Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Davlat-tijorat Xalq bankining “Uz-toʼlov” toʻlov tizimi orqali chakana toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 6-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1972-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son “Tadbirkorlik subyektlarining bank ishi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-maydagi 15/2-son “Davlat-tijorat Xalq bankining “Uz-toʼlov” toʻlov tizimi orqali chakana toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1972, 2009-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 301-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-yanvar,
3/2-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/1972-1/0663-son)