1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga (keyingi oʻrinlarda nodavlat notijorat tashkilotlari deb ataladi) davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom qoidalari davlat boshqaruvi organlarining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga qaratilgan davlat topshirigʻi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — sotsial va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasida belgilangan muddatlarda bajariladigan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa shakldagi chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga olgan loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov (keyingi oʻrinlarda tanlov) — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan bir nechta nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat ijtimoiy buyurtmasini berishning raqobatli usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus axborot portali — vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek, amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-sayt;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) — davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida tuziladigan bitim.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat ijtimoiy buyurtmasi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, ilm-fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport sohalarida muayyan natijaga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar siyosati va bolalar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va koʻp bolali oilalarni qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish, baholash hamda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi. Davlat boshqaruvi organi tomonidan bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida loyiha ijrochilarining mehnatiga toʻlanadigan haq, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan mablagʻ va boshqa maʼmuriy xarajatlarning miqdori ajratilgan mablagʻlarning 20 foizidan oshmasligi lozim.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon tanlov boʻyicha hujjatlar loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻn ikki ish kuni va koʻpi bilan oʻttiz ish kunidan oldin majburiy ravishda maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining xohishiga koʻra — oʻzining rasmiy veb-saytiga, ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov tashkilotchisining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasining tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar (shartnoma tuzish huquqiga egalik, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning, oʻziga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi, insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlarining ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun bogʻlovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari tomonidan loyihalarni berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni rasmiylashtirishga doir talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov gʻolibi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi haqidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovda ishtirok etish uchun loyihalarni davlat tilida va zaruratga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talablar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa axborotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha bir necha nodavlat notijorat tashkiloti qoʻshma guruh tuzgan holda umumiy ariza berishlari mumkin. Bunda arizada va loyihada ularning har birining funksiyalari, bir-biriga nisbatan javobgarligi va loyihani amalga oshirishga qoʻshayotgan hissalari aniqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar tegishli davlat boshqaruvi organiga ariza beruvchi tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron koʻrinishda berilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tanlovda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha maʼlumotlar va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov gʻolibi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻtkazilayotgan tanlov doirasida loyihalarni baholash maqsadida jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni baholash metodikasidan (keyingi oʻrinlarda Baholash metodikasi deb ataladi) foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash metodikasida quyidagi baholash mezonlari belgilangan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yoʻnaltirilganligi, yaʼni unga erishish yoʻllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim qilingan loyihaning samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda davlat boshqaruvi organining xalq bilan muloqot darajasini kuchaytirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning aniq va batafsil yoritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajat ajratilayotgan mablagʻlardan oshib ketmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchisining taqdim qilgan loyihasini amalga oshirish qobiliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash metodikasida davlat ijtimoiy buyurtmasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning boshqa mezonlari ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Loyihani oʻrganish natijalariga koʻra jamoatchilik kengashi aʼzolari har bir loyiha boʻyicha baholash mezonlariga muvofiq baholash varaqasiga ballar qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash varaqalarida ballarni hisoblab chiqish uchun jamoatchilik kengashi aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat boʻlgan hisoblash guruhi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblash guruhi tomonidan baholash varaqalaridagi ballar hisoblab chiqiladi va jamoatchilik kengashi aʼzolariga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchi tanlovda gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov natijasiga koʻra ishtirokchilarning ballari teng boʻlgan taqdirda ular oʻrtasida ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida qayta tanlov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tanlov natijalari tanlov gʻolibi aniqlangan kundan soʻng bir ish kuni ichida Jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Jamoatchilik kengashi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yigʻilishi bayonnomasi Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan yuritiladi va Jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik kengashi yigʻilish bayonnomalarining saqlanishi uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruv organi masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijalariga koʻra tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi axborot davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tomonidan maxsus axborot portaliga shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Shartnoma quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻ bilan taʼminlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanganlik yuzasidan nazorat shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar berish muddatlari va shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni oʻtkazish davomida oʻz faoliyatini tugatgan boʻlsa, tugatish, qayta tashkil etish jarayonida boʻlsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etilgan boʻlsa davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda monitoring qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat moliyaviy nazorati amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-yanvardagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilishga auditorlik tashkiloti jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
332. Davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasi bajarilishi yakunlangan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish bilan bogʻliq barcha hujjatlarni davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organiga taqdim qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333. Davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ushbu hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish davomida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi, yaʼni davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda mablagʻlarni ajratishdan koʻzlangan maqsadlarga erishilganligi aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish natijasi yuzasidan dalolatnoma tuzilib, davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organi va davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan nodavlat notijorat tashkilot(lar)i rahbar(lar)i tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334. Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratgan davlat boshqaruvi organining jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlashdan maqsad davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi hamda berilgan ijtimoiy buyurtmadan koʻzlangan ijtimoiy maqsadlarga erishilishini tahlil qilishdan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.14.00 Davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335. Davlat ijtimoiy buyurtmasi samaradorligining maksimal koʻrsatkichi 30 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligi toʻplagan ballarga qarab aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori samaradorlik — 25 va undan yuqori ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha samaradorlik — 15 balldan 24 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarasiz — 1 balldan 14 ballgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalariga koʻra yuqori samaradorlikka erishgan nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan keyingi yillarda oʻtkaziladigan davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovlarida ishtirok etishda taqdim qilgan ijtimoiy loyihasi boʻyicha toʻplangan umumiy ballga ushbu ballning 10 foizi bir martalik imtiyoz sifatida qoʻshib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalari samarasiz boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlarning 50 foizini tegishli davlat boshqaruvi organi hisobvaraqlariga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan maqsadsiz foydalanilganda, ushbu mablagʻlar tegishli davlat boshqaruvi organi hisobvaraqlariga toʻliq qaytarilishi lozim.
(61-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasining ijrosi yuzasidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni (koʻrsatilayotgan xizmatlarni) hamda uning alohida bosqichlarini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish yuzasidan batafsil maʼlumotlarni har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib boradi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada koʻrsatilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va nodavlat notijorat tashkilotining rahbari javobgar boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nodavlat notijorat tashkiloti ushbu Nizom talablari bajarilishiga masʼul davlat boshqaruvi organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartib-tamoyillari bilan bogʻliq qoidalarning buzilishi boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarining shikoyatlari “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi/
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish sohasidagi ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan munosabatlarga davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik normalari qoʻllaniladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Subyektlar
Mexanizm
Muddatlar
1-bosqich
Davlat boshqaruvi organi
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlov boʻyicha hujjatlarni maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlarining xohishiga koʻra oʻzining rasmiy veb-saytiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga joylashtiradi.
Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida 12 ish kuni va koʻpi bilan 30 ish kunidan oldin
2-bosqich
Nodavlat notijorat tashkiloti
Tanlovda ishtirok etish uchun tegishli hujjatlarni elektron shaklda maxsus axborot portali orqali tegishli davlat boshqaruvi organiga taqdim etadi.
Loyihalarni qabul qilish muddati tugaydigan sanagacha
3-bosqich
Jamoatchilik kengashi
1. Tanlov gʻolibini nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqish va baholash natijalariga koʻra aniqlaydi.
10 ish kuni ichida
2. Jamoatchilik kengashi qarorini bayonnoma bilan rasmiylashtiradi.
1 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat boshqaruvi organi
Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasi tuziladi.
10 ish kuni ichida
Nodavlat notijorat tashkiloti
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish tanlovida ishtirok etish uchun _______________________________________________________________ning
(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)
ARIZASI (BUYURTMASI)
Ariza yuborilayotgan tanlovning mazmuni
Davlat tashkilotining nomi
Tanlovning yoʻnalishi
Loyihaning nomi
Ariza taqdim etgan tashkilot nomi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nizomga muvofiq)
Hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)
Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)
Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)
Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni
Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)
Soʻralayotgan mablagʻ miqdori (soʻm)
Jalb qilinadigan mablagʻlarning miqdori (soʻm)
Muammoning qoʻyilishi
(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq boʻlmasligi lozim)
Loyihaning maqsadi
(loyiha natijasida erishadigan koʻpi bilan 3 ta asosiy maqsad)
Loyihaning asosiy vazifalari
(loyihani amalga oshirish natijasida hal etiladigan koʻpi bilan 3 ta asosiy vazifa)
Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari
(loyihani amalga oshirish usullari, miqdor va sifat koʻrsatkichlari)
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
(erishiladigan samaraning miqdori va sifat koʻrsatkichlari hamda taʼsiri)
Ariza beruvchining mazkur sohadagi tajribasi
(talabgorning faoliyati, uning yutuqlari)
Hamkorlar va ularning vazifalari
(talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari koʻrsatilgan harakat rejasi)
Tashkilot va hamkorlarning qoʻshgan hissasi
(jalb etilayotgan mablagʻlar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish natijalarining samaradorligini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
METODIKASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Indikator
Mezonlar
Koʻrsatkichlar
1.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganligi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida loyihada belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilganlik darajasi baholanadi.
