27.01.2018 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura va qurilish sohasini yetuk va malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, ushbu sohaning, ayniqsa joylarda oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish va ularni tayyorlash tizimini sifatli tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik- qurilish institutida (keyingi oʻrinlarda arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalari deb ataladi) sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim uchun qabul kvotalarini belgilangan tartibda shakllantirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim jarayonini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus sirtqi taʼlim shakliga arxitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan hamda test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda oʻqish toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish boʻyicha Toshkent arxitektura-qurilish instituti tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat test markazi bilan birgalikda 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab arxitektura va qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimiga talabalarni qabul qilish jarayonlari yuqori saviyada va adolatli tashkil etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2018-yil 1-iyungacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlim yoʻnalishlarining malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlarini tasdiqlash, shuningdek, ularga muvofiq fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimda dars berishga yuqori salohiyatga ega boʻlgan yetakchi mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni, shu jumladan, xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik doirasida chet ellik mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B.I. Zokirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 27-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/64/0638-son)