O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
“Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2591-1]
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1.O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-son “Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591, 2014-yil 3-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 275-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-yanvar,
25-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
“Qamoq jazosiga va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Buyruqning nomidagi hamda 1-bandidagi “Qamoq jazosiga va ozodlikdan” degan so‘zlar “Ozodlikdan” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
ilovaning nomidagi “Qamoq jazosiga va ozodlikdan” degan so‘zlar “Ozodlikdan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
muqaddimadan “qamoq jazosiga va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
1-bandning uchinchi xatboshisidan “yoki qamoq” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2018-yil 29-yanvar
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)