Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2019 29.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2966
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 29.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2966
Kuchga kirish sanasi
29.01.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.10.2019
Hujjat 29.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2966]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 14-oktabrdagi 467-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2966-1, 14.10.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-son “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-son “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 8, 23, 01/19-26/11-son “Qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2573, 2014-yil 8-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 173-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/15-1-10/01-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 4-yanvardagi 1, 1, 01/15-1-10/01-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha
‎NAMUNAVIY ShARTNOMA

‎‎________________ sh.

‎‎______-son

‎‎‎‎20__ yil “___” __________
‎‎________________________________________________________________ qoʻriqlash boshqarmasi nomidan Nizom

‎‎‎‎(toʻliq nomi)

‎‎asosida faoliyat yurituvchi __________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O)

‎‎(keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan _______________________________________________

‎‎‎‎(toʻliq nomi)

‎‎nomidan _______________ asosida faoliyat yurituvchi ___________________________________________________
‎‎(lavozimi, F.I.O)

‎‎(keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:‎

1-bob. Shartnoma predmeti

‎‎1. Ijrochi ichki ishlar organi, harbiylashtirilgan va soqchilik qoʻriqlashi koʻrinishida texnik qoʻriqlash punktidan (keyingi oʻrinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan oʻz vaqtida koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.‎

‎‎2-bob. Umumiy shartlar

‎‎2. Buyurtmachi _____________________________________________________________________________________

‎‎(qoʻriqlash turi koʻrsatiladi (ichki ishlar organi, soqchilik, harbiylashtirilgan)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(postlar soni, chegaralari, alohida xona, qoʻriqlash vaqti)
‎________________________________________________________________________________________________
‎(obyektning toʻliq nomi, joylashgan manzili)

‎‎(keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
‎3. Obyektning qoʻriqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (yoʻnalishlari) joylashuvi chizma-rejada koʻrsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎4. Obyektdagi kirish-chiqish, ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan kirish-chiqish va ichki obyekt rejimini tashkil etish yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi hamda mazkur Shartnomaga ilova qilinib uning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎5. Obyektni texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash va taʼmirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qoʻriqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yongʻindan qoʻriqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
‎6. Obyektni qoʻriqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin.
‎7. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda ___ ish kuni ichida ichki ishlar organi qoʻriqlash turi yoʻlga qoʻyiladi.
‎Obyektda soqchilik qoʻriqlash turi va harbiylashtirilgan qoʻriqlash obyektga ___ ish kuni ichida yoʻlga qoʻyiladi.
‎8. Buyurtmachi koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qoʻyilmaydi, qoʻyilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.‎

‎‎3-bob. Toʻlovlarni amalga oshirish

‎‎9. Mazkur Shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi:
‎post-soat hisobida qoʻriqlash xizmati oyiga ____________________ soʻm, 12 oyga ________________________ soʻm;
‎Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyiga ___________ soʻm, 12 oyga ___________soʻm.
‎10. Ijrochi xizmatlari uchun toʻlovlarga oʻzgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta koʻrib chiqiladi.
‎11. Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, _______ kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshiradi.
‎Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnoma taqdim qilingandan soʻng Buyurtmachi besh kun ichida avans toʻlovini chiqarib tashlagan holda oylik toʻlovni amalga oshiradi.
‎Buyurtmachi budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi boʻlsa, oylik toʻlovning 100 foizi miqdorida avans toʻlovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
‎12. Xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan oylik toʻlovni (avans toʻlovini) oʻz vaqtida toʻlamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz toʻlov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir.
‎Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan toʻlangan toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.‎

4-bob. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

‎‎13. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
‎Ijrochidan belgilangan qoʻriqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
‎xizmat koʻrsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini toʻxtatish va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha kerakli choralar koʻrilishini Ijrochidan talab qilish;
‎Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
‎Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati boʻyicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
‎Ijrochining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar aniqla�gan taqdirda Ijrochidan ularni bartaraf etishni talab qilish;
‎Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
‎14. Buyurtmachining majburiyatlari:
‎mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” ___________dagi koʻzdan kechirish dalolatnomasiga asosan qoʻriqlashga topshiriladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni bajarish, oʻz hisobidan texnik qoʻriqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri boʻylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yongʻin oʻchiruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni taʼmirlash;
‎har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor toʻsigʻidan __________ metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
‎Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanganini, shu jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
‎belgilangan qoʻriqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qoʻriqlash vositalarining tegishli holatini taʼminlash;
‎binoda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini oʻzgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini oʻzgartirish yoki �ngilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini oʻtkazish, qoʻriqlash turini, postlar dislokatsiyasini oʻzgartirish yoki qoʻshimcha qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalarini oʻrnatish boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamida ___________ kun oldin ogohlantirish;
‎obyektda ish kuni yakunida qoʻriqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qoʻriqlashga topshirish. Obyektni qoʻriqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan soʻng obyektning qoʻriqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
‎obyektni, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qoʻriqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qoʻriqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qoʻriqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yongʻin manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
‎qoʻriqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qoʻriqlashga topshirish;
‎maxsus jurnalda oʻz vakili tomonidan imzo qoʻyish yoʻli bilan obyektlarni, alohida xonalarni qoʻriqlashga topshirish, qoʻriqlash tugagandan soʻng qoʻriqlashdan chiqarish;
‎qoʻriqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud boʻlganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili yetib kelguniga qadar koʻrsatilgan joylarning daxlsizligini taʼminlash;
‎begona shaxslarga qoʻriqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
‎Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning oʻz vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
‎15. Ijrochining huquqlari:
‎Buyurtmachidan obyektda oʻrnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
‎mazkur shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish munosabati bilan zarur boʻlgan maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
‎koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan qoʻriqlash-texnika vositalarini joriy qilish boʻyicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
‎16. Ijrochining majburiyatlari:
‎obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul yoʻnalishiga) muvofiq qoʻriqlash naryadini joriy etish;
‎mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qoʻriqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qoʻriqlashni tashkil etish va taʼminlash;
‎qoʻriqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
‎obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
‎propusk rejimi mavjud boʻlgan obyektlarda kun davomida nazoratdan oʻtkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini taʼminlash;
‎obyektni qoʻriqlash vaqtida joydagi yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishini taʼminlash;
‎obyektda yongʻin chiqishi yoki yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yongʻin boʻlimiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
‎obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini taʼminlash;
‎yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
‎Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh an�omlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini taʼminlash;
‎obyektni qoʻriqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik boʻyicha va qoʻriqlashning texnik vositalari bilan bogʻliq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
‎Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanishini, jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
‎Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi boʻyicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar koʻrish uchun berish;
‎qoʻriqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar toʻgʻrisida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili yetib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini taʼminlash.‎

