1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 22-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga (keyingi oʻrinlarda nodavlat notijorat tashkilotlari deb ataladi) davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom qoidalari davlat boshqaruvi organlarining sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berishi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasi — sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasini tuzish orqali ishlarni bajarish yoki tadbirlar oʻtkazishga qaratilgan davlat topshirigʻi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) — sotsial va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan hamda davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasida belgilangan muddatlarda bajariladigan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa shakldagi chora-tadbirlar majmuini oʻz ichiga olgan loyiha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasi amalga oshirish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) — davlat ijtimoiy buyurtmasi beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida tuziladigan bitim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda jamoatchilik kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish uchun tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlon tanlov oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organlarining Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha bir necha nodavlat notijorat tashkiloti qoʻshma guruh tuzgan holda umumiy ariza berishlari mumkin. Bunda arizada va loyihada ularning har birining funksiyalari, bir-biriga nisbatan javobgarligi va loyihani amalga oshirishga qoʻshayotgan hissalari aniqlashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar tegishli davlat boshqaruvi organiga ariza beruvchi tomonidan bevosita, pochta orqali yoki elektron koʻrinishda berilishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari tegishli davlat boshqaruvi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishning batafsil tasnifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkiloti ustavining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorlik mavjud emasligi haqida davlat soliq inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) nusxasi, agar davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbusi bilan boshqa hujjatlar (sertifikatlar, oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha maʼlumotlar va shu kabilar) ham taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tanlov gʻolibi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tanlovga taqdim etilgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻtkazilayotgan tanlov doirasida loyihalarni baholash maqsadida jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni baholash metodikasidan (keyingi oʻrinlarda Baholash metodikasi deb ataladi) foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash metodikasida quyidagi baholash mezonlari belgilangan boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishishning yoʻnaltirilganligi, yaʼni unga erishish yoʻllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim qilingan loyihaning samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda davlat boshqaruvi organining xalq bilan muloqot darajasini kuchaytirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning aniq va batafsil yoritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajat ajratilayotgan mablagʻlardan oshib ketmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov ishtirokchisining taqdim qilgan loyihasini amalga oshirish qobiliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash metodikasida davlat ijtimoiy buyurtmasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib baholashning boshqa mezonlari ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Loyihani oʻrganish natijalariga koʻra jamoatchilik kengashi aʼzolari har bir loyiha boʻyicha baholash mezonlariga muvofiq baholash varaqasiga ballar qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash varaqalarida ballarni hisoblab chiqish uchun jamoatchilik kengashi aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat boʻlgan hisoblash guruhi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblash guruhi tomonidan baholash varaqalaridagi ballar hisoblab chiqiladi va jamoatchilik kengashi aʼzolariga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchi tanlovda gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tanlov natijasiga koʻra ishtirokchilarning ballari teng boʻlgan taqdirda ular oʻrtasida ushbu Nizomda belgilangan tartib asosida qayta tanlov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamoatchilik kengashi qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashining yigʻilishi bayonnomasi jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan olib boriladi va jamoatchilik kengashi raisi, kotibi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi va tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkilotining huquq va majburiyatlarini hamda javobgarligini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Shartnoma quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlar miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻ bilan taʼminlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanganlik yuzasidan nazorat shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar berish muddatlari va shakllari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan nodavlat notijorat tashkiloti shartnomani imzolashdan bosh tortsa yoki tanlovni oʻtkazish davomida oʻz faoliyatini tugatgan boʻlsa, tugatish, qayta tashkil etish jarayonida boʻlsa yoki qonunchilikda belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etilgan boʻlsa davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi tanlovda ishtirok etgan va yuqori baho olgan keyingi ishtirokchiga shartnomani imzolashni taklif etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat ijtimoiy buyurtmasining ijrosi yuzasidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davlat ijtimoiy buyurtmasini beruvchi davlat boshqaruvi organi davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarishga ajratilgan moliyaviy mablagʻlar sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni (koʻrsatilayotgan xizmatlarni) hamda uning alohida bosqichlarini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun ajratilgan mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanish, shuningdek, shartnomada koʻrsatilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik ishlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun nodavlat notijorat tashkilotining rahbari javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish tanlovida ishtirok etish uchun _______________________________________________________________ning
(nodavlat notijorat tashkilotining nomi)
ARIZASI (BUYURTMASI)
Ariza yuborilayotgan tanlovning mazmuni
Davlat tashkilotining nomi
Tanlovning yoʻnalishi
Loyihaning nomi
Ariza taqdim etgan tashkilot nomi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nizomga muvofiq)
Hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) nomi
Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (ariza beruvchining yuridik manzili, telefon, faks, elektron pochtasi)
Tashkilot rahbarining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)
Tashkilot buxgalterining F.I.O., boshqa zarur maʼlumotlar (yashash manzili, elektron pochtasi, telefon kodi bilan toʻliq koʻrsatilishi lozim)
Tashkilotning tasdiqlangan shtat jadvalidagi lavozimlar soni
Loyihani amalga oshirish muddati (boshlanish sanasi — tugatish sanasi)
Soʻralayotgan mablagʻ miqdori (soʻm)
Jalb qilinadigan mablagʻlarning miqdori (soʻm)
Muammoning qoʻyilishi
(mavjud ijtimoiy muammo, uning ahamiyati va loyihani amalga oshirish zarurligini bayon etish, bir varaqdan ortiq boʻlmasligi lozim)
Loyihaning maqsadi
(loyiha natijasida erishadigan koʻpi bilan 3 ta asosiy maqsad)
Loyihaning asosiy vazifalari
(loyihani amalga oshirish natijasida hal etiladigan koʻpi bilan 3 ta asosiy vazifa)
Loyihani amalga oshirish shakli va mexanizmlari
(loyihani amalga oshirish usullari, miqdor va sifat koʻrsatkichlari)
Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
(erishiladigan samaraning miqdori va sifat koʻrsatkichlari hamda taʼsiri)
Ariza beruvchining mazkur sohadagi tajribasi
(talabgorning faoliyati, uning yutuqlari)
Hamkorlar va ularning vazifalari
(talabgor va uning sheriklarining aniq vazifalari koʻrsatilgan harakat rejasi)
Tashkilot va hamkorlarning qoʻshgan hissasi
(jalb etilayotgan mablagʻlar, resurslar, tashkilot va hamkorlarning moddiy va nomoddiy hissasi)