Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 23.08.2004 yildagi 405-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AVTOMOBIL SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi kengashining uyushmani ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi)ga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “Oʻzavtosanoat” uyushmasi huquqlari va majburiyatlari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda, ularning jahon bozorlariga kirib borishida koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish, yetakchi xorijiy firmalar bilan birgalikda avtomobil transportining zamonaviy turlarini, ular uchun butlovchi buyumlar va detallarni ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil tarmogʻi korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq uchun malakali ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlashni, menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan, bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir boʻlgan boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan “Oʻzavtosanoat” uyushmasining mol-mulkini baholashni tashkil etsin hamda uning mol-mulki va aktivlari, shu jumladan Kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi Uyushmaga tegishli aksiyalar paketlari, shuningdek avtomobil sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash doirasida Uyushmaga ajratilgan pul mablagʻlari hisobiga “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamgʻarmasini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirmasdan roʻyxatdan oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamgʻarmasini shakllantirish vaqtida davlat kompaniyasi hisoblanadi hamda aksiyalari ulushining 51 foizini davlatda qoldirgan va 49 foiz miqdoridagi qolgan qismini xorijiy investorlarga sotgan holda belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtosanoat” Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2004-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi 424-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 34-35-son, 392-modda; 2006-y., 30-son, 290-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)