09.02.2018 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni yanada jalb qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmilliybank” deb ataladi) investitsiya faoliyatini kengaytirish, resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek, bankrot korxonalar negizida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga va xoʻjalik sudlarining bankrot deb eʼlon qilingan “Bolalar taomlari xolding” OAJ, “Oʻzbek qogʻozi” OAJ va “Oʻzolmonxotels” QK MChJ mulki “Oʻzmilliybank”ka berilgani, ular negizida “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan To'qimachi” MChJning ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan umumiy yer maydoni 30,1 gektar boʻlgan mulki “Tubo Textile” MChJ UXKning xarid toʻlovlari boʻyicha “Oʻzmilliybank” oldidagi qarzini kamaytirish hisobidan ushbu bankka berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank”ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi ulushini, shuningdek, avval “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli boʻlgan va narxni bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini belgilangan tartibda qoʻllagan holda ochiq savdolarga bir necha marta qoʻyilgan mulkni yangi investorlarga sotish boʻyicha “Oʻzmilliybank” tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ularning baholash tashkilotlari belgilagan narxi yuqoriligi tufayli boʻlajak investorlarda qiziqish uygʻotmagani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzmilliybank ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qogʼozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi oʻz ulushini, shuningdek, ilgari “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli boʻlgan mulkni — investorlar tomonidan faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yoki ularning negizida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mavjud kreditorlik, shu jumladan “Oʻzmilliybank” va uning investitsiya kompaniyalari kiritgan investitsiyalar hamda zayomlar boʻyicha qarzlarni qoplash majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmilliybank”ka bankning “Kinder Fruits” MChJ ustav kapitalidagi ulushini auksionga birnecha marta (kamida toʻrt marta) qoʻyish yakunlari boʻyicha sotib olish yuzasidan takliflar tushmagan taqdirda, “Kinder Fruits” MChJning mol-mulkini alohida obyektlar (filiallar) sifatida sotish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan “Oʻzmilliybank”ning ulushi va mulk balans qiymati boʻyicha kimoshdi savdosiga qoʻyish yoʻli bilan sotiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kinder Fruits” MChJning mol-mulki auksionga qoʻyish va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish yoʻli bilan bozor qiymati boʻyicha sotiladi, auksion boʻlib oʻtmagan deb eʼlon qilingan taqdirda “Oʻzmilliybank” va uning investitsiya kompaniyasi oldidagi xarid toʻlovlari bilan qoplanmayotgan qarzlar hisobdan chiqariladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlarni amalga oshirishning eng uzoq muddati, xarid qiymati qoldiqlari boʻyicha foizlar hisoblanmasdan, 7 yildan ortiq boʻlmagan muddatni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kinder Fruits”, “Toshkent Qogozi” va “Xorazm Palace” MChJlarga “Oʻzmilliybank” investitsiya kompaniyalari tomonidan berilgan qarzlar boʻyicha qarz shartnomasining foizli daromadni hisoblamaslik shartlari saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan ulushlar va mulk Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 27-martdagi 71-son qarorida nazarda tutilgan tartibda mazkur qaror qoidalari hisobga olingan holda sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/104/0787-son, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)