10.12.2002 yildagi 433-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOBILDA XORIJIY YUK TASHUVCHILARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA KIRISHLARI, BOʻLISHLARI, YUK OLIB OʻTISHLARI VA UNDAN CHIQIB KETISHLARI TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1995-YIL 11-YANVARDAGI 11-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent halqa avtomobil yoʻli va Toshkent viloyatining magistral avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalari rekonstruksiya qilinishi moʻljallanayotganligi munosabati bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish, chiqish va u orqali yuk olib oʻtishda xorijiy avtotashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy tranzit avtotashuvchilarning yoʻnalishlari oʻtadigan Toshkent halqa avtomobil yoʻlining shimoliy va “Toshkent—Samarqand” magistraliga tutashib ketuvchi qismlarida, shuningdek “Toshkent—Chinoz” yoʻlining ayrim uchastkalarida Toshkent shahrini rekonstruksiya qilishning Bosh rejasiga muvofiq yoʻllar rekonstruksiya qilinayotganligi va koʻpriklar qurilayotganligi, ularni 2003-yil 1-sentabrgacha tugallash moʻljallanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy avtotashuvchilarning manfaatlariga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining xorijiy tranzit avtotashuvchilar uchun yangi yoʻnalishlar belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 1999-yil 28-mayda tuzilgan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya bayonnomasiga muvofiq Qozogʻiston Respublikasi hududidan keluvchi tranzit avtotashuvchilarning kirish va chiqish punkti etib “Yallama” Davlat chegarasi orqali oʻtish punkti (Toshkent viloyati) belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga “Yallama” oʻtish punkti orqali borayotgan tranzit xorijiy avtotashuvchilar uchun 4R24, 4R25 va 4R26 yoʻllar boʻyicha yoʻnalish belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha tranzit xorijiy avtotashuvchilarning, shu jumladan MDH mamlakatlari avtotashuvchilarining Toshkent shahri hududiga kirishi vaqtincha toʻxtatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni Toshkent (U. Mirzaqulov) va Sirdaryo (R.Haydarov) viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tranzit yoʻnalishlar roʻyxatiga kiritilgan 4R24, 4R25 va 4R26 avtomobil yoʻllarida zarur taʼmirlash ishlarini amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasining koʻmagida M-34 “Toshkent—Dushanbe” yoʻlining 72-kilometrida va 4R20 “Toshkent—Boʻka—Bekobod” yoʻlining 51-kilometrida katta yuk avtomobillari uchun texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari boʻlgan avtomobil toʻxtash joylari qurilishini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) “Yallama” bojxona postini rekonstruksiya qilish, katta yuk avtomobillari oʻtishi uchun xalqaro talablarga javob beruvchi shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Davlat bojxona qoʻmitasi (B. Parpiyev) xorijiy avtotashuvchilarning respublika hududi orqali oʻtishning belgilangan yoʻnalishlariga qatʼiy rioya qilishlarini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxoʻjayev), boshqa vakolatli tijorat banklari Davlat chegarasi orqali oʻtiladigan barcha punktlarda valyuta almashtirish, toʻlovlar va yigʻimlarni qabul qilish punktlari faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov) xorijiy davlatlarning manfaatdor elchixonalari, konsulxonalari va vakolatxonalariga mazkur qarorda nazarda tutilgan xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakati tartibi takomillashtirilishiga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali maʼlum qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobilda xorijiy yuk tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, boʻlishlari, yuk olib oʻtishlari va undan chiqib ketishlari tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-yanvardagi 11-son qaroriga 1-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-dekabrdagi 457-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-sentabrdagi 455-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
433-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 50-son, 513-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 189-modda; 2011-y., 50-son, 513-modda)