‎‎5-bob. Tomonlarning javobgarligi

17. Mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida toʻlamaganligi uchun Buyurtmachi Ijrochiga oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
‎18. Ijrochining xodimi postda va patrul yoʻnalishlarida boʻlmaganida Ijrochi Buyurtmachiga har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorda penya toʻlaydi, biroq bunda koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizdan oshib ketmasligi lozim.
‎19. Penyani toʻlash Buyurtmachi va Ijrochini oʻz majburiyatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
‎20. Ijrochi mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
‎Ijrochining aybi bilan zarar yetkazilganligi aniqlangan hollarda zarar toʻliq miqdorda qoplanadi.
‎21. Ijrochining aybi bilan yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash uchun tomonlar vakillaridan iborat komissiya tuzilishi mumkin. Bunda, zarar miqdori tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilib, komissiya aʼzolari tomonidan tasdiqlanadi. Nizo mavjud boʻlgan taqdirda zarar miqdori sudning qarori bilan aniqlanadi.
‎22. Quyidagi hollarda Ijrochi zararni qoplamaydi:
‎ijrochi shartnoma�a koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq bajargan boʻlishiga qaramasdan zarar uchinchi shaxslarning jinoiy harakatlari natijasida yetkazilgan boʻlsa va bu sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan tasdiqlansa;
‎qabul qilish-topshirish jurnalida qayd etilmagan mulkka zarar yetkazilganda;
‎buyurtmachining xodimlari tomonidan yoki ularning aybi bilan zarar yetkazilganda.
‎23. Mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoyka (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.‎

‎‎6-bob. Nizolarni hal qilish tartibi

‎‎24. Mazkur shartnomani tuzish, bajarish, oʻzgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar qonun hujjatlari belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.‎

‎‎7-bob. Fors-major

‎‎25. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo boʻlgan, yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼn� favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
‎26. Engib boʻlmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom boʻlganligi toʻgʻrisida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida koʻrsatishga haqli emas.
‎Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek epidemiyalar, yongʻinlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita taʼsir koʻrsatgan qarorlari kiradi.
‎27. Mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.‎

‎‎8-bob. Yakuniy qoidalar

‎‎28. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
‎Mazkur Shartnoma budjet tashkilotlari yoki budjet mablagʻlari oluvchilari bilan tuzilganda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi.
‎29. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir.
‎Tomonlar mazkur shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki oʻttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, shartnomani oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
‎30. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
‎hoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha — Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar;
‎budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari boʻyicha — belgilangan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
‎Buyurtmachi hoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan ____ kun oldin maʼlum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
‎31. Agar texnik qoʻriqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy taʼmirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma maʼlum qilgan holda alohida obyektlarni qoʻriqlashni rad etishi mumkin.
‎32. Buyurtmachi ketma-ket uch marta mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan toʻlovni belgilangan muddatda toʻlamasa, Ijrochi mazkur shartnomani Buyurtmachini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
‎33. Ijrochi ketma-ket uch marta post va patrul yoʻnalishlarida qoʻriqlash tartibini buzsa, Buyurtmachi mazkur shartnomani Ijrochini yozma ravishda ogohlantirgan holda bir tomonlama bekor qilishga haqli.
‎34. Tomonlar mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida ___ kun oldin yozma ravishda maʼlum qiladi.
‎35. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qoʻshimcha bandlar kiritishlari mumkin.‎

‎‎9-bob. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari

‎‎Ijrochi
‎___________________________________________
‎(toʻliq nomi)

Buyurtmachi
‎__________________________________________
‎(toʻliq nomi)

‎‎Yuridik manzili: ____________________________
‎___________________________________________
‎Bank rekvizitlari: __________________________
‎___________________________________________
‎MFO: _____________________________________
‎STIR: _____________________________________
‎IFUT: ____________________________________
‎‎‎‎Yuridik manzili: __________________________‎_
‎__________________________________________
‎Bank rekvizitlari: __________________________
‎‎__________________________________________
‎‎MFO: _____________________________________
‎‎STIR: ____________________________________
‎‎‎IFUT: ____________________________________

‎‎___________________________________________
‎(lavozimi, F.I.O.)
‎___________________________________________
‎(imzo, muhr)

‎‎‎‎__________________________________________ ‎
‎(lavozimi, F.I.O.) ‎__________________________________________ ‎
‎(imzo, muhr, (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2018-y., 10/18/2966/0631-son)