25.01.2018 yildagi PF-5313-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko‘rsatdi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli o‘quvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashg‘ulotlarini qoldirishlariga sabab bo‘lmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari ta’lim yo‘nalishlariga javob bermaydigan o‘quv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining o‘rtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida o‘quv ustaxonalari umuman mavjud emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar ta’limi tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori konyunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud o‘quv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qo‘llanilayotgan o‘quv-normativ hujjatlar hamda o‘qitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchilarga bo‘lgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada o‘qishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qo‘shimcha o‘qitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo‘yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo‘lib qolishiga olib kelmoqda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga va o‘quvchilarni intellektual, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning bo‘sh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning o‘qishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi o‘quv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek, o‘quvchilarda boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar ta’limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta’lim standartlari tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e’tirof etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasbga o‘rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta’lim olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat ta’lim sektorini uzluksiz davlat ta’lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo‘llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori samarali o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada mustahkamlash, undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi (keyingi o‘rinlarda — hududiy ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi (K. Akmalov), hududiy ishchi guruhlar quyidagilarni ta’minlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda mavjud ta’lim dasturlariga kiradigan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat bozoridagi real ehtiyojni aniqlash, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiqligi, keyinchalik bitiruvchilarni biriktirish maqsadida tarmoqlarda potensial ish beruvchilarni aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejlari faoliyatini har tomonlama tanqidiy o‘rganib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2018-yil 1-iyulgacha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli parametrlariga va mehnat bozori prognoziga muvofiq, kadrlarga bo‘lgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib kasb-hunar kollejlarini tarmoq bo‘ysunuvi asosida tegishli vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar tasarrufiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik sohasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar bo‘yicha kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan ko‘p tarmoqli kasb-hunar kollejlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq vazirliklari, idoralari, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar — kadrlar buyurtmachilari tomonidan alohida mutaxassisliklar (kasblar)ga ehtiyoj va talab past bo‘lgan kasb-hunar kollejlari umumiy sonini optimallashtirgan holda ularni qisman qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
optimallashtirilishi kerak bo‘lgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasidan, ularda umumta’lim maktablari, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari va maktabgacha ta’lim muassasalari joylashtirilishini nazarda tutib, bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilgandan so‘ng Respublika va hududiy ishchi guruhlar o‘z faoliyatini tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yil yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlarida yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar ochilishi bo‘yicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar — tarmoq bo‘ysunuvi bo‘yicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kasb-hunar kollejlarining beriladigan binolari, inshootlari, jihozlari, mebel va inventari qiymati qo‘shimcha qiymat solig‘i va daromad solig‘ini hisoblab chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2017/2018 o‘quv yiligacha (ushbu o‘quv yili ham shu jumlaga kiradi) kasb-hunar kollejlariga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni to‘liq tugatguniga kadar ushbu kasb-hunar kollejlarining xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yo‘naltirilgan mablag‘lari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi;
(6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan tegishli ravishda “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlar deb hisoblangan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini o‘qishni tugatgan kunidan boshlab uch yil o‘tmagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyekti uchun ijara to‘lovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara to‘lovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 25-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5313-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

K.V. Akmalov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisi

2.

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

I.U. Majidov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

4.

U.I. Inoyatov

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri

5.

A.V. Shin

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri

6.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

7.

A.K. Shodmonov

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

9.

M.X. Saliyev

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

10.

lavozimi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

11.

A.J. Ortiqov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari

12.

A.A. Karimov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari

13.

Sh.J. Teshayev

O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

14.

U.Z. Salimov

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

15.

U.M. Mustafoyev

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

16.

U.X. Sayidov

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

17.

A.S. Mustafayev

“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

18.

A.A. Abdullayev

“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

19.

A.E. Maqsudov

“O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

20.

I.U. Haydarov

“O‘zto‘qimachiliksanoat” Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

21.

B.K. Zaripov

“O‘zqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi

23.

lavozimi bo‘yicha

“O‘zsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi

24.

K.S. Rizayev

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri, komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimi, ishchi guruh rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimining o‘rinbosari, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati masalalari, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar xokimi o‘rinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Hududiy ishchi guruh tarkibiga hududiy mansubligiga qarab katta kompaniyalar, xo‘jalik uyushmalari rahbarlari ham kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 06/18/5313/0618-son, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)