratish sanasi hamda subsidiyalar uning uchun ajratilgan hisobot davri ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136-son