Ball maqsad va vazifalarning necha foizga bajarilganligiga qarab beriladi.
Masalan: 1000 nafar ehtiyojmand shaxslarni kasb-hunarga oʻqitish belgilangan boʻlib, ulardan 300 nafari oʻqitilgan boʻlsa, shunda maqsad va vazifalarning 30 foizi bajarilgan hisoblanib, 3 ball beriladi.
— 81 foizdan 100 foizgacha — 6 ball;
— 61 foizdan 80 foizgacha — 5 ball;
— 41 foizdan 60 foizgacha — 4 ball;
— 21 foizdan 40 foizgacha — 3 ball;
— 20 foiz va undan kam — 0 ball.
2.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganligi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri ishlatilganlik darajasi loyihaning budjetida belgilangan taqsimotdan jami summaga nisbatan necha foizga chetga chiqqanligiga qarab baholanadi.
Masalan, jami 20 mln soʻm ajratilgan boʻlib, ushbu mablagʻning 1 mln soʻm qismi ijtimoiy loyihaning budjetida koʻrsatilmagan maqsad uchun ishlatilgan boʻlsa, 1 mln.ning 20 mln.ga nisbatan foizi (5%) mablagʻlarining notoʻgʻri ishlatilganligi darajasini koʻrsatadi.
— 0 foiz — 6 ball.
— 1 foizdan 10 foizgacha — 5 ball;
— 10 foizdan 30 foizgacha — 3 ball;
— 30 foizdan ortiq — 0 ball.
3.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida OAVlarda batafsil axborot eʼlon qilib borilganligi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari doirasida amalga oshirilgan ishlar (tadbirlar soni, ishtirok etgan maqsadli auditoriya, erishilgan natijalar, ishlatilgan mablagʻlar va boshqalar) haqida har chorakda oʻzining rasmiy veb-saytida yoki ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borilganligi oʻrganiladi.
Bunda fuqarolik jamiyati instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻzining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi eʼlonlar hisobga olinadi.
— 20 tadan ortiq — 6 ball;
— 15 — 19 ta — 5 ball;
— 10 — 14 ta — 4 ball;
— 6 — 9 ta — 3 ball;
— 1 — 5 ta — 2 ball.
4.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi belgilangan muddatda amalga oshirilganligi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy loyihada nazarda tutilgan tadbirlar davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilganligi holati baholanadi.
Ball miqdori muddatdan qanchalik kechiktirilganligi bilan bogʻliq boʻladi.
Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish shartnomasida muddati uzaytirilgan boʻlsa, uzaytirilgan muddat ham kechiktirilgan muddatga qoʻshib hisoblanadi.
— muddatida amalga oshirilsa — 6 ball;
— 1 oygacha kechiktirilsa — 4 ball;
— 1 oydan 2 oygacha kechiktirilsa — 2 ball;
— 2 oydan 3 oygacha kechiktirilsa — 1 ball;
— 3 oydan ortiq muddatga kechiktirilsa — 0 ball.
5.
Ijtimoiy loyihaning davom ettirilayotganligi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha davom ettirilayotganligi aniqlanadi.
Ijtimoiy loyiha davom ettirilayotgan boʻlsa — 6 ball;
Ijtimoiy loyiha davom ettirilmayotgan boʻlsa — 0 ball.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 152-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2024-y., 09/24/152/0245-son)